Abdulaziz Hulv jazodan qutulgach haddidan oshdi

96
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Abdulaziz Hulv jazodan qutulgach haddidan oshdi

Abdulxoliq Abu Ali

Hizb ut-Tahrirning Sudan

viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi

«Soyha» gazetasi xabariga ko‘ra, G‘arbiy Kordofan viloyatidagi Laqova shahri taassufli hodisalar ortidan fojiali vaziyatni boshdan kechirmoqda. Bir necha insonning nobud bo‘lishiga va yaralanishiga sabab bo‘lgan ushbu hodisalardan so‘ng, seshanba kuni yana vaziyat taranglashgach, odamlar o‘z uylarini tashlab, chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. Viloyat xavfsizlik qo‘mitasi bayonotida keyingi hodisalar taranglashuvida Sudan Ozodligi Xalq Harakatining Abdulaziz Hulv qanotining qo‘li borligi ta’kidlandi.

G‘arbiy Kordofan viloyati xavfsizlik qo‘mitasi Abdulaziz Hulv qanotini Laqova shahrida davom etayotgan mojaroga aloqadorlikda aybladi. Xavfsizlik qo‘mitasi bayonotida bildirilishicha, «hodisalarning 2022 yil 18 oktabr seshanba kuni qayta avj olishi Ozodlik Xalq Harakatining 120-mm va 72-mm minomyotlari hamda yengil qurollar bilan shaharni o‘qqa tutishiga bog‘liq. Bu holat odamlar qalbiga qo‘rquv solib, ko‘chish jarayonining kuchayishiga olib kelgan». Bayonotda shuningdek, «Xalq Harakatining aralashuvi xavfsizlik qo‘mitasining hayotni tabiiy iziga qaytarish uchun olib borayotgan urinishlariga to‘sqinlik qilgani» ta’kidlandi hamda Xalq Harakati o‘t ochishni to‘xtatishga berilgan buyruqqa itoat qilmagani uchun qoralandi.

Laqova shahrining urushdan qochib, barcha mol-mulklarini yo‘qotgan va ko‘chada qolgan aholisi «Soyha» gazetasiga yurtlaridan tashqarida boshdan kechirayotgan qiyinchiliklar haqida gapirishar ekan, bu holatni to‘qsoninchi yillardagi birinchi isyondan beri o‘xshashi yuz bermagan o‘ziga xos ayanchli ahvol, deb atashdi. Hamda majburiy ko‘chish muammolari, sinovlar va g‘amlardan qutulish uchun  markaziy hukumat va gumanitar tashkilotlardan boshpana, oziq-ovqat, dori-darmon va ichimlik suvi kabi zarur vositalar bilan yordam berishlarini talab qildilar.

Bu o‘lkada fojialar odatiy holga aylanib qoldi. Biron bir oyning bu kabi qonli hodisalar yuz bermasdan o‘tishi g‘ayri odatiy hol bo‘lib qoldi. Zotan, soliq yig‘ishdan boshqa tashvishi bo‘lmagan va odamlarning ishlari uni qayg‘urtirmaydigan zaif bir davlatdan bundan boshqa nimani ham kutish mumkin. Odamlarga g‘amxo‘rlik qilish, o‘zlarini va mol-mulklarini himoya qilish uning qomusida mutlaqo yo‘q, bu xayoliga ham kelmaydi! Chunki bu davlatdagi hukmdorlar Rosululloh ﷺ ushbu hadisi sharifda sifatlagan kimsalardandir: Avf ibn Molik  rivoyat qiladiki, men Rosululloh ﷺning bunday deganlarini eshitganman:

«خِيَارُ أَئِمَّتِكُمْ الَّذِينَ تُحِبُّونَهُمْ وَيُحِبُّونَكُمْ، وَيُصَلُّونَ عَلَيْكُمْ وَتُصَلُّونَ عَلَيْهِمْ، وَشِرَارُ أَئِمَّتِكُمْ الَّذِينَ تُبْغِضُونَهُمْ وَيُبْغِضُونَكُمْ، وَتَلْعَنُونَهُمْ وَيَلْعَنُونَكُمْ»

«Imom-rahbarlaringizning yaxshilari sizlar ularni yaxshi ko‘radigan, ular ham sizlarni yaxshi ko‘radigan, sizlar ularning haqqiga duo qiladigan, ular ham sizlarning haqqingizga duo qiladiganlaridir. Imom-rahbarlaringizning yomoni esa, sizlar ularni yomon ko‘radigan, ular ham sizlarni yomon ko‘radigan, sizlar ularni la’natlaydigan, ular ham sizlarni la’natlaydiganidir». Ha shunday, bugungi kundagi hukmdorlar bizdan emas, biz ulardan emasmiz. Agar anavi Hulvni tiyib, adabini berib qo‘yadigan inson topilganda edi, bunday qilmishlarga jur’at qilolmagan, qilishni xayoliga ham keltirmagan bo‘lardi.

Avvalda Janubiy Kordofan Xalq Harakati «Babanga» radiosiga intervyu berib, uning bo‘linmalari Kadugli aeroportini bombardimon qilib, uchish-qo‘nish yo‘laklarini buzib tashlagandan so‘ng Kadugli shahrini uch yo‘nalishdan qamal qilganini aytgan edi. Bu aeroportni ikki kun davomida havo qatnovlarini yopishga majbur qildi. Abdulaziz Hulv harakati raisining matbuot maslahatchisi Qamar Dalmonning «Babanga» radiosiga aytishicha, Kadugli aeroportini bombardimon qilib, havo qatnovlarini yopishga sabab shu bo‘lganki, Nuba tog‘li mintaqalarini har kun havodan bombardimon qilish uchun ayni aeroportdan foydalanilgan hamda ta’minot, transport va yordam kuchlari ham shu aeroport orqali amalga oshirilgan. Boshqa tomondan, Dalmon o‘z hududlarini tark etgan yetmishdan ziyod inson borligini ta’kidladi.

«Alrakoba.net» veb-saytiga ko‘ra, Abdulaziz Hulv o‘sha paytda Milliy Kongress hukumatiga qarshi chiqib, davlatni ilmoniy davlatga aylantirish, demokratiyaga o‘tish hamda Janubiy Kordofan, Moviy Nil va Darfur muammolarini hal etish bo‘yicha kelishuvga erishilmaguncha janglarni to‘xtatmasligini aytib, «qurol ko‘targan kimsalar bilan aslo muzokara qilmaymiz», degan edi. Sudandagi hukmron Milliy Kongressning o‘sha paytdagi matbuot kotibi Ibrohim G‘andur bunday dedi: «Hulv yetakchiligidagi Xalq Harakati bevosita oilalarni va oddiy fuqarolarni nishonga olib, qirg‘in qilish va qochqinga aylantirish orqali vatan va vatandoshlarga qarshi jinoyat sodir etmoqda. Bu esa, ayni Harakatga nisbatan qonun qattiqqo‘lligi bilan yetarli muomala qilishni shart qiladi».

Mudom boshimizda bu hukumatlar hukmron ekan, shuningdek, musulmonlarning bugun u bilan himoyalanib, ortida turib jang qilinadigan va bu malay Hulv kabi osiy jinoyatkorlarni tanobini tortib qo‘yadigan qalqonlari yo‘q ekan, uning jinoyatlari to‘xtamay davom etaveradi.

Darvoqe, o‘tmishdagi yetakchilarimiz musulmonlar va ularning hurmatli narsalarini himoya qilishda chiroyli namunalar va buyuk qahramonliklar namoyish etganlar.

Masalan, qo‘mondon Qutayba ibn Muslimni oling, Buxorodagi Paykent shahrini fath qilganida, shahar aholisi bilan sulh tuzib, ularga voliy tayinladi va u yerda ularga Islomni o‘rgatishi uchun bir guruh musulmonlarni qoldirdi. Qutayba qaytib ketgach, aholi bitimni buzib, voliyni o‘ldirishdi, shahardagi har bir musulmonni o‘ldirib, burun quloqlarini kesishdi. Qutayba bu haqda boshqa bir shaharni qamal qilib turgan payt xabar topdi. Qamalini tashlab, zudlik bilan Paykentga qaytdi va shaharni bir oy qamal qilib, devorlarini vayron etdi. Shahar aholisi u bilan qayta sulh qilishni taklif qilishganda, bosh tortdi. Chunki mo‘min bitta teshikdan ikki marta chaqilmaydi. Shaharni qilich bilan fath qilishda qattiq turdi va buning uddasidan chiqdi. U yerda jang qilganlarni o‘ldirdi va taslim bo‘lganlarni asirga olib, mol-mulkini o‘lja qildi. Bu pozitsiyasi kofirlarni dahshatga solib, qaytib musulmonlar bilan shartnomani buzmasliklari, Paykentda bo‘lgani kabi xiyonat yo‘liga kirmasliklari uchun ibrat bo‘ladi. Qutayba musulmonning bir tomchi qoni ham butun yer yuzidagi kufr yurtlaridan qadrli ekanini ko‘rsatdi. Ushbu fathdagi ajoyib namunalardan yana biri, shahar aholisini musulmonlarga qarshi gijgijlab, ular bilan tuzilgan sulhni buzishga undagan kimsa ko‘zi g‘ilay bir kofir bo‘lib, musulmonlarga asirga tushdi. Qutaybaga «men o‘zimni qutqarishim uchun minglab bahoga ega besh mingta ipak kiyim-kechak beraman», dedi. Qo‘shin amirlari Qutaybaga bunga rozi bo‘lishni maslahat berishadi. Ammo u bosh tortib, «Yo‘q, Allohga qasamki, men ikkinchi marta sen sababli bitta musulmonning zarar ko‘rishini istamayman», dedi va uni qatl qildi.

Ha, ruvaybizalar zamonida topolmayotganimiz kuch-qudrat pozitsiyasi mana shu. Bu Ummatning kuch-qudrati va shon-sharafi Xalifalik davlati orqali qayta tiklanadi. Keling, ushbu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi davlatni barpo qilish uchun amal qilaylik.

Roya gazetasining 2022 yil 2 noyabr chorshanba kungi 415-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.