Sadir Japarov: Prezidentlik boshqaruvidan qaytmayman

44
0

Sadir Japarov: Prezidentlik boshqaruvidan qaytmayman

 Xabar: Sadir Japarov qurultoyda delegatlardan birining boshqaruv tizimini o‘zgartirish taklifiga javob berib, prezidentlik boshqaruv shakli to‘g‘ri deb hisoblashini aytdi.

 “Biz parlament, prezident-parlament boshqaruvini ham ko‘rdik, ikkalasida ham ishladim, obod bo‘lib ketmadik. Shu patgachat uch boshli hokimiyat bo‘ldi. Biri boshqasini bahona qilib, hech qanday muammoni hal qilmay, uch yil davomida bitta qog‘oz qabul qilinmagan paytlar bo‘lgan ekan. Chunki, ular javob bermaslik uchun bir-birlarini turtib turishardi. Hozir prezident va hukumat apparati birlashgan. Ba’zan qarorlar bir soat ichida qabul qilinadi. Hozir yo‘llar, maktablar qurilmoqda, armiyamizning kuchayib borayotgani ham shundan. Oldingi prezidentlar ham mas’uliyatni bir kishiga berganlarida, ularning zimmasiga mas’uliyatni to‘liq ilib qo‘yganida, bilki ular ham qochmas edi. Mas’uliyat menda bo‘lganidan keyin ba’zi masalalarda kechayu kunduz uxlamay chiqar ekansan. Vazirlarni tayinlaganda shu yuzimni qora qilamsaydi der ekansan. Nasib qilsa buning samarasini besh-olti yilda ko‘rasiz”, – dedi Japarov.

 Izoh: Darhaqiqat, Qirg‘iziston “mustaqil” bo‘laganidan beri boshqaruvning barcha shakallarini boshidan o‘tkazdi. Japarov uchinchi davlat to‘ntarishidan keyin hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng mamlakatda yana prezidenlik boshqaruvini joriy etdi va asta-sekinlik bilan diktatura sari qadam tashlab bormoqda. Bunda unga boshqaruvdagi sherigi Qamchibek Tashiyev yelkadosh bo‘lmoqda.

 Boshqaruv shakli o‘zgardi, boshchilar o‘zgardi, birin-ketin bosh vazirlar o‘zgardi, xalq bundan qanday foyda ko‘rdi? Odamlarning turmush tarzi farovonlashib, kambag‘allik va qashshoqlik tugatildimi? Iqtisod yuksalib, davlat tashqi qarz yukidan qutuldimi? Albatta, yo‘q. Demak, ayb shaxslarda emas, balki boshqaruvning asosi, inson aqlining mahsuli bo‘lgan demokratiyadadir. Demokratiya sababli bugungi qonunlar hokimiyat egalari qo‘lidagi bir o‘yinchoqqa aylanib qoldi. Ular qachon o‘z istaklariga qarab qonunlarni o‘zgartirib, odamlarning xohish-istaklari shundan iborat deb ko‘rsatmoqdalar. Oddiy xalq demokratiyadan ham, bu qonunlardan ham to‘yib bo‘ldi. Sababi, odamlarning turmush darajasi kundan kunga tushib bormoqda, odamlar qora qozonini qaynatish ilinjida xorijga ish izlab chiqib ketishga majbur bo‘lmoqda. Davlat qarzi tobora oshib, olingan qarzlar bir hovuch amaldorlar o‘rtasida talon-taroj qilinib, xalq olingan qarzlardan biror manfaat ko‘rmayapti, aksincha o‘zlari va avlodlari zimmasiga ham ado etib bo‘lmas qarz foizlari yuklanmoqda… Sanayversang bu boshqaruv va muammolarning adog‘i ko‘rinmaydi. Xo‘sh, bu mummolardan qutulish yo‘li bormi? Albatta, bor.

 Demokratiya, shu jumladan, kapitalistik boshqaruv balosidan xalos bo‘lishning yagona yo‘li Allohning hukmlariga qaytish va bu hukmlarni mukammal tatbiq qiladigan islomiy Xalifalik davlatini tiklashdan iborat. Xalifalik davlati o‘z xalqini adolat va g‘amxo‘rlik bilan boshqarib, yurt boyliklarini mustamlakachi kofirlar va ularning yuvindixo‘rlari bo‘lgan bir xovuch amaldorlar tomonidan talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Amaldagi hukumatlar kabi xalq cho‘ntagini qoqib olish uchun turli-tuman, yangidan yangi soliq turlarini o‘ylab topmaydi, balki bu boyliklardan Ummat birdek baxramand bo‘lishiga kafil bo‘ladi.

Bular xayoliy farazlar emas. Balki voqeda tatbiq qilingan va islomiy tarixda Xalifalik zamonida amalda tatbiq qilingan va ommatan samara bergan boshqaruv nizomidir. Bu nizomni qayta tatbiq qilish bilan tarixda bo‘lgani kabi yana insonlarni bu dunyoda farovon yashashlariga kafil bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz Muhammad  ham bu borada bashorat berib:

 “Ummatimning oxirida shunday bir xalifa chiqadiki, mol-davlatni hovuchlab beradi, uning ko‘pligidan sanog‘iga yetolmaydi” deganlar. (Imom Muslim rivoyati).

 Bizdan talab qilinadigan narsa, islomiy Xalifalik davlatini qayta barpo etish yo‘lida bor imkoniyatimiz bilan harakat qilish va bu orqali dunyo va ohirat azizligiga erishish yo‘lida musobaqalashishdan iborat.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.