Qasaba maydoni harbiy va xavfsizlik kazarmasiga aylantirilishiga qaramay, Hizb ut-Tahrir Xalqaro Valyuta Fondi va uning filiallariga mamlakatning sotilishiga qarshi siyosiy pozitsiyasini namoyish qilmoqda

117
0

Matbuot bayonoti
Qasaba maydoni harbiy va xavfsizlik kazarmasiga aylantirilishiga qaramay, Hizb ut-Tahrir Xalqaro Valyuta Fondi va uning filiallariga mamlakatning sotilishiga qarshi siyosiy pozitsiyasini namoyish qilmoqda

Prezident idorasi yurt va xalq ustidan nazoratini kuchaytirish maqsadida Xalqaro Valyuta Fondining yurtga kirib kelishiga ruxsat berish bilan kifoyalanmadi. Xalqaro Valyuta Fondi shartlari va «oʼldiruvchi doza»larini qabul qilish jinoyatiga Umumiy Tunis Mehnat Konfederatsiyasini sherik qilish uchun undan «pora olish» bilan ham kifoyalanmadi. Shuningdek, mustamlakachilar va ularning moliya tashkilotlari bilan hukumat oʼrtasidagi til biriktiruvni fosh etmasligi uchun Hizb ut-Tahrirni holdan toydirish va oʼzi bilan oʼzini ovora qilib qoʼyish maqsadida Hizb aʼzolariga tuhmat toshlarini otish bilan ham kifoyalanmadi. Tunis prezidentining idorasi bularning barchasi bilan kifoyalanmay, 2022 yil 25 oktyabr kuni ertalab, Qasaba maydonini harbiy kazarmaga aylantirib, hukumat qarorgohining maydonigacha hamma kirish yoʼllarini bekitib qoʼydi va Hizb ut-Tahrir Tunis viloyati «Tunisni mustamlakachilarga sotish siyosatiga qarshi» uyushtirgan namoyishdan toʼsish maqsadida odamlarning toʼplanishini man qildi. Shularga qaramay, Hizb oʼz namoyishini oʼtkazishga va quyidagi daʼvatini yoʼllashga muvaffaq boʼldi:
1 – «Ogʼizlarni yopish va Hizb ut-Tahrirning hukumat bilan Xalqaro Valyuta Fondi oʼrtasidagi kelishuvga qarshi fikr bildirishiga izn bermaslik siyosatidan koʼrinib turibdiki, davlat oʼzining siyosiy qaroriga ega emas. Xorijiy davlatlar elchixonalari hukumatga Gʼarb va unga qarashli moliya tashkilotlarining hukmronligiga qarshi fikr bildiruvchilarni tek qoʼyishiga ruxsat bermaydi. Gʼarb esa, faqat oʼzining yurt ustidan hazoriy va moddiy jihatdan hukmronlik qilishiga rozi boʼlgan kishilarning namoyish oʼtkazishiga izn beradi xolos, bundan boshqasiga ruxsat bermaydi.
2 – Xorijiy kreditlardan yurtning mustaqilligiga va siyosiy qarorlariga zarar kelishi aniq. Chunki moliyalashtirish uchun xorijiy kreditlar ilgaridan yurtni toʼgʼridan-toʼgʼri mustamlaka qilishning yoʼli boʼlgan. Frantsuzlar Tunisni shu yoʼl bilan mustamlaka qilishgan. Bugun ham ushbu kreditlar mamlakat ustidan oʼz nufuzini oʼrnatish va unga qarshi til biriktirishning yoʼli boʼlib qolmoqda. Bundan hargiz yurtga yaxshilik kelmaydi.
3 – Biz uchun haqiqiy yechim kapitalistik sistemadan va uning moliyaviy, iqtisodiy tuzumidan hamda xalqaro yordamlar va banklar kreditlaridan voz kechishdir. Buning muqobilida, Islomdagi odil iqtisod nizomi soyasida, moliyaviy va iqtisodiy krizislardan xoli, tinch, xavfsiz yangi hayot boshlash uchun Islomning hazoriy loyihasini qayta barpo etmogʼimiz lozim».
Namoyishda bir qator maʼruzalar qilindi va hukumatning yurt va fuqarolarni mustamlakachilarga garov qilib bergan siyosatiga qarshi shiorlar koʼtarib chiqildi. Shuningdek, Hizb ut-Tahrir Tunis viloyati delegatsiyasi hukumatga Hizb nomidan «Xalqaro Valyuta Fondi bilan tuzilgan kredit shartnomasi Tunisni mustamlaka qilishning yana bir vositasidir» nomli ochiq maktub taqdim qildi.
Soʼzimiz soʼnggida shuni taʼkidlaymizki, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati yurt va fuqarolarni Gʼarb tashkilotlariga garovga qoʼyilishiga va ayni paytda hukmdorlaru muxolafatdan iborat siyosiy sinfning Gʼarb qoʼyniga kirib, uning yurtdagi hukmronligiga rozi boʼlishlariga qarshi oʼzining siyosiy pozitsiyasini namoyish qila oldi. Bugun Hizb ut-Tahrir Gʼarb va uning mahalliy qoʼgʼirchoqlarining hukmronligini yoʼq qilish hamda Tunisni Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida Islom boshqaruvini barpo etish orqali krizislardan chiqarish uchun har qachongidan ham qatʼiy va keskin harakat qilmoqda. Аlloh Taolo aytadi:
﴿الَّذِينَ إِنْ مَكَّنَّاهُمْ فِي الْأَرْضِ أَقَامُوا الصَّلَاةَ وَآتَوُا الزَّكَاةَ وَأَمَرُوا بِالْمَعْرُوفِ وَنَهَوْا عَنِ الْمُنكَرِ وَلِلَّهِ عَاقِبَةُ الْأُمُورِ﴾
«Аgar Biz ularni (yaʼni musulmonlarni) yer yuziga gʼolib qilsak – ular namozni barpo etadilar, zakotni ado etadilar, maʼrufga buyurib, munkardan qaytaradilar. (Zero barcha) ishlarning oqibati Аllohning (izmidadir)» [Haj 41]
Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi
matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.