Futbol musobaqasida Xitoyga tabrik yoʼllandi

396
0

Futbol musobaqasida Xitoyga tabrik yoʼllandi

Turkiyada Beshiktosh va Fenerbahcha futbol terma jamoalari oʼrtasida oʼtkazilgan musobaqada Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganligining 73 yilligi munosabati bilan qutlov eʼlon qilindi. “Xitoy Xalq Respublikasining 73 yilligini chin dildan qutlaymiz!” degan tabrik yozuvi turk va xitoy tillarida reklama panellarida aks ettirildi.

Xitoy Bosh konsulligi voizi oʼzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bundan juda mamnun boʼlganligini bildirdi. “Hozir boʼlib oʼtayotgan Beshiktosh-Fenerbahcha oʼyinida, Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganligining 73 yilligi munosabati bilan tabrik soʼzlar nashr etildi. Turk doʼstlarimizga chin dildan rahmat aytamiz. Yashasin Xitoy-Turkiya doʼstligi” deya oʼz mamnuniyatini izhor qildi voiz.

Izoh: Xitoy 1949 yilda Sharqiy Turkistonni bosib olib, uni «Shinjon» yaʼni “yangi yer” deb nomladi. Mao Szedun rahbarligidagi kommunistik hukumat oʼsha payda Sharqiy Turkistondagi bir milliondan ortiq Musulmon uygʼurlarni qatl qildi. Mana 73 yildirki, Musulmonlarga nisbatan dahshatli xunrezlik va tinimsiz jirkanchli zulmlar davom etib kelmoqda. Shunday ekan, Turkiya kabi Islomiy oʼlkalarning birida Xitoyning Sharqiy Turkistonni bosib olgan kuni bilan tabriklash oʼta ketgan sharmandalikdir. Nahotki, Musulmonlarni xoʼrlayotgan, nomuslarini oyoq osti qilayotgan najas mushriklarning respublika sifatida tashkil topishi Musulmonlar tarafidan olqishlansa?

Аslida mamlakat ichkarisidagi bunday holatlar Turkiya hukumatining tashqi siyosati, xususan Xitoyga nisbatan olib borayotgan iliq munosabatlari doirasida amalga oshirilmoqda. Аgar bu holat davlat siyosatiga zid boʼlganda bunday ishga hech kim jurʼat qila olmas edi. Аmmo afsuslar boʼlsinki, hayotdagi oʼlchovini manfaat ustiga qurgan Turkiya va boshqa Islomiy oʼlkalardagi hukumatlar – garchi hukumat yetakchilari Musulmon boʼlsalar ham – uygʼur Musulmonlari masalasiga kapitalizm dunyoqarashidan kelib chiqqan, manfaat darchasidan boqmoqda. Ular uchun Musulmonlarning nomusi, joni va obroʼsi muhim emas, balki manfaat muhimdir.

Oʼtgan hafta boʼlib oʼtgan BMTning 77 Bosh Аssambleyasi yigʼilishida chiqish qilgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʼan Xitoyga nisbatan oʼz pozitsiyasini izhor qilishda kommunist Pekin hukumatini ranjitib qoʼyishdan ehtiyot boʼldi. Prezident Erdogʼan Sharqiy Turkiston masalasiga toʼxtalar ekan, Xitoyning hududiy yaxlitligi, yagona Xitoy tushunchasi va suverenitet huquqlariga aslo zarar yetkazmaslik kerakligini, agar Musulmon uygʼurlar Xitoyning ushbu pozitsiyasiga rozi boʼlsa, Xitoy ham uygʼur turklarining asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilishda eʼtiborli boʼlishi kerakligini bildirdi. Demak, janob Erdogʼanga koʼra, Musulmon uygʼurlar boshiga tushayotgan zulmlardan xalos boʼlish uchun, Xitoyning assimilyatsiya, yaʼni Musulmon uygʼur xalqini najas butparas Xitoy xalqi bilan qorishtirib yuborish va Islomni bir chetga surib qoʼyish siyosatiga rozi boʼlishlari lozim! Shundan soʼngra Xitoy hukumati ham Musulmon uygʼurlarning asosiy huquqlarini himoya qilishda eʼtiborli boʼladi.

Mana shundan koʼrinib turibdiki, Turkiya hukumati Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarga zarar yetib qolmasligi uchun uning siyosatini qoʼllab quvvatlamoqda. Shuning uchun Xitoyning 73 yildan buyon Musulmon uygʼurlarga zulm qilib kelayotganini inobatga olmay, ommaviy tadbirlarda uni 73 yoshi bilan qutlash va bunga davlat tarafidan hech qanday aks munosabat bildirilmasligi ajablanarli hol emas. Zero manfaatni asosiy mezon qilib olgan hukumatdan bundan boshqa nima ham kutish mumkin?!

Islomiy oʼlkalarning armiyalari kazarmalarida agʼanab yotaverar ekan, Musulmonlarning diniga, or-nomusiga va qadriyatlariga qilinayotgan bunday hujumlar davom etaveradi. Dunyodagi barcha Musulmonlarning boshiga tushayotgan azob-uqubatlar qatorida Uygʼurlarning azob-uqubatlari ham, Islom armiyasini kufrga qarshi safarbar qiladigan Xalifalik davlatini tiklash bilangina hal boʼladi. Shunday ekan, agar Musulmonlar bunday azob-uqubatlardan batamom qutilishni istayotgan boʼlsalar, ularning oldilarida Xalifalik davlatini tiklashdan boshqa yoʼl yoʼq.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.