CEDAW konventsiyasi Islomga va sogʼlom tabiatga qarshi urushdir

352
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
CEDAW konventsiyasi Islomga va sogʼlom tabiatga qarshi urushdir

CEDAW konventsiyasi Islomga ochiq urush eʼlon qilishdir. U muslima ayolni buzish, uni Islom ahkomlaridan voz kechishga undash, erkak bilan ayolning shariatdagi vazifalarini inkor etishga chaqirish va mutlaq tenglikni tiqishtirishdir. Bu konventsiya shuningdek, islomiy sharʼiy nikohni bekor qilib, dunyoviy fuqaroviy nikohga asoslanishga chaqiradi hamda muslima ayolning gʼayrimusulmonga turmushga chiqishiga ruxsat beradi. Аyolning idda saqlashini ham, erkakning ayol ustidagi rahbarligini ham, nikohda valiyning roziligini ham bekor qiladi, 18 yoshdan quyi nikohga qarshi chiqadi va mutlaq jinsiy erkinlikka chaqiradi, bir jinslilar nikohiga ruxsat beradi, bolalarga jinsiy erkinlikdan taʼlim berishga chaqiradi, ayol kishiga ochiq-sochiq yurishga, valisining ruxsatisiz istagan davlatga safar qilishga ruxsat beradi… Zotan, mana shular barcha buzuqliklar va axloqiy rasvolikka eshikni lang ochib bermoqda.
Ey musulmonlar!
Mana, CEDAW konventsiyasi va uning yomon oqibatlarini bildingiz. Sizga unga qarshi turib kurashish farz boʼlgan. Shu bilan birga, diningiz ahkomlarini mahkam ushlab amal qilish hamda malay hukmdorlaringiz tomonidan amalga oshirilib, hayotingizni buzayotgan Gʼarb rejalarini barbod etish vazifasi turibdi. Shuni bilingki, Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida tatbiq qilinadigan Islom shariatisiz sizga na kuch-qudrat bor, na oliylik. Ushbu davlatgina Gʼarb vayron qilgan hazoratni tuzatadi hamda Аlloh insonlarni yaratib, ularga tabiat qilib bergan, Gʼarb esa buzgan tabiatni oʼnglaydi. Bu esa, Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasidagina amalga oshadi. Shunday ekan, Xalifalik uchun harakat qiluvchilar harakat qilsinlar.
Roya gazetasining 2022 yil 28 sentyabr chorshanba kungi 410-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.