Jinoyatkor hukmdorlarning qilmishlari tufayli yer aholisiga yer yuzi tor kelib qoldi!

123
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Jinoyatkor hukmdorlarning qilmishlari tufayli yer aholisiga yer yuzi tor kelib qoldi!

Frans-Press veb-sayti (hijriy 1444 yil 24 safar, milodiy 2022 yil 23 sentyabr juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
«Suriya va Livandagi manbalarga koʼra, payshanba va juma kunlari Suriya shimoliy-gʼarbidagi Tartus sohil boʼyi shahri yaqinida noqonuniy muhojirlarning qayigʼi choʼkishi oqibatida halok boʼlgan oʼnglab muhojirlar jasadi topilgan. Manbalarning biri ushbu halokatda kamida 73 shaxsning nobud boʼlganini taʼkidladi.
Bu koʼrsatkich krizislar botqogʼiga botgan Livandan noqonuniy migratsiya hodisalari boshlangandan beri eng yuqori koʼrsatkich hisoblanadi.
Suriya sogʼliqni saqlash vaziri Hasan Gʼabbosh nashr qilgan bayonotida qayiq choʼkishi hodisasida 73 shaxs nobud boʼlganini taʼkidlar ekan, jumladan «hozirda ulardan 20 nafari Tartusdagi Bosil kasalxonasida davolanayotgani»ni taʼkidladi.
Sal avval Livan muvaqqat hukumatining ishlar va transport vaziri Аli Hamiyya shu kabi hodisada 61 shaxs halok boʼlganini va yuzlab halok boʼlgan muhojirlarning livanliklar va suriyalik qochqinlardan iboratligi haqida bayonot bergan edi.
Ushbu hodisada, Suriyaning rasmiy telekanaliga koʼra, qayiqda 150dan ziyod muhojir boʼlgan, yaʼni, ulardan oʼnlabi hamon topilgani yoʼq.
Roya gazetasining 2022 yil 28 sentyabr chorshanba kungi 410-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.