Yollanganlar va sotilganlar muborak Shom qoʼzgʼoloniga mansub emaslar

105
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Yollanganlar va sotilganlar muborak Shom qoʼzgʼoloniga mansub emaslar

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʼgʼli – oʼzining Tvitterdagi sahifasida taʼkidlashicha, u qator «Suriya muxolafati aʼzolari» bilan uchrashgan. Gʼarbparast dunyoviy koalitsiya raisi Solim Muslat, muzokara hayʼati raisi Badr Jomus, muvaqqat hukumat rahbari Аbdurahmon Mustafo bilan uchrashuvidan soʼng Chovushoʼgʼli «Biz Suriya muxolafatining BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-rezolyutsiyasi doirasidagi siyosiy jarayonga qoʼshgan hissasini qadrlaymiz va qoʼllab-quvvatlaymiz», dedi.
Oʼz navbatida, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati markaziy aloqalar qoʼmitasi raisi ustoz Аbdulhamid Аbdulhamid oʼzining Feysbukdagi rasmiy sahifasida nashr qilgan izohida quyidagilarni taʼkidladi:
«Bu Chovushoʼgʼli qulogʼiga quyib olsin: koalitsiya, muzokaralar hayʼati, muvaqqat hukumat hamda bularning rahbarlari qoʼzgʼolon ahlini aks ettirmaydi… Turkiya vaziri eshitib olsin: qoʼzgʼolon uchun turk rejimi tomonidan soxta rahbar sifatida oʼrnatilib, bir joydan ikkinchi joyga hamda Istanbul, Ostona, Sochi va Jeneva mehmonxonalarida sudrab yurilgan siyosiy hayʼatlar yoki figuralar ham oʼzida qoʼzgʼolon ahlini gavdalantirmaydi. Ularning hech biri oʼz manfaatlarini oʼylagan yollanma figuradan boshqa narsa emas. Ushbu qoʼzgʼolonga ularning hech qanday aloqasi yoʼq boʼlib, qoʼzgʼolon va uning ahliga mansub emaslar. Аgar Chovushoʼgʼli bu gaplarimizga ishonmasa, sinab koʼrsin. Yaʼni bu siyosiy hayʼatlar yoki siyosiy figuralar bilan qonxoʼr rejim oʼrtasida sulhni amalga oshirib, bir kuzatsin! Аna shunda qoʼzgʼolon ahlining bu rejim bilan hargiz sulh tuzmasligiga oʼzi guvoh boʼladi»!
Roya gazetasining 2022 yil 7 sentyabr chorshanba kungi 407-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.