Sudan harbiylarining boshqaruvdan chiqish daʼvolari Аmerikaning taʼlimotidir yurt ahli istaklariga aloqasi yoʼq

20
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sudan harbiylarining boshqaruvdan chiqish daʼvolari Аmerikaning taʼlimotidir yurt ahli istaklariga aloqasi yoʼq

Suveren kengash raisining birinchi oʼrinbosari general-leytenant Muhammadhamdon Daqlu (Hamidatiy) harbiy muassasaning hokimiyatni fuqarolik boshqaruviga oʼtkazib berishda qatʼiy ekanini taʼkidlagan edi. Bunga siyosiy tahlilchilar Sudan xalqining xavfsizlik va barqarorlikka boʼlgan intilishlarini amalga oshirishga nisbatan harbiy muassasaning jonkuyarligi, deya baho berdilar.
Аftidan, oʼzlarining voqea va hodisalar tahlilchisi, deya daʼvo qilayotganlar quyidagi haqiqatni anglay olmayotgan koʼrinadi: Musulmonlarning kuch-qudrati va mustahkam qoʼrgʼoni boʼlgan Xalifalik davlati agʼdarilib, musulmon yurtlari mayda vujudlarga boʼlinib, ishlar tizgini qoʼriqchi-malay hukmdorlarga topshirilgach, hukmdorda – uning kim boʼlishidan qatʼiy nazar – hech bir mustaqil qaror qolmadi. Hukmdorlar to yirik davlatlar rahbarlaridan iborat ish egalaridan ochiq buyruq va taʼlimot olmagunlaricha kattayu kichik hech bir masalani bajarmaydilar.
Mudom, Аlloh nozil qilgan narsalardan boshqa narsalar bilan hukm yuritadigan va mustamlakachi kofir farmonini bajaradigan xoin hukmdorlar mavjud ekan, Ummat qayta mustaqil qaror sohibi boʼlolmaydi. Balki bunga Ummat Xalifalik soyasida Islom bilan boshqaruvchi xalifaga bayʼat qilish bilangina muvaffaq boʼladi. Bas, shunday ekan, ushbu davlatni barpo qilishga harakat qiling ey musulmonlar!
Roya gazetasining 2022 yil 7 sentyabr chorshanba kungi 407-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.