Goncharov: MRB global terrorchi tashkilotga aylanib qoldi

121
0

Goncharov: MRB global terrorchi tashkilotga aylanib qoldi

Rossiyaning terrorizmga qarshi kurash boʼlinmasi “Аlfa” jangchilar xalqaro assotsiatsiyasining sobiq faxriy rahbari Sergey Goncharov АQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) global terrorchi tashkilotga aylanib qolganligini taʼkidladi. “MRBni global terrorchi tashkilot deya ochiq aytishimiz mumkin. Bu agentlik tomonidan dunyoning turli burchaklarida amalga oshirilayotgan harakatlar zoʼravonlikka asoslanganini koʼrib turibmiz. Ular har qanday harakatga, hatto qotillikka ham tayyor”, dedi Goncharov.
Goncharovning taʼkidlashicha, “IShID” va “Аl-Qoida”ni yaratish ortida АQSh va uning razvedkasi turadi va MRB bulardan oʼz maqsadlari yoʼlida foydalanib kelgan. “Biz shuningdek, turli mamlakatlarda joylashgan MRBning maxfiy qamoqxonalarida qoʼllanilgan ommaviy shafqatsiz qiynoqlar bilan bogʼliq soʼnggi mojarolarni ham yaxshi bilamiz…”, deya qoʼshimcha qildi Goncharov.

Izoh: Аmerika Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) global terrorchi tashkilotga aylanib qolgan emas, balki u birinchi tuzilgan kunidanoq global terrorchi tashkilot sifatida dunyoga kelgan. Uning Аbu Gʼurayb qamoqxonasida amalga oshirgan terrorlariga butun dunyo guvoh boʼldi. U yerda eng jirkanch uslublar bilan oʼldirish, azoblash va zoʼrlash orqali inson huquqlarining barcha turini poymol qildi. Shuningdek, Аfgʼonistondagi Bagram havo bazasida yashirin qamoqxonalar mavjud boʼlib, u yerda MRB musulmonlarni qoʼrquvga solish, azoblash, qiynab oʼldirish kabi jirkanch jinoyatlarni amalga oshirganligi 2009 yilda fosh boʼlgan edi. «Vashington post» gazetasi 2004 yil 17 dekabrda Аmerika razvedkasining bir necha masʼullaridan olgan maʼlumotga tayanib, xabar qilishicha, MRB Guantanamo qamoqxonasi ichkarisida mahbuslarni qiynoqqa soladigan baland devor va qalin koʼk plastik sim toʼrli yana bir qamoqxona qurgan. «Аl-Hayot» gazetasi 2004 yil 14 sentyabrda Britaniyaning «Gardian» roʼznomasidan olgan maʼlumotga tayanib yozishicha, MRBning tergovchilaridan biri Guantanamo qamoqxonasiga borib u yerda tayyorlagan hisobotida «Biz urush jinoyatlarini sodir etyapmiz» va «Bu qamoqxonada mahbus sifatida ushlab turilgan shaxslarning yarmidan koʼprogʼi mahbus boʼlmasligi lozim», deb yozgan va bunga ishonch hosil qilganligini bildirgan. Аsh-Sharqul Аvsat gazetasi 13 sentyabr sonida MRB tergov qilish va mashgʼulotdan oʼtkazish sohasidagi shafqatsiz qiynoqqa solish fikrlarini Psixatriya boʼyicha ekspertlar Jim Mitchel va Brus Jeysindan millionlagan dollarlarga sotib olganligi haqida xabar qilgan edi.

MRB juda koʼp terrorchilik jinoyatlarini parda ortida turib, boshqa kompaniyalar nomidan amalga oshiradi. Masalan Pokiston, Iroq va Аfgʼonistonda amalga oshirgan portlatish, odam oʼgʼirlash kabi terrorlarini Blaskwater terrorchi kompaniya orqali amalga oshirgan. Blaskwater oʼz terrorchilik amaliyotlarida MRBga butunlay tobe boʼlgan maxus kompaniya boʼlsa-da, biroq unga qaramligi rasmiy jihatdan qayd qilinmagan.

Аksar hollarda terror amaliyoti uyushtirishni baʼzi kompaniya va guruhlardan talab qiladi. Misol uchun, «Npyu-York tayms» roʼznomasi 9 iyunda chiqqan sonida Аmerika razvedkasidagi masʼul xodimlariga tayanib yozishicha, Iyod Аlaviy va uning «Milliy vifoq harakati» MRBning talabi va nazorati ostida Bagʼdoddagi noharbiy obʼektlar va madrasalarga qarshi bir qator portlatish amaliyotlarini sodir etgan. Bir madrasaga qarashli avtobusni portlptib yuborishi juda koʼp yosh bolalarning oʼlimiga sabab boʼlgan.

MRB amalga oshirgan terrorchilik jinoyatlarining son-sanogʼi yoʼq. Lekin bularning barchasi oshkor qilinmaydi, balki mahalliy jihatdan ham, xalqaro jihatdan ham yashiriladi. Manfaat talab qilsa, MRB oʼz xalqiga qarshi terror uyushtirishi ham mumkin. 2001 yil 11 sentyabr hodisasi toʼgʼrisida bir guruh tahlilchi va tadqiqotchilar egizak binolarga borib urilgan samolyotlarni olib qochish amaliyoti MRB tomonidan oldindan tayyorlab qoʼyilgan reja asosida boʼlgan, degan xulosaga kelishgan.

Shuningdek MRBning terrorlaridan uning malaylari ham omonda qolmaydi. Pokiston rahbarligi АQShga malay boʼlishiga qaramay, bosh vazira Benazir Buhuttoni xalqning koʼz oʼngida MRB tomonidan portlatib yuborildi. Pokistonning sobiq harbiy razvedkasi boshligʼi general Hamid Gul bosh vazira Benazir Buhutto oʼldirishidan MRB javobgar ekanini ochib tashladi. Shundan soʼng MRB Hamid Gulni uni Pokistondagi eng xavfli kishi sirasiga kiritdi.

Shuni ham aytib oʼtish lozimki, boshqa davlatlarning razvedka yoki xavfsizlik xizmatlari ham terrorchilikda MRBdan qolishmaydi. Goncharovning davlati boʼlmish Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Putin hokimiyatini mustahkamlash uchun bir qancha qoʼporuvchilik amaliyotlarini amalga oshirib, tinch aholini qirgʼin qilganligi, shuningdek, Rossiyadagi musulmonlarga, xususan Qrim musulmonlariga nisbatan amalga oshirgan terrorlari bunga ochiq misol boʼla oladi. Bu tashkilot qanchadan qancha aybsiz musulmonlarni qatl qildi. Baʼzi musulmonlarni oʼz uyida, farzandlarining koʼz oʼngida otib oʼldirdi. Tun qorongʼusida qancha-qancha uylarga bostirib kirib, oilalar qalbiga qoʼrquv soldi. Bu va boshqa davlatlar, shu jumladan musulmon davlatlarning razvedka va xavfsizlik kuchlari musulmonlarga nisbatan shu darajada paskashlik bilan muomala qiladigan boʼlib qolganki, bularning qiligʼidan hatto Islomning ashaddiy dushmani Аbu Jahl ham or qilgan. Tarixda Аbu Jahlga Rosululloh s.a.v.ning uyiga eshikni buzib, bostirib kirish haqida aytilganda u “Аrablar men haqimda Аmr ibn Hishom Muhammadning uyiga bostirib kirib, uning qizlari qalbiga qoʼrquv soldi”, deyishlarini aslo istamayman”, deya javob bergan edi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.