АQSh BMTning uygʼurlarga oid hisobotini olqishladi

41
0

АQSh BMTning uygʼurlarga oid hisobotini olqishladi

АQSh davlat kotibi Entoni Blinken 1 sentyabr kungi bayonotida, BMTning isteʼfoga ketayotgan inson huquqlari boʼyicha Oliy komissari Mishel Bachalet eʼlon qilgan hisobotda “Xitoyning uygʼurlar va boshqa ozchiliklarga dahshatli tarzda munosabatda boʼlayotgani” ishonchli dalillarga asoslanganini aytdi.

Blinkenga koʼra, hisobot Vashingtonning “Xitoy hukumati Shinjondagi uygʼurlar va boshqa etnik guruhlarga nisbatan genotsidni amalga oshirayotgani hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etayotgani” yuzasidan bildirgan tashvishlarni tasdiqladi.

Bachelet oʼz hisobotida Shinjonda musulmonlarning kamsitilishi va “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”da saqlanishi “insoniyatga qarshi jinoyat” sifatida talqin qilinishi mumkinligini taʼkidlagan edi. BMT rasmiysi Xitoyni zudlikda qamoqlarda noqonuniy saqlanayotgan musulmonlarni ozod etishga chaqirgan.

Izoh: Xitoy 1949 yilda Sharqiy Turkistonni bosib olganidan buyon Sharqiy Turkiston musulmonlari dahriy Xitoy rejimi qoʼlida vahshiyona qirgʼinlar va azob-uqubatlarni boshdan kechirib kelmoqda. Kommunist Xitoy davlati, bir jihatdan, Sharqiy Turkiston boyliklariga ega chiqib olgan boʼlsa, boshqa tomondan, mintaqa aholisining aksar qismini tashkil etivchi uygʼur musulmonlariga nisbatan repressiv siyosat qoʼllay boshladi.

Xitoy Sharqiy Turkistonni bosib olgandan beri oʼzining turli vahshiy uslublari bilan millionlab musulmonni qirib tashladi. Аmmo dahriy hukumat shu bilan kifoyalanib qolmay, musulmonlar qalbidan Islomni oʼchirib tashlashga jiddiy kirishdi. Musulmonlarga diniy ilmlar oʼrganish taqiqlandi. Yoshlarga islomiy ilm berib kelayotgan olim va ulamolar quvgʼin qilindi, turli xil ayblovlar bilan qamoqqa tashlandi. Erkaklarga soqol qoʼyish, ayollarga hijob kiyish man qilindi. Imomlar maydonda ommaviy raqs tushishga majbur qilindi. Hattoki ramazon oyida roʼza tutish, hukumat ishida ishlayotgan musulmonlarga namoz oʼqish taqiqlandi. Musulmonlar toʼngʼiz goʼshti yeyishga, muslima singillarimiz esa najas xanlar bilan oila qurishga majburlandi…

2016 yildan boshlab “qayta tarbiyalash lagerlari” deb nomlangan harbiy lagerlar qurdi va u yerga 1 milliondan 3 milliongacha boʼlgan nafaqat uygʼurlar, balki qozoqlar, qirgʼizlar va boshqa musulmonlarni joylashtirdi. Lagerlarga tashlangan musulmon ota-onalarning bolalaridan bir milliondan ziyodini “mehribonlik uyi” deb atalgan lagerga topshirib, ularni kommunistik saqofat bilan tarbiyalashni boshladi. Oʼtgan yillar davomida rasmiy hukumat 25 mingta masjidni vayron qildi. Tarixiy masjidlarni koʼngilochar maskanlarga aylantirdi.

Mushrik Xitoy hukumati Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashini terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bahonalar ostida olib bormoqda. Xitoyning “kasbga qayta tayyorlash markazlari” deb nomlab olgan lagerlarini xalqaro tashkilotlar tomonidan “qiynoqqa solish” va majburiy haq toʼlanmaygan yoki kam haq toʼlanadigan mehnat, ona tilidan foydalanish hamda oʼzlarining madaniy va diniy anʼanalariga amal qilishni taqiqlovchi “kontsentratsion lagerlar” deb taʼriflandi.

Xitoy hukumatining uygʼur, qozoq, qirgʼiz va boshqa oz sonli musulmonlarga nisbatan qoʼllayotgan zulmlari АQSh va xalqaro hamjamiyat koʼz oʼngida sodir boʼlayotganiga qaramay ular bundan koʼz yumib kelishdi. Qachonki, Xitoy iqtisod boʼyicha dunyodagi ikkinchi kuchga aylanib, АQSh bilan raqobat qilishni boshlagach АQSh va uning boshqa davlatlarga bosim oʼtkazishdagi quroli boʼlgan BMT, inson huquqlari tashkilotlari Xitoy hukumatini genotsidda ayblab, “tumsoh koʼz yoshi”ni toʼkishni boshlashdi. Bu “koʼz yoshlar” xitoylik musulmonlarga rahimlari kelganidan emas, balki Xitoyga nisbatan sanktsiyalar qoʼllash va uning АQSh bilan olib borayotgan raqobatiga chek qoʼyishdan boshqa narsa emas.

Shunday ekan, biz musulmonlar xalqaro hamjamiyat yoki boshqa malay tashkilotlarga umid koʼzini tikmay paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni qayta barpo etish yoʼlida jiddu jahd bilan harakat qilishimiz zarur. Faqat Xalifalik davlatigina nafaqat Sharqiy Turkistondagi, balki barcha islomiy yurtlardagi musulmonlarning xavfsizligi va haq-huquqlari toʼla taʼminlay oladi. Faqat ana shundagina musulmonlar hech kimdan hayiqmagan holda butun olamlarni Yaratuvchisi boʼlgan Аlloh Taoloning barcha buyruqlarini emin-erkin bajarish imkoniyatiga ega boʼlishadi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.