بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Falastin maʼmuriyati odamlarni qashshoqlashtirishni davom ettirmoqda
Markaziy Statistika Tashkiloti xabariga koʼra, 2022 yilning birinchi yetti oyi davomida Falastinda isteʼmol narxlari indeksi oshib ketgan.
Ushbu statistik maʼlumotlarga koʼra, Falastinda isteʼmol narxlari indeksi joriy yilning birinchi yetti oyi davomida oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 3.56 foizga, Quddusda 4.49 foizga, Gʼarbiy Sohilda 3.44 foizga, Gʼazo sektorida 3.36 foizga oshgan.
Oʼtgan oydagi narxlarni 2021 yil iyuli bilan taqqoslaganda, maʼlumotlar isteʼmol mollari indeksining Falastinda 3.95 foizga, Quddusda 5.74 foizga, Gʼarbiy Sohilda 4.21 foizga, Gʼazo sektorida 2.05 foizga oshganini koʼrsatdi.
Bunga izoh sifatida Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi oʼzining veb-saytida quyidagilarni taʼkidladi:
«Bu raqamlar Iordaniya, Livan, Turkiya, Iroq, Pokiston va boshqa musulmon yurtlari, hatto butun dunyo davlatlaridagi ahvol kabi, kapitalistik tuzum hukmronligi ostida kun sayin ortib borayotgan Falastin xalqi turmush yukining naqadar ogʼir ekanligini koʼrsatmoqda. Darhaqiqat, bu tuzum bir siqim shaxslar manfaati uchun butun insoniyatni qashshoqlashtirdi va shaxslar mol-mulkini bir qator mamlakatlar byudjetidan oshib ketishiga sababchi boʼldi.
Biroq, islomiy yurtlarni boshqa yurtlardan ajratib turgan ahvoli shundaki, bu yurtlarda tatbiq qilinayotgan kapitalistik tuzum krizisidan tashqari, soliq yigʼish va oʼzining chirigan ildizini ozuqalantirishdan boshqa tashvishi yoʼq zolim rejimlar mavjud. Shuning uchun siz bir tomondan narxlarning koʼtarilishi bilan ikkinchi tomonda soliq yigʼishning ortishi oʼrtasida mutanosiblik mavjudligiga guvoh boʼlasiz. Falastin maʼmuriyati ham shu ahvol… Soliq yigʼishda tinimsiz qonun ishlab chiqadi hamda ishchilar mollari va maoshlaridan daromad qilishda va bojxona nazoratini kuchaytirib, soliqlarni oshirishda ustasi farang boʼlib ketgan.
Bugungi kunda Islom Ummati va butun insoniyatning doimiy inflyatsiya, yuqori narxlar, valyuta kursining oʼzgarishi, tovarlar tanqisligi, yuk tashish va taʼminot muammolari, deyilayotgan qator muammolardan qutulishi uchun bir yoʼl bor. U ham boʼlsa, kapitalistik tuzumni va uning iqtisod nizomini agʼdarib, Islom tuzumi va uning iqtisod nizomini barpo qilmoqdan iborat. Bu Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish bilan boʼladi».
Roya gazetasining 2022 yil 22 avgust chorshanba kungi 405-sonidan