Jazoir xalqi Makronni quvib yubordi

155
0

Jazoir xalqi Makronni quvib yubordi

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Jazoirga tashrifi chogʼida mamlakatning shimoli-gʼarbidagi Oʼrta yer dengizi sohilida joylashgan Oran shahrida “Disco Maghreb” tarixiy musiqa doʼkonini ziyorat qildi va u yerda tashkil qilingan kichik bayramda ishtirok etdi. Jazoir hukumati vakillari hamrohligida bayram tadbiridan chiqishda odamlar bilan muloqot qilmoqchi boʼlgan Makron kutilmaganda musulmonlarning qattiq noroziligiga duch keldi.

“Yashasin Jazoir”, “Frantsiya mamlakatimizni yutib yubormoqda”, “Daf boʼl bu yerdan”, degan shiorlar aks-sadosidan dovdirab qolgan xavfsizlik kuchlari Makronni shoshilinch ravishda apil-tapil mashinaga oʼtkazishdi. Frantsuz matbuotining yozishicha, Emmanuel Makron tashrifini qisqartirib, darhol shaharni tark etgan.

Izoh: 1830 yilda Jazoirni Usmoniy Xalifalikdan ajratib tashlashga muvaffaq boʼlgan Frantsiya bu yurtni bir asrdan koʼproq davr davomida mustamlaka qilib turdi. Magʼrur Jazoir xalqini oʼziga boʼysundirish uchun amalga oshirgan vahshiyona jinoyatlarni taʼriflashga til ojiz. Frantsuzlar bosqinchilikning avvalgi yetti yilida bir million musulmonni qirgʼin qilgan boʼlsa, oxirgi yetti yilida bir yarim million musulmonni oʼldirdi.
Frantsiya armiyasi 1852 yil Jazoirning Laguot shahriga bostirib kirar ekan, bir kechaning oʼzida shahar aholisining uchdan birini otib oʼldirdi. Shuningdek, 1945 yilning 8-mayida frantsuzlar bir kunning oʼzida 45 mingdan ortiq jazoirlikni qirgʼin qilganini tasdiqlash uchun arxivlarni ochish va tarixiy komissiyalar tuzishga hojat yoʼq. 1960-1966 yillari Frantsiya Jazoirda 70 kilotonlik (Nagasakiga tashlangan bombadan uch barobar katta) atom qurolini sinovdan oʼtkazdi, natijada 27 mingdan 100 minggacha boʼlgan odamlar qurbon boʼldi. Yerga koʼmilgan 3.000 tonna miqdoridagi yadroviy chiqindilarning aksar qismi haligacha qum ostidan sizib chiqib, atrof muhitni bulgʼamoqda va odamlar, ekinlar va chorva hayvonlarini zaharlamoqda. Frantsiya hukumati esa, yadroviy chiqindilar koʼmilgan joyni oshkor qilishdan yoki uning tafsilotlarini taqdim etishdan bosh tortib keladi. Frantsiyalik tarixshunos Gol Gorkining aytishicha, Frantsiya Jazoirda 1830 yildan 1962 yilgacha 10 million musulmonni oʼldirgan. Kufrga qarshi kurashgan jazoirlik musulmon mujohidlarning bosh suyaklari hozirgacha Frantsiyaning muzeylarida saqlanadi.

Bundan tashqari Frantsiya Islomni zehnlardan uzoqlashtirish uchun oʼz saqofatini tiqishtirdi. Taʼlim-tarbiyaga zarba berib, Islomiy aqida oʼrniga butun eʼtiborni jirkanch millatchilik va vatanparvarlik fikratini oʼrnatishga qaratdi. Yoshlarni betayin, oʼyin-kulgi bilan ovora, johil qilish uchun ularni siyosatdan uzoqlashtirib, kiyim modalari, sport, sahna tomoshasi, rasm, muzika, qoʼshiqlar, raqs, boringki oʼyin-kulgining barcha turlari va shunga oʼxshash narsalar bilan chalgʼitishga alohida ahimiyat qaratdi. Taʼlim-tarbiya vazirligi gʼarb saqofati bilan sugʼorilgan, frantsuzlashgan ilmoniy shaxslarga topshirildi.

Lekin holat shunday boʼlishiga qaramay, Jazoir xalqining kufr namoyondalariga qarshi haq soʼzlarni aytib chiqishi Islom Ummatining tirik Ummatligini yana bir bor isbotlamoqda. Chunki Islom Ummati tirik aqidaga ega Ummatdir, uni hayot sahnasidan supurib tashlash yoki boshqa ummat tarkibiga singdirib yuborish aslo mumkin emas. Kufr ahlini tashvishga solayotgan narsa ham aynan Islom Ummatining mana shu jihatidir. Ha, siyosiy Islomning maydonga chiqishi va musulmonlarda mukammal ongning paydo boʼlishi kufr ahlini larzaga solishi tabiiy. Chunki bu musulmonlarning azizlikka, qudratga erishishlarini, kufr ahlining esa, xor boʼlishini va natijada kofirlarning musulmonlar yurtlari ustidan hukmronligiga butunlay barham berilishini anglatadi.

Mana u hozirda takror oʼzligini taniy boshladi. Balki qatʼiy ishonch bilan aytish mumkinki, bu Ummat oʼz farzandlari orasidagi xolis daʼvatchilarning kechani kunduzga ulab, tinimsiz harakatlari tufayli bugungi kunda uygʼonish va birlashishga har qachongidan ham yaqinroq boʼlib qoldi. Shuning uchun ham Islom Ummati nafaqat Jazoirda, balki butun Islom olamida oʼz dushmanlarining betiga tik boqib, “daf boʼl”, deya hayqirmoqda.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.