Hizb ut-Tahrir – Malayziya Selangordagi islomiy ishlar idorasiga nota topshirdi

474
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Malayziya Selangordagi islomiy ishlar idorasiga nota topshirdi

Hizb ut-Tahrir – Malayziya 2019 yil 23 avgustda Selangor viloyati islomiy ishlar idorasiga nota topshirdi. Hizb delegatsiyasi tomonidan topshirilgan bu nota ayni idoraning hukumati qoʻlida 2019 yil 28 iyuldan beri Hizb ut-Tahrirga aʼzo opa-singillarimizning hibsda saqlanayotgani toʻgʻrisida boʻldi. Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrirning ellikdan ziyod aʼzosi ayni hibsga olishga qarshi islomiy ishlar idorasiga qarashli “Sulton Idris shoh binosi” oldiga yigʻildi. Delegatsiyasiga Hizb ut-Tahrirning Malayziyadagi rasmiy notigʻi ustoz Abdulhakim Usmon raislik qildi.

Notada Malayziya Islomiy ishlar vazirligiga qarashli islomiy ishlar idorasi xotin-qizlar huquqlari boshqarmasi Hizb ut-Tahrirga qarshi fitna, yolgʻon va tuhmatlarga hamda Hizbga nisbatan notoʻgʻri fikrlarga toʻla fatvoni bekor qilishga chaqirilgan. Ustoz Abdulhakim Usmon agar “islomiy ishlar idorasi” Hizb ut-Tahrir haqida koʻproq maʼlumot olishni istasa, bunday fitna chiqarish oʻrniga, Hizbni bahsga chaqirishi kerakligini taʼkidladi.

Taʼkidlash joizki, vazirlikka qarashli islomiy ishlar idorasi organi reyd oʻtkazib, 2019 yil 28 iyul kuni Hizb ut-Tahrir aʼzolari xonadonlariga bostirib kirdi va Hizbga aʼzo ikki nafar ayolni hamda Hizbga aʼzo boʻlmagan, faqat ularga qarindosh boʻlgan boshqa ikki ayolni hibsga oldi. 31 iyul kuni ham bir Hizbga aʼzo ayolni qamoqqa olishdi. Bu bilan qamoqqa olingan Hizbga aʼzo ayollar besh nafarga yetdi.

Roya gazetasining 2019 yil 4 sentyabr chorshanba kungi 250-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.