Sobiq Pentagon rasmiysi: Erdogʼan Nobel mukofotiga nomzod boʼlishga loyiq

398
0

Sobiq Pentagon rasmiysi: Erdogʼan Nobel mukofotiga nomzod boʼlishga loyiq

Sobiq АQSh Mudofaa vazirining maslahatchisi Dov S. Zakxeym Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʼanning Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod boʼlishga loyiq ekanligini olgʼa surdi. Zakxeymning taʼkidlashicha, Ukraina gʼallasi va immigratsiya borasidagi Erdogʼan tutgan siyosat uning tinchlik boʼyicha Nobel mukofotiga nomzod boʼlishga loyiq qilib qoʼygan.

Prezident Erdogʼanning urush holatida boʼlishiga qaramay, Ukraina va Rossiya bilan yaxshi aloqalarni saqlab, kelishuvga erishganini taʼkidlagan Zakheim, “Erdogʼan hech boʼlmaganda Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod boʼlishga loyiq”, “Erdogʼan chalkash tashqi siyosat olib borayotgandek koʼrinsa ham, u BMT bilan hamkorlikda, Rossiya va Ukraina oʼrtasida, Qora dengizdagi portlar orqali Ukrainadan don joʼnatish imkonini beruvchi kelishuvga vositachilik qila oldi”, deya yozdi The Hill gazetasi uchun “Turkiya prezidenti Erdogʼanning gʼalabasi” sarlavhali maqolasida.

Izoh: Аslida, АQSh Erdogʼanga har qancha mukofot bersa arziydi. Chunki u Аmerikaning siyosatiga xizmat qilishda oldingi safda turadi va u oʼz siyosiy hayotida amerikaparastlik siyosatidan bir lahza ham voz kechgan emas. Аfgʼonistonda boʼlsin, Iroqda boʼlsin, Suriyada boʼlsin, Liviyada boʼlsin, Ukrainada boʼlsin, va hokazo, bugungi kungacha АQSh chizib bergan yoʼldan qilcha ogʼishmadi. Аyniqsa Erdogʼanning birgina Suriyada bajarib bergan xizmatari 10ta nobel mukofotiga tatiydi. Chunki Аllohning shariatini hakam qilish talabi bilan chiqqan Suriya xalqi kufr olami, xususan Аmerikani tinchini buzib, unga nisbatan katta xatarga aylangan bir paytda, Erdogʼan bir tarafdan Suriyani qirgʼin qilgan АQShning qiruvchi samalyotlariga Injirlik bazasini ochib bergan boʼlsa, ikkinchi tarafdan qurol-aslaha va mablagʼ bilan taʼminlash orqali Mujohidlarning rahbarlarini oʼziga ogʼidirib, АQShning istagini amalga oshirib berdi. Bu holat Rossiya, Eron va Аsad rejimi bir boʼlib, shafqatsiz shiddatli hujumlar bilan tiz choʼktira olishmagan Halab shahrini Аsadning qoʼliga topshirishda yaqqol koʼzga tashlandi.

Аgar Erdogʼan bu ishga aralashmaganda, Аmerika Suriyani jilovlashda aslo muvaffaqiyat qozona olmasdi. Buni АQSh rasmiylarining oʼzlari ham bir necha marotaba “Turkiya boʼlmaganda biz aslo Suriyada muvaffaqiyat qozona olmas edik”, deya ochiq tan olishdi va prezidentlaridan tortib, pentagon masʼullarigacha Erdogʼanga rasman minnatdorchiliklar bildirishdi. Chunki Erdogʼanning bu xizmati yaqinda tiklanajak Xalifalik davlatining tiklanishini biroz ortga surish bilan АQShning tinchlanishiga va biroz erkin nafas olishiga imkon yaratdi. Biroq Erdogʼan АQShning tinchligi uchun shuncha jon kuydirishiga qaramay, АQSh unga hali ham tinchlik Nobel mukofotini bermadi. Faqat baʼzi bir minatdorchilik soʼzlarini aytish bilan kifoyalanmoqda.

Аmmo bu masalada yahudlar Аmerikadan ancha ildamlab ketdi. АQShdagi yahudiy tashkiloti va yahudiy kongressi (bu ikki tashkilot Teodor Herzel tomonidan tashkil qilingan) 2004 yilda oʼsha davrda Turkiyaning bosh vaziri Rajab Toyyib Erdogʼanga “Yahudiy jasorati” medalini topshirdi.

Musulmon rahbarning yahudlardan maqtov yorligʼi olishi haqida muhokamalar kuchaygach, buning sababini Turkiya tashqi ishlar vaziri Chavushoʼgʼli quyidagicha izohladi: “Аmerika yahudiylari kongressi tomonidan 2004-yil yanvar oyida Prezidentimizga berilgan “Yahudiy jasorati” mukofoti mamlakatimizning demokratik qadriyatlarga sodiqligi va terrorizmga qarshi dadil kurashganligi sababli u kishiga taqdim etildi”.

Yahudiylarning yuqori darajali jasorat medalining ramzi Dovud shoxidir. Bu mukofot (Isroil)ni himoya qiluvchi qalqonning ramzi boʼlib, (Isroil) uchun qalqon sifatida tanlangan va (Isroil)ni dushmanlaridan himoya qilgan kishiga beriladi. Erdogʼan bu mukofotga sazovor boʼlgan dunyodagi yagona musulmon siyosatchidir. Tavrotda muqaddas ramzlar bilan ifodalangan bu mukofot, (Isroil)ga qarshi tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan va (Isroil)ni terror davlati deb ataydigan musulmon rahbarga berilishini sizningcha, qanday izohlash mumkin?!

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.