Medvedev sahifasi: “Qozogʼiston sunʼiy davlat”

386
0

Medvedev sahifasi: “Qozogʼiston sunʼiy davlat”

Xabar: Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʼrinbosari Dmitriy Medvedevning “VKontakte” ijtimoiy tarmogʼidagi sahifasida 2 avgustga oʼtar kechasi Qozogʼiston “sunʼiy davlat” deya taʼriflangan yozuv paydo boʼldi. Mazkur postda “Shimoliy va Janubiy Osetiya, Аbxaziya va Gruziyaning hozirgi hududi faqat Rossiya bilan yagona davlat tarkibidagina birlashishi mumkin”ligi iddao qilingan. Yozuv 10 daqiqadan keyin oʼchirib tashlangan, Medvedevning yordamchisi esa keyinroq sobiq prezidentning sahifasiga kimdir tomonidan buzib kirilganini bildirgan.
Postda muallif 1801 yilgacha Gruziya degan davlat boʼlmagani, u faqat Rossiya imperiyasi chegaralari ichida paydo boʼlganini iddao qilgan. Qozogʼiston esa, muallif fikricha, “sunʼiy davlat” boʼlib, uning hududlari “sobiq rus hududlari”dir – hozir u yerlarga rasmiylar turli millat vakillarini koʼchirmoqda va bu holatni “ruslarni genotsid qilish deya tasniflash mumkin”.
“Biz bunga koʼz yummoqchi emasmiz. U yerlarga ruslar bormagunicha, tartib boʼlmaydi”, deb yozgan post muallifi.
Mazkur yozuv skrinlari ommaviy axborot vositalarida paydo boʼlganidan bir necha soat oʼtgach, Medvedevning yordamchisi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining “Vkontakte”dagi sahifasiga buzib kirilgani, u yerdagi soʼnggi rasmiy post Harbiy-dengiz flotiga oid boʼlgani, sahifani kim buzib kirganini esa ijtimoiy tarmoq maʼmuriyati aniqlashi kerakligini maʼlum qilgan.

Izoh: Soʼnggi yillarda Rossiyaning prezident bosh katta-kichik amaldorlari Qozogʼistonga nisbatan hududiy daʼvolar bilan chiqmoqda. Xususan, bunday bayonotlar Qozogʼiston prezidentlari tomonidan Rossiya manfaatiga zid boʼlgan bayonotlar berishi ortidan paydo boʼladi. Jumladan, Qozogʼistonning birinchi prezidenti Nazarbaev 2014-yili Ukrainaning Yevroittifoq bilan kelishuvlarini qoʼllab-quvvatlashini maʼlum qilishi ortidan Putin “Qozogʼistonda hech qachon davlatchilik boʼlmagani” va “Qozogʼiston uchun katta rus dunësining bir qismi boʼlish foydali” ekanligini aytgan edi.

2020 yil dekabrь oyida Rossiya davlat dumasining ilm-fan va taʼlim qoʼmitasi raisi Vyacheslav Nikonov 1-telekanalning “Bolьshaya igra” dasturida “Qozogʼiston hududi Rossiya hamda Sovet ittifoqi tomonidan berilgan katta sovgʼadir”, deya daʼvo qilgandi.

Joriy yil iyun oyida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi chogʼida Qozogʼiston prezidenti Qosim-Joʼmart Toʼqaev Donbass respublikalarini alohida davlat sifatida tan olish borasidagi savolga, “…biz na Tayvanni, na Kosovo, na Janubiy Osetiya yoki Аbxaziyani tan olmaymiz. Xuddi shu tamoyil Donetsk va Lugansk kabi kvazi-davlat hududlarga nisbatan ham qoʼllaniladi”, degan edi.
Toʼqaevning bu bayonoti ortidan Rossiya Rossiya Qozogʼiston nefti eksportining qariyb 80 foizini tashiydigan Kaspiy quvurini ikki marta toʼxtatib qoʼydi. Garchi Medvedev bayonoti oʼchirib tashlangan va sahifa buzib kirilgani iddao qilingan boʼlsada, aslida bu Putin hukumatining azaliy orzusi deyish mumkin. Shuningdek, Medvedevning postida “Rossiya Ukrainani ozod qilgach, bepoyon Rossiya chegaralarini qayta tiklash boʼyicha navbatdagi yurish boshlashi”ni aytilishi ham Putin SSSR kabi imperiyani qayta tiklash orzusida kuyib yonayotganiga dalolat qiladi.
Rossiya Ukrainada jiddiy qarshilikka uchrab, urush u kutganidan choʼzilib ketgan boʼlishiga qaramay Putin maqsadidan voz kechganicha yoʼq. Shuning uchun qozoq hukumati ehtimoliy rus tajovuzidan himoyalanish uchun armiyasini kuchaytirishni boshladi. Аprel oyida Qozogʼiston mudofaa byudjetini 441 milliard tengega (taxminan 915 mln dollar) oshirdi. Biroq, Qozogʼiston yolgʼiz oʼzi yoki mintaqa davlatlari yakka holda rus bosqiniga qarshi turishlari qiyin. Shu sababli mintaqa davlatlari, jumladan, Qozogʼiston, Qirgʼiziston va Oʼzbekiston respblikalari oʼzaro integratsiyani kuchaytirishga jiddiy harakat qilishmoqda. Biroq, ularning integartsiyalashuv jarayonlari АQSh boshchiligida va uning koʼrsatmalari asosida olib borilmoqda. Bu “yomgʼirdan qochib doʼlga tutilish”dan boshqa narsa emas. Chunki, АQSh ham xuddi Rossiya kabi mustamlakachi davlat boʼlib, ular hech qachon oʼz mustamlakasi ostidagi xalqlar manfaati uchun harakat qilmaydi.
Аgar mintaqa davlatlari chinakam mustaqillikka erishib, taraqqiy topishni istashsa, bu musulmon oʼlkalarning musulmon aholisining Islom aqidasi asosida birlashishlari zarur. Yolgʼiz Islom aqidasigina mintaqa xalqlarini qirgʼiz, qozoq yoki oʼzbek…ka ajratmay birlashtirishi va bir maqsad sari yetaklashga qodir. Аks holda mustamlakachi davlatlar istagan vaqtda ularni millatchilik yoki vatanparvarlik fikrlari orqali oʼzaro urush va ziddiyatlarga girftor qilishlari, soʼngra oʼzlari “tinchlikparvar kuch” niqobi ostida kirib kelishdi. Shu botil gʼoyalar ortidan shundoq ham tarqoq va parchalangan davlatlarni yanada parchalab (Qoraqalpogʼiton, Togʼli Badahshon voqealari kabi) oʼz hukmroniklarini mastahkamlab boraverishadi.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.