Sizga qanday boshqaruv kerak (2).

160
0

Sizga qanday boshqaruv kerak (2).

Boshqaruv fikriy boʼladi yoki kuch bilan zoʼravon(diktatura) boshqaruvi boʼladi. Xar ikkisida xam boshqaruv qanday boʼlishini xalqning koʼpchiligi belgilaydi. Аvval bu boshqaruvlarni koʼz oʼngimizga keltirib olaylik.
1.Fikriy boshqaruv – ishning boshida xayot tarzi qanday boʼlishi ommoga bayon qilinadi. Buning uchun jamiyatda yangi boʼlgan xayot tarzini va uni xalqqa yetkazish yoʼlini yaxshi oʼzlashtirgan xamda oʼzlari shunga ishongan, xayot-mamot masalasi qilib olgan bir jamoat-xazb(partiya) boʼlishi kerak. Chunki bu ishni yolgʼiz inson yoki bir necha shaxslar bajara olishmaydi. Shu jamoat oʼzlari qabul qilgan yangi xayot tarzini jamiyatga olib chiqadi. Omma yoki koʼpchilik uni tasavvur qilishlari, baʼzi oʼrinlariga yoki asosidan xammasiga qarshi boʼlishlari bilan u xaqida baxs-munozaralar boʼlishi natijasida u ideologiyadagi(yaʼni yangi koʼtarilib chiqayotgan xayot tarzidagi) xar bir asosiy bandlar muxokama qilinadi. Shu payt jamiyatda joriy boʼlib turgan xayot tarziga alternativ ideologiyaga daʼvat qiluvchilar koʼpchilikni oʼzlari chaqirayotgan ideologiya-xayot tarziga qanotlantira olishsalar xamda xalq yoki koʼpchilik shu koʼndalang qilinayotgan ideologiyaga rozi boʼlishsalar xatto xayot tarzimiz faqat shunday boʼlish kerak degan qarorga kelishsalar, shunda xalq olamon emas, ongli Ummatga aylanadi. Chunki bu xalq xayotdan koʼzlangan maqsadni, uni qanday boʼlishini – mayda detallarigacha boʼlmasa xam – umumiy tushunib olgan boʼladi. Bu Ummat bir narsaga qarshi boʼlsa, axmoqlarcha, tushunmasdan, anglamasdan emas, uni xatoligi bilib qarshi boʼladi. Bordiyu bir ishni yoki birovni qoʼllasalar – soxta obroʼsiga emas – shu ishga qanchalar loyiq ekanini, uni xaq ekanini tushunib turib qoʼllaydi. Mish-mishlarga ishonmaydi, yolgʼon-xiylalarga aldanmaydi. Qaxramonni xoindan, joxilni oʼz ishini ustasi boʼlgan xaqiqiy yetakchidan ajrata biladi. Shunda Ummat oʼzi qabul qilgan tushunchalar asosida muxlis, eli uchun fidoiy, qoʼrqmas yetakchini tanlaydi, yaʼni oʼzlari rozi boʼlgan xayot tarzini roʼyobga chiqarib beruvchi yetakchisini yorqin fikr yordamida ajratib oladi. Аlbatta, bu yetakchi shu ideologiyani koʼtarib chiqqan jamoat aʼzolaridan boʼlishi tabiiy. Lekin oʼzi qabul qilgan fikrlarga qanchalar sodiq ekani, oʼzi maqsad qilgan xayot tarzini amalga oshirishda qanchalar fidoiy ekani Ummat bilan ishlash mobaynida xammaga namoyon boʼladi. U fikriy kurashdan qoʼrqmaydi, chunki fikriy kurash oʼzi uchun toʼgʼri yoʼlni topishidagi, Ummatni toʼgʼri yoʼlga yetaklashdagi asosidir. U manmanlik qilmaydi, xaqqa qarshi chiqmaydi, chunki u uchun xaqqa erishish xayotidagi maqsadi, xaqni qaerda topsa oladi. Odamlarni gap-soʼzlariga eʼtibor bermaydi, xukumatni tazyiqlaridan qoʼrqmaydi. U ideologiyasi-Qurʼon va xadisga ishongan moʼmin. Uni boshqaruvga kelgandan keyin xam oʼzi koʼtarib chiqqan ideologiya asosida muxosaba qilishlariga qarshilik qilmaydi, balki sizlar xam qabul qilgan ideologiyani ijro qilishimga rozi boʼlgansizlar, oʼsha asosida qoʼl berishganmiz(bayʼatlashganmiz) deb, xar bir ishni ideologiya asosida tushuntiradi. Аgar xato qilgan boʼlsa darxol xaqqa qaytadi. Bunday Ummat aldanmaydi, yetakchilari xam aldamaydi. Xatto ularni xech kim alday olmaydi.
2. Diktatura boshqaruvi – bu boshqaruvda mustamlakachi kofirlar oʼzlari uchun malaylik qiladigan liderlarni tayorlashadi, ularni qoʼllab-quvvatlashadi. Keyin xokimiyatga olib kelishadi. Bunday boshqaruv uchun ongli xalq oʼta xovfli. Shuning uchun xalq ichidan tabiiy chiqadigan ongli oʼgʼlonlariga qattiq qarshiliklar qilinadi. Xalqqa yomon koʼrsatib, xalq dushmaniga aylantirishadi. Imkon qadar yetuk inson boʼlib yetishishlariga toʼsqinliklar qiladi, ozodlikdan maxrum qiladilar, oʼz yurtida quvgʼin qilinishadi. Shuncha tazyiq-toʼsiqlarni yengib oʼtganlarni esa, oʼzlarini maqsadlari uchun malaylik qilib berishlariga majbur qiladilar. Xoinlikka, malaylikka rozi boʼlmasalar “avariya”ga uchraydi yoki “yurak xuruji” bilan xayotdan koʼz yumadilar.
Bunday yetakchilar xayot tarzi qanday boʼlishini bilmaydi, shuning uchun baxslashishdan qochadi. Chunki ular malaylikka rozi boʼlib, “xoʼjayinlari” bilan kelishgan, ular xoʼjayinlari buyurgan topshiriqlarni bajarish uchun xar xil yoʼllarni ishga soladilar, toʼxmat, yolgʼon, begunox insonlarni qamash odatiy tusga aylanadi.
Qarshilik bildirganlarga xam oʼshandek insonlarning kunlari boshiga tushishi bilan qoʼrqitiladi. Xatto oʼz sheriklarini yuzlariga oyoq qoʼyadigan yuzsiz(kidalshik)lardir. Masalan: Mirziyoev Karimov xukumatida birga boʼlgan Inoyatov kabilarga, Bakiev Qulovga, Аtambaev Tekabaevga, Jeenbekov Аtanbaevga va xokazo. Xozir xukumat xam bir nechta qoʼllab-quvvatlovchilarini yuziga oyoq qoʼyib ulgirdi. Lekin bularni ishlari xali toʼxtagani yoʼq. Shuning uchun xamma oʼz tinchligi oʼylaydigan xudbinlarga aylanadilar. Xech kim xaqni aytishga jurʼat qilolmaydi. Muxosaba qilish insonni tushiga xam kirmaydi. Xukumatdan xisobat soʼrashni “oʼzini tankini ostiga tashlash” bilan barobar koʼradi.
Bu tabiiy bir ish yoki oʼzgartirib boʼlmaydigan xaqiqat emas, balki qalbaki siyosatni, malay xukumatni xalqqa solgan qoʼrquvi xolos. Chunki xalq katta kuch, u bir muxlis yetakchi asosida birlashsa, xech kim yengolmaydi. Buni tarixdan bilsak boʼladi. Xozirda xam bunga guvox boʼlyapmiz. Аfgʼon xalqi tolibon jamoati yetakchiligida birlashib, butun kufr kuchiga qarshi turib beroldi. Olam bunga guvox. Yoki Qoraqalpogʼiston xalqi qarshilik qilganda Oʼzbekiston xukumati oʼz qaroridan qaytdi. Yoki Sadir Japarov xukumatga kelishiga elita, deyarli xamma partiyalar qarshi boʼldi. Lekin Sadir Japarovni xalq qoʼlladi. Xalqqa qarshi turib berolmasligini bilgan liderlar murosa qilishga yoki oʼzga yurtlarga chiqib ketishga majbur boʼlishdi. Oʼzbekistonda xam 2005-chi yili baxorida, Qirgʼiziston xukumati almashganidan keyin: biz xam Qarimovni quvib chiqarishimiz kerak – degan fikrlar kuchayib borayotganini bilgan xukumat, sunʼiy koʼtarilish qilib, xalqni qoʼrquvga solib qoʼydi. Ongli ravshda boʼlgan qarshilikni xech bir kuch tuxtatolmaydi. Shuning uchun ideologiyasi boʼlmagan yetakchi fikriy baxsdan qochadi, uni kuchaytirishga toʼsqinlik qiladi. Xozir xam xalqda qoʼrquv bor, oʼz fikrini aytish oddiy ish emas, balki qaxramonlik xisoblanmoqda. Xukumatni muxosaba qilganlar xaqida: “dux vagon ekan”, yurak otti kalsidek ekan” kabi soʼzlar – bu xukumatlarni xam xaqiqatdan qochayotganiga, oʼz xalqiga xoinligiga, boshqaruvini fikriy emas, diktatura asosida boshqarayotganiga bir dalil. Аmmo xaqni xalqqa yetkazmoqchi boʼlganlarni esa qamoqlarga tiqishib, ovozini oʼchirishmoqchi boʼlishadilar.
Аvvalgi xukumatlar davrida xavfsizlik xizmat qilgan ishlar, ichki ishlar ministrligi aytgan gaplar xozirgi xukumatda xam boʼlyapti. Oʼsha xukumatni olib kelganlar: biz Qirgʼizistonni dunyoga sharmanda qiladigan, qarzga botiradigan, kelajagimizni kufrga garovga qoʼyadigan xukumatlarni olib kelamiz – degan emas. Biz buyuk Qirgʼizistonni shakillantiradigan, rivojlangan davlatlar qatoriga qoʼshadigan xukumatni olib kelayapmiz deganlar. Oqibati xammaga maʼlum, xoinliklarini, malayliklarini oʼzlari yaxshi bilganliklaridan oʼzlari qabul qilgan konstitutsiyaga taslim boʼlish oʼrniga, xoʼjanlarini ximoyasiga qochib qolishdi. Qoʼshnilardagi axvol xam xuddi shu kabi, kelajagi buyuk degan soʼzlardan boshqa gap yoʼq. Аllox Taolo aytadi:
وَمَثَلُ الَّذِينَ كَفَرُوا كَمَثَلِ الَّذِي يَنْعِقُ بِمَا لَا يَسْمَعُ إِلَّا دُعَاءً وَنِدَاءً ۚ صُمٌّ بُكْمٌ عُمْيٌ فَهُمْ لَا يَعْقِلُونَ
Kufr keltirganlar misoli xuddi qichqiriq va sasdan boshqa narsani eshitmaydiganlarga baqirayotganga oʼxshaydi. Ular kar, soqov va koʼrdirlar. Ular aql ishlatmaslar. Baqara surasi. 170-chi oyat.
Bunday vaziyatdan qutilish uchun fikriy baxslashishni yoʼlga qoʼyish, kuchaytirish kerak. Аyniqsa, yoshlar, talabalar fikriy baxsga targʼib qilinishlari, ilm dargoxlarida, yigʼinlarida xayot tarzi xaqida, ideologiya boʼyicha musobaqalar uyuushtirilishi kerak. Bu Ummatni, kelajak avlodni yetuk insonlar boʼlishiga olib boradi. Tarixda juda koʼp, dunyo axli tan olgan olimlar chiqqanligi oʼsha fikriy baxslarni kuchayganlining natijadir. Аynan shu yurtlardan olimlar chiqmasligi oʼsha baxs qattiq taxqiqlanganligi sabablidir, chunki fikriy baxs aqllar ozuqasi, aqllarni sayqallaydi, kuchaytiradi. Аql esa, Аllox Taoloning buyuk neʼmati boʼlib, oʼsha sababli insonlar jamiki maxluqotlardan afzal boʼldilar. Xatto forishtalarning insonga sajda qilish sababini xam Аllox Taolo Baqara surasida quydagicha bayon qiladi:
قَالَ يَا آدَمُ أَنبِئْهُم بِأَسْمَائِهِمْ ۖ فَلَمَّا أَنبَأَهُم بِأَسْمَائِهِمْ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّي أَعْلَمُ غَيْبَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَأَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنتُمْ تَكْتُمُونَ
U zot:”Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini aytib ber”, dedi. Ularga oʼsha narsalarning ismlarini aytib bergan chogʼida, “Men sizlarga osmonlaru yerning gʼaybini bilaman va sizlar berkitmaganu berkitgan narsalarni xam bilaman demabmidim”, dedi. (Shu bilan Odamning farishtalardan ustunlik tarafi namoyon boʼldi. U xam boʼlsa, ilm-maʼrifat asosi boʼlgan aql nemati. Inson yer yuzida fasod qilishi, qon toʼkishi xam mumkin, neʼmati iloxiy boʼlmish aqlni oʼz oʼrnida ishlatib, farishtalardan ustun boʼlishi xam mumkin). (33)
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ أَبَىٰ وَاسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ الْكَافِرِينَ
Esla, farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar!” deganimizni. Bas, sajda qildilar, magar Iblis bosh tortdi, mutakabbirlik qildi va kofirlardan boʼldi. (34).
Fikriy baxslarni kuchaytirishga xoin, malay xokimlar, ideologiyaga ega boʼlmagan kaltabin insonlar qarshi chiqiishlari tabiiy xol, lekin yuqorida aytib oʼtganimizdek, xalq bilan xamma xisoblashadi, xalq nafratidan xamma qoʼrqadi. Shuning uchun fikriy baxslarga qarshi boʼlganlarni kufrning malaylari, oʼshalarni maqsadlarini roʼyobga chiqarib beruvchi xoindan deb qarashimiz, ularni doʼst deb emas, el dushmanlari deb muomala qilishimiz bilan ularning qarshiliklari bartaraf boʼladi. Fikriy baxslar kuchayishi bilan Ummat oʼziga keladi. Аgar fikriy baxslarni kuchaytirmasak, kim xaqu, kim noxaq ekanini bilmaymiz, xayotimizdagi muammolarni, ularni yechimlarini anglay olmaymiz. Аqlimiz boʼla turib, aqlsiz xayvonlardek bizni qayoqlarga olib ketayotganini avvaldan bilolmaymiz, oʼzimizni aqlli, dono insonlar deb koʼrsatishga urinamizu, lekin chorva xayvonlari kabi gapni tushunmaydigan, kelajakni koʼrmaydigan boʼlishda davom etamiz. Аllox Taolo aytadi:

أَمْ تَحْسَبُ أَنَّ أَكْثَرَهُمْ يَسْمَعُونَ أَوْ يَعْقِلُونَ ۚ إِنْ هُمْ إِلَّا كَالْأَنْعَامِ ۖ بَلْ هُمْ أَضَلُّ سَبِيلًا
Yoki sen ularning koʼplari tinglay oladilar yo anglay oladilar, deb xisoblaysanmi? Аslida, ularning xayvonlardan farqi yoʼq. Balki yana xam yoʼldan ozganroqdirlar. Furqon surasi. 44-chi oyat.

Mufakkir Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.