Rumol o’ragan qizlar maktabga kiritilmayapti

511
0

2014-09-05-20-06-35Markaziy Osiyo davlatlaridan biri bo’lgan Qozog’iston respublikasida prezident Nursulton Nazarboevning nomi bilan ochilgan va eng zakovatli o’quvchilarni qabul qilish bilan tanilgan maktabda rumol o’rab kelgan qizlarni qabul qilinmasligi shov-shuvlarga sabab bo’lmoqda.

Nazarboev nomi berilgan bu maktab yuqori darajali, sifatli ta’lim tarbiya berish bilan nom tarqatgani tufayli bir qancha oilalar nazarida farzandlari uchun eng birinchi o’rindagi maktab hisoblanadi. Ammo bu yilda maktabga rumol o’rab kelgan 15 yoshli Ayzara Chingizbaeva kutilmagan “syurpriz”ga duch keldi. Maktab direktori Bagdan Kayirjanov rumol o’rab maktabga kelgan qizni avval maktab ochilish tantanasiga, undan so’ng esa sinfga kirgizmay qo’ydi.

Qizining maktabga qabul qilinmaganligidan hayron qolgan uning ota-onasi Asat Imanbaev va Janar Tamashevalar politsiyaga murojaat qilishib maktab idorasi ustidan shikoyat qilishdi. Ayzaraning ota-onasining aytishicha, maktab idorasi o’quvchilarning nasabi, jinsi, irqi, dini va iymoni sababli yakkalab, ta’lim-tarbiya olish huquqidan mahrum qilishmoqda.

“Biz oilaviy ravishda diniy qadriyatlarimizga amal qilib yashashga harakat qilib kelamiz. Farzandlarimizni ham go’zal axloqli qilib tarbiyalashga bor kuchimizni sarflayapmiz. Qizimiz Ayzara juda a’lo baholarda o’qiydigan o’quvchidir. Ammo u hozir 15 yoshda. Islom dini tamoyillariga ko’ra rumol o’rash yoshiga etgan. Bu yil qizimiz rumol o’rab o’qishni davom ettirishi haqida maktab idorasiga ma’lum qilgan edik. Ammo direktor Bagdan Kayirjanov o’zi bilganidan qolmayapti”, deydi Ayzaraning onasi.

Maktab direktori Kayirjanov esa jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortdi. Kayirjanov hamma narsa aniq bo’lishiga qaramay, “hodisa ustidan surishtiruv olib borilyapti”, deyish bilan kifoyalandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.