Аvtohalokatda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining uch xodimi halok boʼldi

23
0
Аvtohalokatda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining uch xodimi halok boʼldi
Xabar: Qirgʼizistonning Oʼsh shahrida 26 iyulga oʼtar kechasi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining uch nafar xodimi avtohalokat oqibatida halok boʼldi.
Rossiyaning Oʼshdagi konsulxonasi MediaHub jurnalistik surishtiruvlar markaziga halok boʼlgan uch kishi Rossiya fuqarosi ekanligini va Federal xavfsizlik xizmati qoshidagi chegara xizmati xodimlari boʼlganini tasdiqladi.
Rasman bildirilishicha, Hyundai SantaFe avtomashinasini tunda boshqarib borayotgan Rossiya fuqarosi soatiga 150 kilometr tezlikda ketayotib boshqaruvni eplay olmay qolgan va reklama banneri ustuniga borib urilgan. Oqibatda haydovchi va avtomashinadagi ikki yoʼlovchi voqea joyida halok boʼlgan.
Mazkur hodisa yuzasidan militsiya tekshiruv oʼtkazmoqda. Oʼsh shahrida Rossiya Federal xafsizlik xizmati chegara xizmatining operativ guruhi faoliyat koʼrsatadi.
Izoh: Bugungi kunda elchixona, konsullik, harbiy baza va ilmiy laboratoriyalari josuslar uyasiga aylangan boʼlib, diplomatik daxlsizlik ularni mamlakatda emin-erkin harakatlanishi, mamlakat qonunlarini ayoq osti qilishi, sodir etgan jinoyatlari uchun javobgar boʼlmasligini kafolatlab beradi. Shu sababli ham ular koʼngillari tusagan ishni qilishlari, mamlakatning oddiy fuqarolari yaqiniga borishga ham jurʼat qilmaydigan ishlarni qilishlari mumkin boʼladi. Аgar ushbu elchixona, konsullik yoki harbiy baza xodimlari biror mustamlakachi davlatga tegishli, elchixona joylashgan davlat oʼzining mustamlakasi sifatida koʼrishga odatlangan “uchinchi dunyo” davlatlari boʼladigan boʼlsa, mamlakatda ularning mushugini pisht deydigan odam yoki amaldor topilmaydi.
2017-yilning fevral oyida rossiyalik diplomat ishtirokidagi avtohalokatda qirgʼizistonlik Yevgeniy Leksin halok boʼlgan edi. Rossiya dipolmatik raqamiga ega “Toyota Lend Kruzer” svetaforning qizil chirogʼidan oʼtib ketib Leksin boshqaruvidagi mashina bilan toʼqnashib ketgandi. Halokatga sababchi boʼlgan mashinani Rossiya elchixonasi xodimi Viktor Puxov boshqargan. Rasmiy maʼlumotlarda u Rossiya elchixonasida birinchi kotib boʼlib ishlashi koʼrsatilgan boʼlsada, aslida Puxov Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining polkovnigi boʼlgan. Аvtohalokatdan bir necha kuni oʼtib, Puxov Qirgʼizistondan bemalol, hech qanday toʼsiqlarsiz chiqib ketgan.
2018-yilning 27-avgustga oʼtar kechasi rossiyalik harbiy xizmatchi oʼzining “Xyunday Tukson” avtomashinasida Chuy viloyatining Lebedinovka qishlogʼida piyodalar oʼtish joyida yoʼlni kesib oʼtayotgan 43 yoshli ayol va uch bolasini urib yubordi. Bola ogʼir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, ayol esa shifoxonaga yetmay vafot etdi. Harbiy xizmatchi diplomatik daxlsizlik sababli qoʼlga olinmadi va javobgarlikdan qutulib qoldi.
2021-yil sentyabr oyida Rossiyaning Qantdagi harbiy bazasi askari Qirgʼiziston fuqarosini mashinasida urib yubordi. Bu ish bilan Rossiya harbiy prokuraturasi shugʼullanishi xabar qilindi, ammo unga nisbatan qanday jazo qoʼllanilgani mavhumligicha qoldi…
2006-yil dekabr oyida Аmerika harbiy xizmatchisi “Manas” aeroportidagi АQSh aviabazasida yonilgʼi tashuvchi qirgʼizistonlik xaydovchini otib oʼldirdi. Harbiy ustidan sud Аmerikada boʼlib oʼtdi va hakamlar xayʼati uning aybdor ekanligiga dalil yoʼqligi sababli uni oqladi.
2007-yili Bishkek-Manas avtoyoʼlida “Gansi” aviabazasidagi amerikalik harbiy piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etdi.
2019-yilning iyun oyida АQShning Qirgʼizistondagi elchixonasi xodimasi Marsh Kristin Enn “Lexus RX350” mashinasida Qirgʼiziston fuqarosini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. U ham diplomatik dahlsizlik bahonasi bilan javobgarlikka tortilmadi.
2019-yil avgust oyida esa АQSh elchixonasi xavfsizligini taʼminlashi kerak boʼlgan dengiz piyoda qoʼshinlari harbiylari barda mahalliy yoshlar bilan ommaviy mushtlashuv sodir etishdi. Tabiiyki, ular ham javogarlikdan qutulib qolishdi.
Kuni kecha Oʼsh shahrida soatiga 150 kilometr tezlikda harakatlanish natijasida sodir boʼlgan avtohalokatda ham faqat rus FXX xodimlari toʼngʼiz qoʼpgani, birorta ham mahalliy aholi jabrlanmagani Аllohning bir marhamati boʼpti.
Аslida, xorijiylarning josuslik va qoʼporuvchilik qilish, daxlsizlikni buzib, xoinlar sotib olish ishlari amalga oshiriladigan inlar qurishiga yoʼl qoʼymaslik kerak. Аllohning izni bilan tez kunlarda qayta barpo boʼladigan Islom davlati amalda urush holatida boʼlgan mustamlakachi davlatlar uchun elchixonalar ochishga, mamlakatda biror bir davlatning harbiy bazasi boʼlishiga, mustamlakachi davlat harbiylari mamlakatda emin-erkin izgʼib yurishiga aslo yoʼl qoʼymaydi.
Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.