Ey til biriktiruvchilar, sizning mafkuraviy abgorligingiz hech kimga sir boʼlmay qoldi

282
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey til biriktiruvchilar, sizning mafkuraviy abgorligingiz hech kimga sir boʼlmay qoldi

Hizb ut-Tahrirning Misrdagi
matbuot boʼlimi aʼzosi ustoz Said Fazl

Jahon va Fatvo idora va hayʼatlari bosh kotibiyatiga qarashli ekstremizmni oʼrganish tinchlik markazi «Diniy ekstremizm… mafkuraviy asoslar va kurash strategiyasi» nomli birinchi konferentsiyasini yakunladi. 7-9 iyun kunlari uch kun davom etgan va Misr vazirlar mahkamasi raisi homiylik qilgan ushbu anjumanda, vazirlar, muftilar, ulamolar, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasi mutaxassislari, mufakkirlar, yozuvchi va jurnalistlar ishtirok etdi. Misr bosh muftisining maʼlum qilishicha, anjumanda «turli tadbirlar davomida ekstremizm illati va intellektual zamonning oʼtmishi va buguni bilan bogʼliq bir qator masalalar va tadqiqotlar» muhokama qilindi. Shuningdek, ekstremistik tafakkur asoslarini ifodalovchi gʼoyalar tizimini tahlil qilish hamda ayni illatga qarshi kurashish boʼyicha yaxlit siyosatni shakllantirish va uni oldini olish strategiyasi ishlab chiqildi.
Musulmon odam olim va shayx deb nomlansayu, biroq Islomga, uning fikrlari va sharʼiy ahkomlariga kapitalizm nuqtai nazaridan kelib chiqib qarasa, uning yoʼllanmalari asosida fikrlasa shunga oʼxshash konferentsiyalar tashkillashtiriladi! Toʼgʼri, bu konferentsiya mazkur markaz va ayni nomda birinchi marta oʼtkazilishi. Biroq, u gʼoya va maqsadi bitta asosiy masala boʼyicha oʼtkazilgan va oʼtkaziladigan qator konferentsiyalarning birinchisi ham, oxirgisi ham emas. Bu konferentsiya qanday qilib Islomni «tarbiyalash» (qoʼlga oʼrgatish) va uning siyosiy amaliy aqidasidan ajratish kerak, degan masalaga asoslanadi. Toki, Islomda tatbiq qilinadigan boshqaruv nizomi va shariat mavjudligini musulmonlar avlodi bilmasin, aksincha, Islomni hayot voqeida tatbiq etishga uringan kishilarga qarshi kurashuvchi avlod yetishib chiqsin. Bu va boshqa shunga oʼxshash xoinona konferentsiyalardan maqsad mana shu. Hukmdorlar bunday anjumanlarga homiylik qilish bilan oʼzlarini Gʼarb oldida Islomga qarshi kurashda haqiqiy qurol ekanliklarini ochiq isbotlashyapti. Shuning uchun ham diniy xitobni Gʼarb buyruqlari va manfaatlariga muvofiq keladigan tarzda yangilash toʼgʼrisidagi gaplarga hamda odamlarga Islom va uning tushunchalarini faqat oʼzlari tushuntirib berishlari uchun uni monopoliya qilib olishayotganiga guvoh boʼlyapmiz. Bu ularning odamlar miyasiga vatanparvarlik kabi Islomda yoʼq adashtiruvchi tushunchalarni quyishlariga hamda Islom tushunchalarini jihod, Xalifalik kabi amaliy siyosiy tushunchalar voqeiga teskari ravishda talqin qilishlariga yoʼl ochmoqda. Konferentsiyada qabul qilingan qaror va tavsiyalarning mazmun-mohiyati mana shu. Bular anjumanda ishtirok etgan olim va tadqiqotchilarning takliflari orqali qabul qilingan boʼlib, ular bu takliflarni Islomning amaliy gʼoyalariga toʼqnash kelishayotgan oʼzlarining navbatdagi kurash bosqichi va urinishlari, yaʼni ichkaridan turib Islomga zarba berish hisoblangan urinishlari doirasida oʼrtaga tashlashdi. Bunda ularga barcha uslub va vositalar bilan odamlarga xitob qilish imkoniyatini yaratib bergan, boshqalarning esa, ularga javob qaytarishga yoki odamlarga boshqa fikrlarni bayon qilishlariga toʼsqinlik qilib kelgan xavfsizlik xizmati himoyasi qoʼl kelmoqda.
Lekin ijtimoiy aloqa vositalaridagi yirik oʼzgarish yuzaga kelmay turib shunday qilish mumkin edi. Аmmo ijtimoiy aloqa vositalaridagi yirik oʼzgarish shunday muqobil yangi axborot vositalarini yaratdiki, bugun har qanday gʼoya sohibi oʼz gʼoyasini odamlarga tashlash imkoniyatiga ega. Odamlar ongi tobora oʼsmoqda va ular oʼzlaridagi mavjud ishonch-qanoat asosida ushbu tashlangan fikrlarni qabul qilish yoki qabul qilmaslikka onglari yordamida qaror qiladigan boʼlib qoldilar. Odamlarga tashlanayotgan gʼoyalarning eng kuchlisi va qalblariga eng yaqini Islomdir. Chunki siyosiy aqida va amaliy fikr-gʼoyalar faqat Islomda mavjud. Buning natijasi oʼlaroq, nafaqat odamlar, hatto ularni adashtirmoqchi boʼlayotganlar ham Islom bilan tozalanadigan boʼlib qoldi. Biroq anavi konferentsiyachilarning hamda ularga homiylik qilayotganlarning sharmandaligi barchaga fosh boʼldi.
Hozirda Misr rejimi va uning ortida turgan Oq uydagi xoʼjayinlari musulmonlar uchun bir diniy muassasa yaratish ustida astoydil harakat qilishmoqda. Tizgini Gʼarb qoʼlida boʼladigan bu muassasaning roli xuddi cherkovlar nasroniylarga nima qilayotgan boʼlsa, oʼshanday ishlar bilan shugʼullanishdan iborat boʼladi. Islom va uning ahkomlarini tushunish va odamlarga izohlash vakolatiga faqat mana shu muassasa ega boʼladi. Chunki odamlarga Gʼarbning koʼz qarashlari asosidagi islomni berishni xohlashyapti. Toki, odamlarda ustlaridan kapitalizm bilan hukm yuritilayotganiga va boyliklari talon-toroj qilinayotganiga norozilik kayfiyati paydo boʼlmasin. Zero, bunday rejani tuzgan Misr rejimi va uning ortida turgan Oq uydagilarni tashvishlantirayotgan birinchi narsa Islom boʼlib turibdi. Ularni Islom hamda Xalifalik tuzumi orqali uni hayotda tatbiq qilishga daʼvat qilayotgan insonlar bezovta qilmoqda. Zotan, Аmerika bilan Sisiy rejimi ekstremizm va terrorizm ortida turganlar, undan foydalanilayotganlar va uni tiqishtirishdan manfaatdor boʼlganlarning aslida terrorizmni paydo qilgan tomon ekanini yaxshi biladi. Terrorizm faqat Аmerika va uning malaylariga xizmat qiladi. Shuningdek, Аmerika qaerda mavjud boʼlishni va oʼz hukmronligini oʼrnatishni istasa, oʼsha joyda terrorizm paydo boʼladi. Ushbu ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni daʼvo qilgan bu kabi konferentsiyalarga kelsak, tabiiyki, ularning maqsadi ekstremizm va terrorizmni yoʼq qilish emas, hatto ular mafkuraga qarshi mafkura bilan ham kurashishmaydi. Balki bu kabi konferentsiyalarni oʼtkazish ortidagi gʼoya faqat bitta nuqtaga qarshi qaratilgan. Аmerika qoʼrqayotgan va muassasalariyu RAND kabi strategik tadqiqot markazlari ogohlantirayotgan bu nuqta Ummatdir. Ummat bugun mafkura sohiblari borligini va ular ayni mafkuralari bilan haqiqatda Аmerikaga qarshi turishga qodir ekanliklarini ongli ravishda anglaydigan boʼlib qoldi. Hatto RAND strategik tadqiqot markazi mafkuraga qarshi urushda duch kelinayotgan bosh jangchi Hizb ut-Tahrir ekanini taʼkidladi. U Аmerikaning kelajagi uchun Hizb va uning fikrlari xavfli ekanidan, shu Hizb Аmerikaning devorlaridan oshib oʼtishga va kapitalizmni oʼz hovlisida magʼlubiyatga uchratishga birdan-bir qodir kuch boʼlib qolayotganidan ogohlantirdi.
Shubhasiz, haqiqiy kurash Islom bilan kapitalizm oʼrtasidagi kurashdir va har qanday mafkuraviy qarshilik aslo kapitalizmning manfaatiga xizmat qilmaydi. Gʼarb buni juda yaxshi bilyapti va uni ming marotaba hisobga olyapti. Gʼarb Islomdagi amaliy fikrlardan, bu fikrlarning bitta davlatda tatbiq etilib, ushbu davlat ayni amaliy fikrlarni himoya qilishidan, armiyasi bu fikrlarga nusrat-yordam berib, ularni butun olamga daʼvat va jihod orqali yetkazishidan qoʼrqyapti… Qoʼrqayotganiga mana shu xoinlar konferentsiyasi yaqqol dalildir.
Ey musulmonlar!
Siz, diningiz, zaminingiz va boyliklaringiz kurash oʼrni boʼlib turibdi. Gʼarb sizni qul qilishga, diningizni oʼchirishga, boʼlingan Ummatingizni parchalashga urinyapti. Shuningdek, yurtingizda Аlloh sizga inʼom etgan boyliklarni talon-toroj qiladigan va unga sizlar itoat qiladigan hokim boʼlib qolishga harakat qilyapti. Аlloh Taolo
﴿يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لاَ تَتَّخِذُوا بِطَانَةً مِنْ دُونِكُمْ لاَ يَأْلُونَكُمْ خَبَالاً﴾
«Ey moʼminlar, oʼzlaringni qoʼyib, (u munofiqlarni) sirdosh doʼst tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar!» [Oli Imron 118]
deya sizga kofirlarga quloq solishni harom qilgan ekan, ularning yurtingiz siyosati va qarorlari ustidan hukmron boʼlib olishi qanday boʼladi?! Shuning uchun Ummat armiyalari orasidagi xolis insonlarning vojib vazifasi bu malay hukmdorlarni ildizi bilan yoʼq qilib, Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat bermoqlikdir. Аna shunda Gʼarb va uning qoʼshini xor, Islom va uning ahli aziz-kuchli boʼladi, Ummat qayta oʼz kuch-qudrati va ulugʼligini qoʼlga kiritadi.
Аllohim, bizga Xalifalikni tezlashtirib, Misrni uning markaziga aylantir. Аllohim, bizni Xalifalikning askarlaridan hamda oʼsha davrga guvoh boʼlganlardan ayla.
Roya gazetasining 2022 yil 22 iyun chorshanba kungi 396-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.