Bekmurzaev: Energetika tarmogʼidagi taqchillik 15 milliard somdan oshdi

258
0

Bekmurzaev: Energetika tarmogʼidagi taqchillik 15 milliard somdan oshdi

Xabar: Energetika vaziri Doskul Bekmurzaev hukumat yigʼilishida ushbu sohadagi umumiy moliyaviy taqchillik haqda maʼlumot berdi.
“Energetika tizimimizda moliyaviy taqchillik 15 milliard 275 million somni tashkil etadi. Umumiy xarajatlarimiz 40 milliard somdan oshadi. Joriy yilda amaldagi tarif siyosati bilan 24 milliard 993 million som yigʼishni rejalashtirmoqdamiz. Shunda farq 15 milliard somdan oshadi. Sizlarga maʼlumki, bularning barchasi bizning tarif siyosatimizdan kelib chiqqan. Eng katta kamomad “Elektr stantsiyalari” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga tegishli. Bu Bishkek issiqlik elektr stantsiyasi, Toktogul GESidagi kaskadlar. Keyingi oʼrinda “Qirgʼiziston milliy elektr tarmoqlari”, undan keyin taqsimlovchi kompaniyalar, “Issiqlik tarmogʼi”, “Kichik GES”lar turadi”, – dedi Bekmurzaev

Izoh: Qirgʼiziston “mustaqillik”ka erishganidan beri eng koʼp sarmoya kiritlgan soha – bu energetika tarmogʼi boʼlib, oʼtgan 30 yildan ziyod vaqt mobaynida tarmoqqa xorijiy kreditlar, ssudalar, grantlar va mahalliy byudjetdan 2 milliard dollarga yaqin mablagʼ jalb qilingan. Аmmo bu sohada chuqur ildiz otgan korruptsiya, oʼzlashtirish va xususiy taqsimlovchi kompaniyalar oʼrtasida talo-taroj qilinishi natijasida shu kungacha inqirozda chiqa olmay kelmoqda.
Rasmiylar elektr narxi arzonligi sababli tarmoq oʼz xarajatlarini qoplay olmay kelayotganini aytib kelishadi. Hukumat tomonidan joriy etilgan yangi tarif siyosati natijasida elektr narxi oshirildi. Garchi aholi uchun tarif 700 kVt soatgacha 1 kVt soat uchun 77 tiyin holida saqlab qolingan boʼlsada, ishlab chiqarish va boshqa tisteʼmolchilar uchun narx oshirildi. Nasos stantsiyalari 1 kVt soat uchun 1,09 som; turar joy boʼlmagan isteʼmolchilar uchun tarif 2,52 som; konchilik korxonalari (kriptovalyuta), oltin qazib olish sanoati korxonalari (oltinni qayta ishlash fabrikalari), alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar 5,04 som; quyish, eritish sexlari uchun 3,78 som; sement mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari uchun 3,28 som etib belgilandi. Аmmo shunga qaramay tarmoq kamomaddan chiqa olmayapti. Chunki, qarzdorlik oddiy xalq tomonidan paydo boʼlmaydi. Sababi, oddiy xalq “svetdan” 100 som qarz boʼlsa ham tarmoqdan uzib qoʼyilishi, amaldorlar va hukumatga yaqin odamlar isteʼmol qilgan elektr uchun haq toʼlamasligi esa odatiy holga aylangan.
Har yili qish kelishi oldidan rasmiy hukumat suv kamligi va boshqa bahonalar bilan fuqarolarni eektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqiradi va turli cheklovlar joriy etadi. Oʼtgan qishda ham hukumat Toktagul suv omborida suv kamligini bahona qilib, bir fazali isteʼmolchilar uchun sutkasiga 5 kVt soatlik, uch fazali isteʼmolchilar uchun 10 kVt soatlik cheklov joriy etdi. Аslida energetika tarmogʼida kamomad vujudga kelishining asosiy sababchilari taqsimlovchi kompaniyalardir. Taqsimlovchi kompaniyalar elektr energiyasini 35 tiyindan 42 tiyingacha sotib oladi. Bularning ichidan davlat korxonalari “tabiiy yoʼqotishlar” bahonasi bilan urib qoladi. Taqsimlovchi kompaniyalardan tashqari, ularning xaridori boʼlgan vositachi kompaniyalar ham faoliyat olib boradi. Ushbu vositachi xususiy korxonalar ham hanuzgacha xalq hisobidan kun kechirib kelmoqda. Ularning aksariyati bir vaqtlar taransformatorlar va elektr uzatish liniyalarini arzon narxda xususiylashtirib olishgan.
Islomiy hukmlarga muvofiq, elektr energiyasi umumiy mulk hisoblanadi. Unga davlat ham, xususiy kompaniyalar ham egalik qilishi mumkin emas. Uning foydasi yoki undan olinadigan daromad har bir fuqaroga yetib borishini taʼminlash davlat zimmasidagi masʼulyatdir. Islomda elektr energiyasi xalqqa faqat tannarxi evaziga yetkazib beriladi. Chet elga energiya sotishdan tushgan mablagʼ esa xalqqa boʼlib beriladi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.