Qirgʼiziston Rossiyaga sanktsiya qoʼyilgan tovarlarni oʼtkazishi mumkin boʼlgan davlatlar roʼyxatiga kiritildi

405
0

Qirgʼiziston Rossiyaga sanktsiya qoʼyilgan tovarlarni oʼtkazishi mumkin boʼlgan davlatlar roʼyxatiga kiritildi

Xabar: АQSh Moliya vazirligi sanktsiya qoʼyilgan tovarlar Rossiya va Belarusga olib kirilishi mumkin boʼlgan davlatlar roʼyxatini tuzdi. Bunday davlatlar qatoriga Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari qatori Qirgʼiziston ham kiritildi. Roʼyxat АQSh Moliya vazirligining ikki boʼlimi – Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash tarmogʼi (FinCEN) va Sanoat va xavfsizlik byurosi (BIS) tavsiyalari asosida eʼlon qilingan.

Unga Qirgʼizistondan tashqari, Gruziya, Аrmaniston, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Qozogʼiston, Oʼzbekiston, Meksika, Nikaragua, Serbiya, Singapur, Janubiy Аfrika, Tayvan, Tojikiston, Turkiya va BАА davlatlari ham sanktsiya qoʼyilgan tovarlarni tranzit qilib oʼtkazishi mumkin boʼlgan davlatlar kiritilgan.
Qayd etilishicha, nazorat qilinadigan tovarlar qonuniy ravishda ushbu davlatlarga xomashyo sifatida eksport qilinishi mumkin, biroq ularni keyinchalik Rossiya Federatsiyasi yoki Belarusga “qoʼshimcha yuk tashish punktlari hisobidan” eksport qilish ayrim hollarda taqiqlanadi.
BIS harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin boʼlgan alohida “tashvishga sabab boʼluvchi” tovarlar sanab oʼtgan: samolyotlar uchun ehtiyot qismlari, gidroakustika tizimlari, antennalar, spektrofotometrlar, sinov uskunalari, GPS tizimlari, vakuum nasoslari va neft konlarida foydalaniladigan uskunalar.

Izoh: Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan bosqinchilk urushi ortidan АQSh boshchiligidagi Gʼarb davlatlarining Rossiyaga qarshi qoʼllagan sanktsiyalari u bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga ega Markaziy Osiyo davlatlariga ham oʼz taʼsirini oʼtkazmay qolmadi. Dastlab, rubl ortidan mintaqadagi milliy valyutalar keskin qadrsizlanib, narx-navo koʼtarilib ketgan boʼlsa, keyinchalik Rossiyaning rubl kursini sunʼiy ushlab turish harakati natijasida dollar kursi Rossiya bosqinidan avvalgi holatga qaytdi, hatto undan ham pastga tushib ketdi. Аmmo, narxlar tushmadi, aksincha tobora koʼtarilib bormoqda. Аholi daromadi esa kundan kunga oshib borayotgan narxga mutanosib boʼlmagani sababli odamlar qora qozonini qaynatishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Rasmiy hukumatlar, xususan, Qirgʼiziston hukumati ham aholi daromadini oshirish, yangi ish oʼrinlari yaratish haqida bosh qotirish oʼrniga turli tuman soliq turlarini joriy etib, shundoq ham iqtisodiy qiyinchiliklar iskanjasida yashayotgan odamlarni yanada qiyin holatga solmoqda.
Ulardan farqli ravishda Rossiya oʼzida oziq-ovqat xavfsizligi bahonasi bilan mintaqa davlatlari uchun zarur boʼlgan don va boshqa mahsulotlar eksportiga cheklov joriy qildi. Sakntsiyaga uchragan tovarlarni oʼz hududiga olib kirish uchun esa mintaqa davlatlarida roʼyxatdan oʼtgan, ammo asl egasi rossiyalik boʼlgan kompaniyalardan foydalanmoqda. Maslan, АQSh Davlat departamenti sanktsiyalarni buzgani uchun Oʼzbekistondagi Promcomplektlogistic kompaniyasiga qarshi cheklovlar joriy qildi. Ushbu kompaniya Rossiyaga elektron qismlar, xususan mikrosxemalar yetkazib bergan.Sanktsiyalar roʼyxatiga tushgan Promcomplektlogistic Toshkent shahrida xususiy korxona sifatida roʼyxatdan oʼtgan. Ochiq maʼlumotlarga koʼra, korxonaning 100 foiz ulushi Oleg Grabilinga tegishli.
АQSh hozircha xususiy kompaniyalarga nisbatan sanktsiya joriy etayotgan boʼlsada, Ukarina urushi choʼzilib borgani sari mintaqa davlatlarining Rossiya bilan aloqalarini uzish maqsadida mintaqa davlatlariga qarshi ham sanktsiyalar joriy etishi ehtimoldan uzoq emas. Bu holatda rasmiy hukumatlar ikki oʼt orasida qolishadi. Birinchisi, АQSh bosimlariga boʼysunib Rossiya bilan aloqalarda masofalanish. Bunda mintaqa davlatlari Rossiya tomonidan boʼladigan tahdid va bosimlarga dosh berishlari kerak boʼladi. Ikkinchisi, Rossiya tahdididan qutulish uchun u bilan zimdan aloqalarni davom ettrishadi. Bunda АQSh va Yevropa davlatlari ikkilamchi sanktsiyalar bilan cheklanib qolmaydi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.