Oʼzimni (Isroil)da turgandek his qildim

175
0

Oʼzimni (Isroil)da turgandek his qildim

Turkiyada yashovchi falastinlik bir qizchaning hasrati yuraklarni dogʼladi. Turkiyada qochqinlarga nsbatan kundan kunga kuchayib borayotgan irqchilik harakati ushbu qizchaning hasratli nolasiga sabab boʼldi.

Falastinlik qizchaning maktab direktori oʼrinbosariga soʼzab berishicha, uning otasi bozorda kerakli narsalarni xarid qilayotib, arab tilida gapirganligi uchun sotuvchi “Meni soʼkdingmi”, deya qizining koʼz oʼngida uni kaltaklagan. Qiz otasining soʼkmaganini har qancha tushuntirishga urinmasin, irqchi zoʼravonligini toʼxtatmagan. Ular politsiyaga qoʼngʼiroq qilishganda, politsiya kelib, u ham sotuvchi irqchining tarafini olgan. Qizcha boʼlgan voqeani koʼzlari yoshlangan holda direktor oʼrinbosariga soʼzlab berar ekan, uning “Oʼzimni (Isroil)da turgandek his qildim, ustoz”, degan oxirgi soʼzlari maʼyus qalblarni tilkapora qildi.

Islom tarixida – xoh Rosululloh  davrlarida boʼlsin, xoh U Zotdan keyin kelgan Xalifalar davrida boʼlsin – “qochqin” soʼzi musulmonlar uchun umuman yod kalima edi. U davrlarda qochqinlar gʼoyridinlardan boʼlib, ular oʼz davlatining zulmidan yoki bosqinchi davdatlar zulmidan qochib, Islom davlatidan boshpana soʼrab murojaat qilishar edi. Oʼz navbatida Islom davlati ularni himoyasiga olib, ularga omonlik bergani va muruvvat koʼrsatib, haq-huquqlarini himoya qilgani tarixdan maʼlum. Аmmo Xalifalik davlati inglizlar tarafidan qulatilib, ellikdan ortiq davlatchalarga parchalab tashlangach, Islomiy oʼlkalar parokandalik, adolatsizlik, faqirlik, ochlik, ichki tartibsizlik va qatliomlar girdobiga tushib qoldi. Natijada tarixi boʼyi hech koʼrilmagan “qochqinlik” sifati Islom Ummatining ham yoqasiga yopishdi.

Eng achinarlisi shundaki, bosqinchilik, zulm, tazyiqlar, ichki nizolar va urushlardan bezigan Islom Ummati issiq joylarini tashlab, kufr yurtida sarson-sargardon boʼlgani yetmaganday, Gʼarb tomonidan tortilgan soxta chegaralar tufayli hatto oʼz yurtida ham begonaga aylandi. Kapitalizm tuzumi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning ortishi va boshqa muammolarga, oʼsha soxta chegara ortidan boshpana izlab kelgan musulmonlar sababchi qilib koʼrsatiladigan boʼldi. Bu bilan Islom yurtlarining hokimlari boshqaruvda yoki iqtisodda oʼzlari yoʼl qoʼygan xatodan oʼzlarini oqlash uchun aybni qochqinlarga yuklamoqchi boʼlayotgan boʼlsa, muxolifat vakillari ham hukumatni ayblashda qochqinlarni nishonga olmoqda. Bu esa, xalq orasidagi irqchi toifalar oʼrtasida qochqinlarga nisbatan dushmanlikni vujudga keltirishi tabiiy.

Аslida Says-Piko bitimigacha Islomiy oʼlkalar orasida bunday chegaralar yoʼq edi. Zotan Islom oʼlkalarining oʼrtasida chegaralar boʼlishi sharʼan haromdir. Shuning uchun aytish mumukinki, bugungi kunda falastinlik ota qizining koʼz oʼngida kaltaklanayotgan, suriyalik oilalar tahdid ostida qolayotgan, uygʼur musulmonlari mushrik Xitoy hukumatiga topshirilayotgan tuproqlarda falastinlikni ham, suriyalikni ham, boshqa musulmonlarning ham teppa-teng haqqi bor. Xuddiki, Saudiya Аrabistoni, Birlashgan Аrab Аmirliklari, Quvayt, Qatar va bulardan boshqa Islomiy oʼlkalardan chiqadigan boyliklarda barcha musulmonlarning haqqi boʼlanidek. Musulmonlarning bu va bundan boshqa barcha haq-huquqlari Xalifalik davlatining barpo etilishi bilan yaqin kunda qayta tiklanajakdir, inshaАlloh.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.