Qurʼonni tepkilagan – ozodlikda, Otaturkning rasmini pastga tushirgan – qamoqda

14
0

Qurʼonni tepkilagan – ozodlikda, Otaturkning rasmini pastga tushirgan – qamoqda

Turkiyaning Elazigʼ viloyatida Mustafo Kamol Otaturkning portretini pastga tushirib, oʼrniga Qurʼoni Karimni qoʼygan 16 yoshli litsey oʼquvchisi qamoqqa olindi. Bu haqida oʼquvchining ota-onasi maʼlum qildi.

Hozirda Elazig F1 qamoqxonasida saqlanayotgan oʼquvchi shu qilgan ishi, yaʼni Mustafo Kamolning portretini pastga tushirib oʼrniga Qurʼoni Karimni qoʼyganligi uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi aytilmoqda.

Izoh: Bundan bir qancha kun avval Turkiyaning Аntaliya viloyatida Аllohning kalomi boʼlmish Qurʼoni Karim aynan litsey oʼquvchisi tomonidan tepkilanib, tahqirlangan edi. Biroq unga qarshi jiddiy ayblov eʼlon qilinmadi, shunchaki bezorilikda ayblandi xolos. Bugun esa, yana bir litsey oʼquvchisi Mustafo Kamolning portretini tushirib oʼrniga Qurʼonni qoʼyganligi uchungina unga uzoq muddatli qamoq jazosi berilishi aytilmoqda.

Turkiyada birin-ketin sodir boʼlgan ushbu ikki hodisaga nisbatan Turkiya hukumatining munosabatidan koʼrinib turibdiki, “darajama-daraja, asta-sekinlik bilan Islomni hayotga qaytarish” daʼvosi musulmonlarni chalgʼitishdan boshqa narsa emas ekan. Chunki «moʼʼtadil Islom» timsoli sifatida namoyon boʼlgan va musulmonlarning diniy tuygʼularidan foydalanib, “darajama-darajalik” va “asta-sekinlik” daʼvosi bilan hokimiyat tepasiga kelgan prezident Rajab Toyyib Erdogan boshchiligidagi «Аdolat va taraqqiyot» partiyasi 20 yil ichida Islom hukmlaridan birortasini ham qayta tiklay olmadi. Аksincha, Islomni yana ham hayotdan uzoqlashishiga sabab boʼldi.

Shuning uchun aytish mumkinki, musulmon bir shaxsning yoki Islomiy nom bilan atalgan bir partiyaning hokimiyat tepasiga kelishi Islomning hayotga qaytishini anglatmaydi. Balki Islom ahkomlari hayotga qaytishining birdan-bir yoʼli Islomiy mafkurani hokimiyat tepasiga olib kelishdir. Bundan boshqacha boʼlishi mumkin emas.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.