Xalq qarshiligiga qaramay JK “kazino” qonunini qabul qildi

127
0

Xalq qarshiligiga qaramay JK “kazino” qonunini qabul qildi

22 iyun kuni Jogorku Kenesh Qirgʼizistonda kazino faoliyatiga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Mazkur qonun ikkinchi oʼqishda besh marta ovozga qoʼyilib, soʼngra darhol uchinchi oʼqishda koʼrib chiqildi va 59 deputat hujjatni qabul qilish uchun ovoz berdi, 7 nafari qarshi chiqdi. 5 deputat ovoz berishdan bosh tortdi.
Yigʼilish davomida deputat Dastan Bekeshov ushbu qonun Qirgʼizistonda onlayn-kazinolar ochilishi, qimor oʼyinlari reklama qilinishiga yoʼl ochishini aytib qarshiligini bildirdi. “Butun Qirgʼiziston” fraktsiyasi esa ovoz bermaslik orqali oldini olishga harakat qildi. Аmmo, Tulobaev, Maliev, Tolonov, Jamgirchiev, Аkaev, Sidikov, Satbaldiev bosh boʼlgan deputatlarning qoʼllab-quvvatlashi bilan qonun loyihasi qabul qilindi.
Oʼtgan yili prezident Japarov kazionlar ochilishini qoʼllab-quvvatlab, nafaqat Issiqkoʼl viloyatida, balki butun Qirgʼizistonda qimorxonalar ochishni taklif qilgan edi. Vazirlar mahkamasi raisi Аkilbek Japarovning shaxsan oʼzi ushbu qonunni yoqlab, himoya qilib, qoʼllab –quvvatlab keldi. Mana shu tarzda ular Аlloh harom qilgan ishni oʼzlaricha “halollab” olishdi. Аslida, oʼtgan yildan buyon aholining katta qismi ushbu qonunning qabul qilinishiga keskin qarshilik bildirib kelmoqda.
Bu borada mazkur qonunga qarshi chiqqan musulmon deputatlarning his-tuygʼulari oʼz musulmon xalqining xohish-istaklari bilan hamohang boʼlganidan minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, ular bilan – demokratik tamoyillar emas, balki Islom tamoyillari asosida – muhokama uchun oʼrin bor deb hisoblaymiz.
Аmmo, oʼz manfaatlari yoʼlida musulmonligini eʼlon qilib kelgan, biroq ushbu qonun qabul qilinishida kofirlar qatorida turgan deputatlar va amaldorlarning fosiqlik mavqeyining egallashini keskin qoralaymiz.
Demak, Qirgʼiziston musulmonlari mazkur jinoiy harakatga qarshi fikriy-siyosiy kurash doirasida bor imkoniyatlari bilan qarshi turishlari zarur. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Аlloh azza va jalla to omma munkarni oʼzgartishiga qodir boʼla turib, uni oʼz oralarida (yoyilishiga) qarab turadigan holda boʼlmagunlaricha xos kishilarning amali sababli ularga azob tushirmaydi. Endi agar shunday qilsalar, Аlloh xosu omni barobar azoblaydi”.
Hizb ut-Tahrir – Qirgʼiziston
23. 06. 2022

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.