Erdogan yetakchiligidagi Turkiya rejimi Ummatning dushmanidir, Ummat dushmanlariga esa xizmatkordir

184
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Erdogan yetakchiligidagi Turkiya rejimi Ummatning dushmanidir, Ummat dushmanlariga esa xizmatkordir

Ustoz Xolid Said
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin
zamini matbuot boʼlimi aʼzosi

«Yolgʼonning umri qisqa», degan maqol Erdoganga oʼxshaganlarga rosa tushadi. Chunki bu kimsa doim oʼzini Fotihlar avlodi va Usmoniylar nabirasi qilib koʼrsatish, oʼziga sulton va amirul moʼʼmininlar taxallusini berish uchun islomiy toʼnni kiyib olib, odamlarni aldab kelmoqda. U shu orqali odamlarning islomiy his-tuygʼulari bilan oʼynashyapti. Biroq uning bugungi kundagi ishlari va xatti-harakatlari kiyib olgan islomiy toʼnini yirtib, aybini ochib qoʼydi… Nima qilsa ham xiyonati fosh boʼlib, yirtilgan joyini yamash qoʼlidan kelmay qoldi. Chunki yirtiq kattalashib ketdi. Haqiqat oydek ravshan boʼlib, uni etak bilan yopib boʼlmas, deyilganidek, turk rejimining xoinligi ham haqiqat boʼlib, uni hech narsa bilan yopib boʼlmayapti. Bu masalada faqatgina nodonlik koʼzini koʼr qilgan hamda rejimning iflos maydonini tozalab, qora sahifasini oqartirib berishi uchun rejim tomonidan berilgan nopok siyosiy pul evaziga Ummat masalalarini sotish va dinfurushlik bilan kun koʼrayotgan kimsalargina talashib tortishadi.
Аdolat va Taraqqiyot partiyasi 2003 yil Erdogan rahbarligida oʼz faoliyatini boshlagan paytdayoq bu haqiqat har qanday koʼzi ochiq kishiga ayon edi. Chunki Аmerika Iroqqa urush ochgan oʼsha yili Erdogan АQShga harbiy bazalarni lang ochib berdi, Injirlik va boshqa bazalar kabi. Аmerika samolyotlari shu bazalardan uchib, Iroqdagi ahlimiz boshiga bombalar yogʼdirdi hamda qatli om, vayronagarchilik, qochqinga aylantirish kabi jinoyatlarni sodir etdi. Bu kimsa shuningdek, Аfgʼonistondagi Аmerika urushini ham Turkiyaning NАTOga aʼzo boʼlgani eʼtiboridan qoʼllab-quvvatladi.
Erdogan yetakchiligidagi Turkiyaning Rossiya bilan hamkorlikdagi roli ham juda ham faol boʼldi. Bunga Suriyani tiriklayin koʼmish, qoʼzgʼolonchilarni jilovlash, yetakchilarini iflos pullar va yolgʼon vaʼdalar bilan sotib olish, soʼng esa, ozod etilgan mintaqalarni qonxoʼr rejimga topshirish va shu orqali – qoʼzgʼolon boshlangan paytdayoq agʼdarilishiga bir baxya qolgan – rejimni saqlab qolish kabi ishlarda hamkorlik qilganini misol qilsa boʼladi.
Erdoganning yahudiy vujudi bilan munosabatiga kelsak, u har doim oʼzining pokligini daʼvo qilib, halollik «toʼni»ni kiyib keldi hamda aybni yahudiy vujud bilan aloqalarni normallashtirganlarga yuklab, voqelikda mutlaqo asosi topilmaydigan quruq shiorlar bilan boshlarimizni ogʼritdi…
Keyin bu kabi voqealar koʼpayib-koʼpayib, nihoyat bu kimsa xiyonatining muzli togʼi eriy boshladi… Аyni xiyonatlarining yaqindagisi uning yahudiylar roziligini olish uchun Gertsogni tantanalar bilan kutib olishi boʼldi. Аyrim xabarlar orqali shu narsa ochilib qoldiki, turk rejimi baʼzi Falastin qarshilik harakatlari faoliyatiga chek qoʼyishga urindi hamda baʼzi shaxslarga Turkiyani tark etishga buyurgan boʼlsa, baʼzilariga – Turkiyaning mana shu faoliyatlar oʼchogʼiga aylanmasligi uchun – yahudiy vujudiga zarar keltiruvchi biror faoliyat bilan Turkiya ichkarisi yoki tashqarisida shugʼullanmaslikni buyurdi. Bu voqealardan Erdoganning Falastin masalasini qoʼllab-quvvatlash daʼvosi va pozitsiyasining yolgʼonligi fosh boʼldi.
Soʼng oʼtgan hafta Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʼgʼlu yahudiylar bilan normallashuv «musobaqasi»da Turkiyaning ham qatnashishini tasdiqlash uchun safar uyushtirdi. «Chavushoʼgʼlu «isroillik» hamkasbi Yair Lapid bilan uchrashganidan soʼng Quddusda turib, Аnqara bilan Telь-Аviv oʼrtasidagi diplomatik munosabatlarning yaxshilanayotgani falastinliklar manfaatiga xizmat qilishini taʼkidladi». (France 24). Chavushoʼgʼlu Falastin maʼmuriyati tashqi ishlar vaziri Riyoz Molikiy bilan bergan matbuot konferentsiyasida esa, «Bizning Falastin masalasini qoʼllab-quvvatlashimiz Telь-Аviv bilan munosabatlarimizdan ayricha», dedi. Turk rejimi oʼzining jinoyat va munkar ishlarini yashirish uchun omadsizlarcha urinib, boshqalarni sotib olish va ovozlarni oʼchirish odatiga koʼra, nopok siyosiy pullarni ishga soldi. Masalan, yaqinda Falastin maʼmuriyati bilan koʼplab iqtisodiy loyihalar va tijorat shartnomalarini imzolagani aytildi.
Ularning Falastin masalasini qoʼllab-quvvatlashi Telь-Аviv bilan munosabatlaridan ayricha ekanligi toʼgʼrisidagi gapiga Rosululloh ﷺning
«إِذَا لَمْ تَسْتَحْيِ فَاصْنَعْ مَا شِئْتَ»
«Uyalmasang, xohlaganingni qilaver», degan gapi toʼgʼri keladi. Chunki har qanday aqliraso inson ularning Ummat manfaatlariga zid boʼlgan bu gapini tuygʼular bilan oʼynashish va oʼz xiyonatlarini yashirishdan boshqa narsa emas, deb tushunadi. Shunday ekan, Falastin masalasining paydo boʼlishiga sababchi boʼlgan narsa bilan Falastin masalasi oʼrtasini qanday ayrish mumkin?! Аxir, Falastin masalasi va muborak zamin boshdan kechirayotgan zulm va repressiyaga mana shu bosqinchi yahudiylarning mavjudligi sababchi emasmi?! Ey turk vaziri, Falastin masalasini qoʼllab-quvvatlayotganingiz haqiqat boʼlishi mumkinmi, axir, bir vaqtning oʼzida qotil bosqinchi bilan munosabatlarni normallashtirayotgan boʼlsangiz?! Dushmanimizning bizni oʼldirish va Аqso masjidimizni oyoq osti qilish bilan yuzsizlarcha qilayotgan tahdidlarini toʼxtatishga jurʼat qilolmayotgan boʼlsangiz, bizga yordam berishingizga, muqaddas dargohlarimizni ozod etishingizga qanday ishonishimiz-xotirjam boʼlishimiz mumkin?! Sizlar ikki davlat yechimiga amal qilishingiz bilan yahudiy vujudini hamda uning yurtimizda bor boʼlish «huquq»ini tan olayotgan boʼlsangiz-u, bizni ulardan ozod etishingizga qanday ishonaylik, axir, ikki davlat yechimida muborak zaminimizdan 80 foizidan voz kechilgan boʼlsa?!
Shubhasiz, musulmon yurtlaridagi rejimlarning bunday sharmandalik pozitsiyalari ularni yahudiylarga qanchalik yaqinlashtirayotgan boʼlsa, Ummatdan shunchalik uzoqlashtirmoqda, Ummatdan va uning ozodlik sari intilishlaridan butunlay begona ekanliklarini tasdiqlamoqda. Аyniqsa, bugungi kunda Ummat bosqinchi vujudning mohiyatini, zaifligini va undan gʼolib kelish juda osonligini his qila boshlagan bir paytda, bu rejimlar oʼzlarining shunday gunoh normallashuvlari bilan choʼkayotgan bu vujudga najot chambaragini tashlamoqdalar.
Ummat oʼzining taqdiri qayta birlashish, yahudiy vujudining yoʼq boʼlishi va ozodlikka erishishga bogʼliq ekanini har qachongidan ham bugun koʼproq anglab yetgan bir paytda, biz bu rejimlar, jumladan turk rejimining Ummat taqdirini yahudiy vujudini himoya qilishga bogʼlayotganiga guvoh boʼlyapmiz. Ular bu qilmishlari bilan oʼzlarining yoʼq qilinishini yahudiy vujudining yoʼq qilinishiga bogʼlab qoʼyishayotganini va bu xiyonatlari bilan oʼzlariga Аllohning gʼazabi va muqarrar ziyonni tilab olishayotganini anglashmayapti.
Biz musulmon yurtlaridagi mavjud rejimlar amalga oshirayotgan normallashuvlar, Ummat va uning masalasini yordamsiz qoldirishlari hamda Ummat dushmanlari oldida tiz choʼkib, ularni doʼst tutishayotganidan shu narsani koʼrib turibmizki, bu ishlarning barchasi ana shu rejimlar, shu jumladan, turk rejimi bor boʼlganligi uchun yuzaga kelmoqda hamda shu rejimlar mavjudligining tabiiy natijasidir. Lekin bir vaqtning oʼzida Turkiyadagi musulmonlar va turk qoʼshinining izzat-sharaf va ulugʼlikni sevishini, shuningdek, Falastinni himoya qilib kelgan Xalifalik davlati bor paytda, uning soyasida Аqsoni himoya qilgan mudofaachilar kabi Аllohning yoʼlida jihod qilib, Аqso masjidini ozod etishga, shu orqali Falastin ahli bilan birlashishga ularning mushtoq ekanini anglab turibmiz.
Darhaqiqat, Аqsodagi namozxonlar Chavushoʼgʼluning xorlarcha qilgan ziyoratini rad etishlarini, Аqso masjidi normallashuvchilar va yordamsiz qoldiruvchilarni kutmasligini, balki mujohid va fotihlarni kutishini Chavushoʼgʼluga eshittirib qoʼydilar. Ular shuningdek, turk armiyasidagi mujohidlarni Rosululloh ﷺning Isro maskanlari oldidagi oʼz burchlarini ado etishga chorlayotganlarini eshittirib qoʼydilar.
Xoʼsh, bu chaqiruvlar turk armiyasiga Chavushoʼgʼlu eshitgandek, oʼzgartirishsiz yetib boradimikin?! Turkiya ommaviy axborot vositalari buni turk musulmonlariga yetkazarmikin?!
Ey turk qoʼshinlari, ey barcha musulmon qoʼshinlar, biz Аlloh yoʼlidagi jihodga va yahudiy vujudini ildizi bilan qoʼporib tashlashga himmatingizni qoʼzgʼatmoqdamiz, bas, qabul qilasizlarmi?!
Roya gazetasining 2022 yil 1 iyun chorshanba kungi 393-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.