Japarov: “Iyun voqealari” takrorlanmasligi uchun umumiy mafkura zarur

22
0

Japarov: “Iyun voqealari” takrorlanmasligi uchun umumiy mafkura zarur

Xabar: Prezident Sadir Japarov Oʼsh va Jalolobod viloyatlarida yuzlab odam qurbon boʼlishiga olib kelgan iyunь voqealariga 12 yil toʼlishi munosabati bilan murojaatnoma bilan chiqdi.
Uning soʼzlariga koʼra, oʼshanda “tashqaridagi buzgʼunchi kuchlar va ayirmachilar” xalq birligiga putur yetkazishga harakat qilishib, oʼz manfaatlari yoʼlida adovat olovini yoqqanlar. Oʼsha fojiaviy voqealar, prezident taʼbiricha, barcha millat va elatlar birligi hamma narsadan muhimligini yana bir karra koʼrsatgan.
“Mazkur fojia bizning koʼzimizni ochdi, davlat yaxlitligi uchun oʼz xatti-harakatlarimizda ehtiyot boʼlishimiz lozimligini oydinlatdi. Bu voqealar har qirgʼizistonlikni mamlakatimiz taqdiri uchun masʼuliyat his etishga majbur qildi”, – dedi Japarov.
“Bundan keyin nizolarning oldini olish uchun etnik guruhlarni birlashtirgan mushtarak mafkura, yoshlarni bagʼrikenglikka tarbiyalashga qaratilishi kerak”, – deb taʼkidladi u.

Izoh: Аgar Japarov chindan Qirgʼiziston xalqini mushtarak mafkura asosida birlashtirishni istasa, u holda qirgʼiz xalqi qabul qilgan aqida va shu aqidadan kelib chiqqan mafkura bilangina birlashtirishi mumkin. Bundan boshqa – musulmon aholisi aqidasiga zid boʼlgan demokratik-kapitalistik mafkura ham, millatchilik va vatanparvarvarlik mafkuralari birlashtirishga qodir emas. Sababi, musulmonlar demokratiyani hech qachon qabul qilishmaydi. Chunki, bu mafkura asosida ham, qarashlarida ham, qadriyatlarida ham musulmonlar eʼtiqodlariga tomon zid.

Milliy mafkura esa hatto bir vatanda yashayotgan turli xil millat vakillarini ham birlashtirishga qodir emas. Chunki, hech bir millat oʼzining ustidan boshqa millat hukmron boʼlishini xohlamaydi. Аksincha, bu mafkura bir vatanda yashayotgan turli millatlar oʼrtasidagi mojarolar kelib chiqishiga sabab boʼlishi mumkin. Muvaqqat hukumat oʼz hokimiyatini saqlab qolish uchun 2010-yil iyun voqealarida aynan millatchilik fikriga tayangan edi.

Vatanparvarlik mafkurasini oladigan boʼlsak, bu mafkura bir vatandagi xalqlarni faqat urush holatidagina yetaklashga qodir boʼlishi mumkin. Xuddi bugungi kunda Rossiya bosqiniga qarshi ukrainaliklar bir tan, bir jon boʼlib birlashganlari kabi. Insoning aksar hayoti urushlardan holi, tinch oʼtgani sababli bu mafkurani tinchlik holatida hech ahamiyati yoʼq.

Xulosa qilib aytganda, insonlarni millati, irqi va yashayotgan makonidan qatʼiy nazar yetaklash va birlashtirishga qodir yagona toʼgʼri mafkura bu – Islom mafkurasidir. Faqat shu mafkuragina nafaqat musulmonlarga, balki butun insoniyatga xotirjamlik, faravonlik va taraqqiyotni kafolatlab berishga qodirdir.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.