Irlandiyada sammit o’tdi, ammo natija yo’q

397
0

0

Irlandiya poytaxti Belfastdagi Lox-Ern dam olish maskanida bo’lib “Katta sakkizlik” sammitida Suriya mojarosi bosh mavzu qilib qo’yildi.AQSh rahbari Barak Obama sammit doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, Suriya haqida gaplashdi, biroq natija chiqmadi. Ya’ni “sen u taraf, men bu taraf, ammo Suriyada demokratik tamoyillarga asoslangan davlat vujudga kelishida yakdilmiz”.Natija mana shu xolos.

Rossiya Suriya muxolifatini qurollantirish masalasida G’arbni ehtiyot bo’lishga chaqirib, o’zi Suriya hukumatiga qurol sotishda davom etmoqda. Qo’shma Shtatlar esa o’tgan hafta Suriya hukumatining isyonchilarga qarata kimyoviy qurol qo’llagani o’z tasdig’ini topganini e’lon qilib muxolifatni qurollantirish bo’yicha qaror qabul qildi.

Xo’sh, ularning bu harakatlaridan nimani anglash mumkin?

Aslini olganda Suriya masalisida uchta loyiha mavjudligi o’z-o’zidan ma’lum:

1. Amerika tuzgan loyiha.

2. Yevropa tuzgan loyiha.

3. Musulmonlarning Xalifalikni tiklash loyihasi.

Amerikaga malaylik qilib kelgan Bashar Asadni hokimiyatda saqlab qolishning iloji yo’q, aksincha, Amerika uchun undan qutilish zarur bo’lib qoldi. Ammo muammo shundaki, Amerikaning yangi malaylarini Suriya xalqi qabul qilmayapti. Shuning uchun Amerika bugungi kunda quyidagicha ish olib boryapti: U Rossiya va Eronning qo’li bilan Asad rejimini kuchaytirib xalqni ko’proq qirg’in qilishga imkon yaratib bermoqda. Chunki Rossiya Suriya borasida hech qanday loyihaga ega emas. U erdan qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan manfaatlari ham juda oz.

Demak, shunga kura Rossiya faqatgina Amerikaning buyurtmasini bajarib kelmoqda. Chunki shunday qilmasa Suriyada musulmonlar loyihasi amalga oshib ketishi, ya’ni Xalifalik davlati tiklanib ketishi xavfi bor. U holda nafaqat Amerikaning, balki Rossiyaning ham va boshqa Islom va musulmonlarga dushmanlik qilayotgan davlatlarning ham holiga voy bo’ladi. Eronga kelsak, u ham xo’jayinini buyrug’ini bajarmoqda. AQSh shu yo’l bilan bir tarafdan urushni imkon qadar uzoqroq cho’zishga erishsa, ikkinchi tarafdan inqilobchilarga yordam berish orqali o’zini xaloskor qilib ko’rsatmoqchi va shu orqali o’zining yangi malayini qabul qilishga xalqni majburlamoqchi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.