Qullikka asoslangan iqtisodiy siyosat va tuzumlar mustaqil ummatni shakllantirmaydi

135
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Qullikka asoslangan iqtisodiy siyosat va tuzumlar mustaqil ummatni shakllantirmaydi

Qullikka asoslangan siyosatlar va iqtisodiy tuzumlar mustaqil ummatni shakllantirishi mumkin emas ekan, Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʼlimi oʼz bayonotida «Pokistonda yetmish yillik demokratiya quldorligi va kapitalizm siyosatlaridan soʼng nima natija boʼldi?», degan savolni oʼrtaga tashladi va bunga javoban quyidagilarni taʼkidladi:
«Neftь narxi global miqyosda koʼtarilgan paytda iqtisod yomonlasha boshladi… АQSh federal zaxira tizimi foiz-sudxoʼrlik stavkalarini oshirgan paytda dollarning qiymati koʼtarildi, Pokiston rupisi qiymati tushib ketdi… Rossiya Ukrainaga urush qilgan paytda oziq-ovqat narxi koʼtarilib ketdi, oddiy odamlar bu narxni koʼtarolmay qoldilar. Doim sunʼiy nafas olish apparatida yashayotgan va odamlarni ochlikdan qiynayotgan iqtisod qanday iqtisod?! Ustiga-ustak, Pokiston hukmdorlari Xalqaro Valyuta Fondi tavsiyalarini amalga oshirishga har doim hoziru nozir. Holbuki, yurtni reanimatsiya boʼlimiga kiritib qoʼygan mana shu Fonddir! Darhaqiqat, Pokiston hukmdorlari Xalqaro Valyuta Fondi tavsiyalarini shu paytgacha 21 marta tatbiq qilishdi, oqibatda bu yurtni Gʼarbga toʼliq qaram qilib qoʼydi va suverenitet, degan gapni havoga uchirib yoʼq qildi».
Matbuot bayonoti soʼnggida Pokiston Qurolli kuchlaridagi xolis zobitlarga xitoban bunday deyildi:
«Ha, siz uchun bunday demokratiyaga nisbatan betaraf pozitsiyada turishni bas qiladigan va uni butkul yoʼq qiladigan vaqt keldi! Unutmangki, ertaga Аllohning huzuriga borasiz, bu unvonu medallaringiz va boyliklaringiz qolib ketadi, Аlloh sizga ato etgan bu qudratni qaerga sarflaganingiz toʼgʼrisida hisob berasiz… Shunday ekan, Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishga nusrat bering».
Roya gazetasining 2022 yil 25 may chorshanba kungi 392-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.