Pokiston hukumatida basharalar oʼzgardi odamlar musibati oʼzgarmadi!

266
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Pokiston hukumatida basharalar oʼzgardi odamlar musibati oʼzgarmadi!

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʼlimi oʼz bayonotida quyidagicha savollarni oʼrtaga tashladi:
«Soʼnggi bir oydagi oʼzgarishlar mobaynida odamlarga nima foyda boʼldi, axir, u yerga Pokistonni sudxoʼr mafiya uchun sogʼin sigirga aylantirib bergan yana oʼsha oʼgʼri va murtadlar kelishdi-ku?! Pokiston iqtisodiyotini oʼzining zahri qotil rejalari bilan 21 marta xonavayron qilgan mustamlakachi tashkilot mana shu Xalqaro Valyuta Fondi emasmi, axir, Imron Xon hukumatida boʼladimi, Shahboz Sharif hukumatidami hech bir farqsiz yana shu holat takrorlanmaydimi?!».
Matbuot bayonotida quyidagilar taʼkidlandi:
«Inflyatsiya kapitalistik tuzumning doimiy xususiyati hisoblanadi. Zero, Pokiston Davlat banki tovarlar va aktivlarga solishtirgan holda kredit vositalari orqali kreditlarni koʼpaytiraveradi. Shuningdek, uning pul bosib chiqarish operatsiyalari hamda ortiqcha xarajatlarni foizli gʼaznachilik obligatsiyalari yordamida moliyalashtirish ishlari ham kreditlarni koʼpaytirada… Mana shu mexanizmlarning barchasi kuchli toʼfon keltirib chiqarib, insonlarni inflyatsiya girdobiga gʼarq qilmoqda…
Аllohning izni ila yaqinda barpo boʼlajak Xalifalik soyasida esa, davlat oltin va kumush bilan qoplangan valyutadan boshqa valyuta chiqarmaydi. Sudxoʼrlikni bekor qilish bilan Pokiston yalpi yigʼilgan soliqlarning yarmidan koʼpini tashkil qilib turgan mana shu protsentli toʼlovlardan ozod boʼladi. Zero, odamlar belini sindirayotgan inflyatsiyaga yakun yasovchi birdan-bir oʼzgarish mana shudir. Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir bu xususda real ijroiy mufassal siyosatlarni ishlab chiqqan. Hizb Pokiston xalqidan demokratik kufr tuzumiga sukut qilmaslikni hamda haqiqiy oʼzgarish yoʼlida Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik loyihasini qoʼllab-quvvatlashni talab qilmoqda.
Roya gazetasining 2022 yil 18 may chorshanba kungi 391-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.