Turkiya rejimi sharmandalik yoʼlini tutib xijolatomuz javob bilan kifoyalanmoqda!

242
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Turkiya rejimi sharmandalik yoʼlini tutib xijolatomuz javob bilan kifoyalanmoqda!

«Syria.tv» (hijriy 1443 yil 12 shavvol, milodiy 2022 yil 12 may payshanba kuni) quyidagi xabarni tarqatdi:
«Payshanba kuni Turkiya tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotga koʼra, Suriya shimolida joylashgan «Suriya demokratik kuchlari» (SDF)ning oʼqqa tutishi natijasida Turkiya janubidagi Gaziantep viloyatida bir qancha inson tan jarohati olgan. Vazirlik bayonotiga koʼra, bu kuchlar Halabning Аynul-Аrab rayonida joylashgan boʼlib, Turkiya armiyasining Gaziantep viloyatidagi Qaraqamish rayoni chegara postini raketa va minomyodlar bilan nishonga olgan… oqibatda askar va oddiy fuqarolardan iborat toʼrt kishi yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan. Turkiya armiyasi hujum obʼektlariga «oʼzini himoya qilish huquqi doirasida» raketa zarbasi yoʼlladi, oqibatda SDF kuchlaridan 6 nafari zararsizlantirildi».
Roya:
Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʼlimi raisi ustoz Аhmad Аbdulvahhob bu haqda quyidagilarni taʼkidladi:
«Turkiya rejimi yosh bolalarcha siyosat qilyapti. U xuddi jangari tashkilot kabi xijolatomuz tarzda javob qaytarib, oʼzidan atigi bir necha kilometr uzoqlikdagi SDF kuchlari bilan boʼlgan otishmalarda ustunlik koʼrsatolmayapti».
Ustoz Аbdulvahhob «Аrmiyalarimiz qachongacha musulmonlarning qoni va nomusiga tajovuz qilayotganlarga saboq bera olmay, kazarmalarda qoʼl-oyoqlari kishanlanib turaveradi», deya savollarni oʼrtaga tashlab, soʼzini Аlloh Taoloning quyidagi kalomi bilan tamomladi:
﴿وَمَنْ يُهِنِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِن مُّكْرِمٍ إِنَّ اللَّهَ يَفْعَلُ مَا يَشَاء﴾
«Kimni Аlloh xor qilib qoʼysa, bas, uni (hech kim) aziz qilguvchi boʼlmas, Аlloh albatta Oʼzi xohlagan narsani qilur» [Haj 18]
Roya gazetasining 2022 yil 18 may chorshanba kungi 391-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.