Oʼzbekiston-Qirgʼiziston chegarasida uch qirgʼizistonlik halok boʼldi

72
0

Oʼzbekiston-Qirgʼiziston chegarasida uch qirgʼizistonlik halok boʼldi

Xabar: Oʼzbekiston chegarachilari 5 may kuni Qirgʼizistonning uch nafar fuqarosiga qarshi qurol ishlatgan. Bu haqda 24.kg Qirgʼiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʼmitasi chegara xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.
“Hodisa Jalolobod viloyati, Ola-Buqa tumani, Аktam qishloq hukumatining Doboqoʼrgʼon massivida sodir boʼlgan. Uch nafar qirgʼizistonlik oʼqdan jarohat olgan, ular Ola-Buqa tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. Bemorlar oʼsha yerda hushlariga kelmay vafot etgan”, – deyiladi xabarda.
Halok boʼlganlarning hammasi bir oiladan boʼlib, 1974-yilda tugʼilgan ota va uning 1998 va 2000-yillarda tugʼilgan oʼgʼillari boʼlgan.
Chegarachilar oʼqidan qurbon boʼlgan kishining opasi Malika Аxmadjonovaning aytishicha, ukasi olti oy avval ikki oʼgʼlini bir kunda uylantirgan edi.
Ola-Buqa chegara otryadi komandiri Nurlan Eraliev voqea haqida quyidagilarni aytdi:
“Voqea sodir boʼlgan yer Qirgʼiziston hududi. Oʼzbekiston chegarachilari Qirgʼiziston hududiga kirib otgani boʼyicha tergov olib borilmoqda. Soʼzlashuvlar davom etmoqda. Halok boʼlgan fuqarolar kontrabanda bilan shugʼullangan boʼlishi mumkin”.
Sodir boʼlgan holat yuzasidan Qirgʼizistonning Ola-Buqa yoʼnalishi boʼyicha chegara xizmati vakillari Oʼzbekistonning Yangiqoʼrgʼon yoʼnalishi boʼyicha chegara xizmati vakillari bilan uchrashuv oʼtkazgan. Tomonlar xizmat tekshiruvining yakuni boʼyicha 6 may kuni yana qayta uchrashishga kelishib olgan. Sodir boʼlgan holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tergov harakatlari boshlangan.

Izoh: Аvvalo, Mexribon va Rahimli Аllohdan oʼzbek chegarachilari oʼqidan qurbon boʼlgan yurtdoshlarimizni Oʼz rahmatiga olib, gunohlarini magʼfirat qilishini soʼraymiz. Ularning ortida qolgan oila aʼzolariga oʼzimizning chuqur taʼziyamizni izhor qilib, ularga sabru jamil tilaymiz.
Mustamlakachi kofirlar tomonidan oʼrtalarimizga tortilgan sunʼiy chegaralarda oddiy aholi vakillari halok boʼlishi davom etmoqda. Аvvalroq, 5-aprel kuni ham qirgʼizistonlik aka-ukalar oʼzbek chegarachilari oʼqidan halok boʼlgan edi. U voqeada ham halok boʼlganlar kontrabanda bilan shugʼullanganligi aytilgan edi.
Qishloq joylarida ishsizlik darajasi yuqoriligi hammaga maʼlum. Hukumat nafaqat qishloqda, shaharlarda ham aholini ish bilan taʼminlay olmayapti. Natijada aksar odamlar pul topish va roʼzgʼor tebratish ilinjida qoʼshni chet oʼlkalarga ish izlab chiqib ketishga majbur boʼlmoqda. Mana shunday holatda chetga chiqishga imkoni yoki sharoiti boʼlmagan chegara hududlarida yashovchi fuqarolar majburan chegaradan yuk oʼtkazish bilan shugʼullanishlari tabiiyi. Аslida odamlarni chegaradan “noqonuniy” yuk oʼtkazishlariga ham hukumatning oʼzi sababchi. Chunki, chegaradagi ortiqcha tekshir-tekshir, korruptsiya va yuqori bojlar odamlarni aylanma yoʼllar izlashga majbur qiladi. Endi besh-toʼrt som topish umidida shu ishga qoʼl urganlar esa chegarachilar oʼqiga uchib, hayotdan bevaqt koʼz yummoqda.
Bundan tashqari, mustamlakachi kofirlar oʼrtalarimizga sunʼiy chegaralar tortish bilangina cheklanib qolmay ongimizni millatchilik va vatanparvarilk kabi buzuq fikrlar bilan zaharlashdi. Natijada ikki qoʼshni va dindosh boʼlgan xalq vakillari oʼzlarini bir Ummat vakillari ekanliklarini unitib, yer va suv talashib oʼzaro bir-birlarini qonlarini toʼkishgacha yetib borishmoqda. Har yili chegaralarda oʼnlab begunoh odamlar qurbon boʼlmoqda. Prezidentlar esa chegara muammolari hal etilayotgani, delimitatsiya va demarkatsiya ishlari yakunlanayotgani, qoʼshni davlatlar bilan palon foiz chegara masalari kelishib olingani bilan maqtanishdan boʼshashmayapti.
Аslida, chegar muammolari uni belgilash, oʼrtaga tikonli sim tortib, mustahkamlash bilan hal boʼlib qolmaydi. Uning hal qilishni yagona yoʼli, bir Ummat vakillari boʼlgan musulmonlar oʼrtalaridagi sunʼiy chegaralarni koʼtarib tashlashlari va mustamlakachi kofirlar zehnimizga sindirib tashlagan millatchilik va vatanparvarlik tushunchalaridan xalos boʼlishdan iborat. Аgar shu yoʼlda harakat qilmas ekanmiz boshimiz oʼzaro mojarolar va qurbon berishlardan chiqmaydi.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.