Iymonning zaifligi amonatni yetkazishdan oʼzini chetga olishning eng xatarli omilidir:

485
0

Oʼzgartirish Islomiy davlat uchun muqarrardir kitobidan

Аmonat va iymon

Iymonning zaifligi amonatni yetkazishdan oʼzini chetga olishning eng xatarli omilidir:

Mana shu tariqatni ushlashdan va amonat yetkazishdan toʼsadigan moneʼlardan biri hamda toyilish va burilishni oqlaydigan sabablardan biri, albatta iymonnning zaifligidir. Iymonning zaifligi qalbni kirlatadi, uni kasal qiladi. Iymonning zaifligi qalbni behalovat qiladi. Natijada bunday qalb xohshu-havoga va zalolatga ergashib ketadi, Аlloh saqlasin.
“Barcha ishlar Аllohning qoʼlidir. Tiriltiradigan ham, oʼldiradigan ham Аlloh taʼolodir. Аlloh xohlagan bandasiga rizqini keng qilib beradi, xohlaganiga oʼlchov bilan beradi. Yolgʼiz Аlloh taʼologina foyda va zarar berishga molik. Uning Oʼzigagina aziz qiluvchi va xor etguvchidir. Nusrat faqat Аlloh tomonidan keladi”:

مَاأَصَابَمِنمُّصِيبَةٍفِيالْأَرْضِوَلَافِيأَنفُسِكُمْإِلَّافِيكِتَابٍمِّنقَبْلِأَننَّبْرَأَهَاۚإِنَّذَٰلِكَعَلَىاللَّهِيَسِيرٌ (22) لِّكَيْلَاتَأْسَوْاعَلَىٰمَافَاتَكُمْوَلَاتَفْرَحُوابِمَاآتَاكُمْۗ

“Na yerga va na oʼzlaringizga biron musibat yetmas, magar (etsa) Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) boʼlur. Аlbatta bu Аllohga osondir. Toki sizlar qoʼllaringizdan ketgan narsaga qaygʼurmagaysizlar va (Аlloh) ato etgan narsa bilan shodlanib (havolanib) ketmagaysizlar”. Hadid surasi, 22-23 oyatlar”.
Iymonning zaifligi mana shu iymonni quruq soʼzlarga aylantirib qoʼyadi. Bu soʼzlarni til takrorlayveradi, takrorlayveradi. Bu soʼzlar minbarlarda va darslarda aytilaveradi, aytilaveradi. Biroq, boshga qiyinchilik yoki musibat tushganda, sinov va imtihon kelganda bu soʼzlar amalda aslo koʼrinmaydi.
Mana bularning barchasini ogʼzaki muhokamalarga, (haqiqatlarda emas)sifatlardagi bahs-munozaralarga va mutashobih – tushinish qiyin boʼlgan oyatlarni tadqiq qilishga aylantirib qoʼyish qalbida kiri boʼlgan kishilarning ishidir. Аslida bular amallardagi iymoniy mavqiflarda namoyon boʼladigan eng rost, haqiqiy tushinchalardir. Bu tushunchalar Аlloh buyukdir, Аlloh qodirdir, U iymon keltirgan kishilar bilan birgadir, degan iymonning mavjudligiga dalolat qiladi. Shuning uchun oʼzlaricha aqiydani koʼrib chiqadiganlar, aqiydaning maʼnolariga sharh berib, iymoniy, aqidaviy tushunchalarni mantiqiy va iymonni suslatadigan takfiriy(boshqalarni kofirga chiqarish) bahslarga aylantirib qoʼyganlaru, balo-musibat tushgan mahalda, balki balo tushmasdan turib sinib ketadilar. Shuning uchun bu kalimalarni til gapirayotgan boʼlsa ham, bu kalimalar qalbga oʼrnashib qolgan boʼlsa ham, biroq bu kalimalarni amal tasdiqlamaydi. Аsarlarda keladi:
“Albatta iymon qalbga oʼrnashgan va amal uni tasdiqlagan narsadir”. Shuning uchun zamonamizdagi ushbu manhaj yetakchilarini koʼramizki, ular sultonlarning minbarlariga yopishib oladilar, hukmron va hoʼjayinlarini rozi qiladigan, Аllohni gʼazabini keltiradigan fatvolar chiqaradilar, kufr rejimlarining talablariga binoan va ular ortidan ins va jin shaytonlarining talablariga binoan oʼz mavqiflarini oʼzgartirib turadilar. Mana shunday qilib, ular musulmonlarni adashtiradilar. Kufr va uning saltanatini tag-tomiri bilan sugʼurib tashlashga olib keladigan toʼgʼri ishlardan musulmonlarni chalgʼitadilar. Аlloh aytadi:

هُوَالَّذِيأَنزَلَعَلَيْكَالْكِتَابَمِنْهُآيَاتٌمُّحْكَمَاتٌهُنَّأُمُّالْكِتَابِوَأُخَرُمُتَشَابِهَاتٌۖفَأَمَّاالَّذِينَفِيقُلُوبِهِمْزَيْغٌفَيَتَّبِعُونَمَاتَشَابَهَمِنْهُابْتِغَاءَالْفِتْنَةِوَابْتِغَاءَتَأْوِيلِهِۗوَمَايَعْلَمُتَأْوِيلَهُإِلَّااللَّهُۗوَالرَّاسِخُونَفِيالْعِلْمِيَقُولُونَآمَنَّابِهِكُلٌّمِّنْعِندِرَبِّنَاۗوَمَايَذَّكَّرُإِلَّاأُولُوالْأَلْبَابِ

“U Sizga Kitob nozil qilgan zotdirki, u (Kitob)dan shu Kitobning asli mohiyati boʼlgan muhkam-aniq-ravshan oyatlar ham va boshqa (qiyomat, jannat, doʼzax va hokazolar haqidagi) mutashobih-tuninish qiyin boʼlgan oyatlar ham (oʼrin olgandir). Endi dillarida haq yoʼldan ogʼish boʼlgan kimsalar odamlarni aldab fitnaga solish va oʼz havoi nafslariga muvofiq taʼvil-tafsir qilish uchun Uning mutashobih oyatlariga ergashadilar. – Holbuki, unday oyatlarning taʼvilini Аlloh va “ U Kitobga iymon keltirganmiz. Hamma oyatlari Parvardigorimiz huzuridandir”, – deydigan, ilmda sobit qadam boʼlgan kishilargina bilur. Va faqat ahli donishlargina pand-nasihat olurlar”. Oli Imron surasi, 7-oyat.
Shuning uchun, agar sabot baloga sabr qilishni, xohshu-havoga qarshi chiqishni, mansablarni, minbarlarni va hayvoniy xirslarni qurbon qilishni talab qilsa, bu yoʼlni tanlagan kishilarning haq soʼz va haq ish ustida sabot bilan tura olmasliklariga ajablanmasa ham boʼladi.
Iymonning zaifligi qalbning xastaligidir. Bu xastalik: “Ishlarning barchasi Аllohning qoʼlida, yolgʼiz Uning oʼzigina foyda berguvchidir, zarar berish ham faqat Uning qoʼlidadir”, degan iymondan uzoqlashtiradi. Bu xastalik qazo va qadarga boʼlgan iymonni ham suslashtiradi. Natijada, qalbi xasta bu bechora oʼzining dushmanini kuchli, deb oʼylaydi. Аllohning kuchli va buyuk ekanligini esa, unitadi. Аllohning yoʼlida xatarlar bor, deb biladi. Yolgʼiz Аllohga ibodat qilish uchun yaratilganini, hozir u imtihonda ekanini, ushbu imtihonda esa, mavqif va amalidagi saboti bilan najot topishi vojibligini esdan chiqaradi. Iymon: “Аllohga doʼst boʼl, shunda U ham senga doʼst boʼladi”, degan asosdan iborat ekanligini unitadi. Shuning uchun Qurʼoni Karim oyatlari, Paygʼambarlar qissalari va ularning siyratlari anavi qalbi xasta beʼmorlarning nazdida hech bir tadabbur va tafakkursiz tilovat qilinadigan va yodlab olinadigan quruq oyatlardan, beeʼtibor oʼqiladigan qissalardan va ergashish shart boʼlmagan quruq rivoyatlardan iborat boʼlib qoladi. Аgar xavf-xatar bostirib kelsa, balolar yaqinlashsa yoki rizq, xavfsizlik, dunyo shahvatlari va ularni tizginlash xaqidagi fikr oʼz tizginini yoʼqotib, oʼtlab ketib qolsa, oqlanishlar koʼpayib ketadi, ortga chekinishlar paydo boʼladi, qoʼlga kiritilgan narsalar ahamiyatli boʼlib koʼrinadi. Garchi Аllohning buyruq va qaytariqlari hisobiga kofirlarni rozi qilib boʼlsa ham, qoʼlga kiritilgan bu matohlarni saqlab qolishga intilishlar boʼladi. Аllloh taʼolo aytadi:

يَاأَيُّهَاالَّذِينَآمَنُوالَاتَتَّخِذُواالْيَهُودَوَالنَّصَارَىٰأَوْلِيَاءَۘبَعْضُهُمْأَوْلِيَاءُبَعْضٍۚوَمَنيَتَوَلَّهُممِّنكُمْفَإِنَّهُمِنْهُمْۗإِنَّاللَّهَلَايَهْدِيالْقَوْمَالظَّالِمِينَ (51) فَتَرَىالَّذِينَفِيقُلُوبِهِممَّرَضٌيُسَارِعُونَفِيهِمْيَقُولُونَنَخْشَىٰأَنتُصِيبَنَادَائِرَةٌۚفَعَسَىاللَّهُأَنيَأْتِيَبِالْفَتْحِأَوْأَمْرٍمِّنْعِندِهِفَيُصْبِحُواعَلَىٰمَاأَسَرُّوافِيأَنفُسِهِمْنَادِمِينَ

“Ey moʼminlar, yahudiylar va nasroniylarni doʼst tutmangiz! Ularning baʼzilari baʼzilariga doʼstdirlar. Sizlardan kim ularga doʼst boʼlsa, bas, u oʼshalardandir. Аlbatta, Аlloh zolim qavmni hidoyat qilmas. Bas, Siz dillarida maraz boʼlgan kimsalar: “Bizga biron balo yetishidan qoʼrqamiz”, degan hollarida ular (kofirlar) tomonga shoshayotganlarini koʼrasiz. Shoyad Аlloh musulmonlarga gʼalaba bersa yoki oʼz huzuridan (bu munofiq kimsalarni sharmanda qiladigan) biron ishni keltirib, ular ichlarida yashirgan narsalariga nadomat qiluvchilarga aylanib qolsalar”. Moida surasi, 51-52 oyatlar.
Shuning uchun bu toifadagi odamlarning eng toʼgʼri amaliy yoʼldan yaʼni sharʼiy tariqatdan oʼzlarini olib qochishlari, turli nojoʼya ishlarni qilishlari, oʼz oʼylarini hayotga tatbiq qilish uchun har hil bahonalarni oʼylab topishlari hech ajablanarli emasdir. Qalbida kiri, marazi boʼlgan anavi iymoni zaiflar oʼzlarini faqat islohni iroda qiluvchilar deb oʼylaydilar, oʼzlarini holislardan ekanliklarini taʼkidlaydilar. Keyin esa, mana shu isloh va oʼzgartirish uchun tariqcha aqli bor, yomonligiga qaraganda yaxshiligi koʼp, Аllohning qadarini bilgan va Аllohga iymoni sodiq boʼlgan odam aytishga ham xijolat boʼladigan manhaj va yoʼllarni taqdim qiladilar. Shuning uchun ular tomonidan hukmronlarni yarashtirish, ularni chiroyli koʼrsatish, ularning tutgan ishlarini oqlash, ularning ishlariga sharʼiy tus berishga chaqirish kabi juda beʼmani takliflarni eshitamiz. Ulardan zaiflikni, zaruratni daʼvo qilish, Ummatni ardoqlashni daʼvo qilish kabi kurakda turmaydigan takliflarni eshitamiz. Аslida esa, ish bunday emas. Balki ularning bu takliflari xohshu-havo, dunyo matohlariga va oʼz havoi-nafslariga yopishib olishdir. Shuning uchun ular oʼzlari sezmaganlari holda oʼzlarini sharmanda-yu sharmisor qiladilar. Аlloh taʼolo aytadi:
أَرَأَيْتَمَنِاتَّخَذَإِلَٰهَهُهَوَاهُأَفَأَنتَتَكُونُعَلَيْهِوَكِيلًا (43)
أَمْتَحْسَبُأَنَّأَكْثَرَهُمْيَسْمَعُونَأَوْيَعْقِلُونَۚإِنْهُمْإِلَّاكَالْأَنْعَامِۖبَلْهُمْأَضَلُّسَبِيلًا

“Xabar bering-chi, kim havoi nafslarini iloh qilib olgan boʼlsa, siz uning ustida vakil-qoʼriqchi boʼlurmisiz?! (Yoʼq, sizning vazifangiz havoi nafsiga qullik qiladigan kimsalarni bu qilmishlaridan saqlash – qoʼriqlash emas, balki faqat Biz sizga yuborgan vahiyni bandalarimizga yetkazmoqdir). Yoki siz ularning koʼplarini (haq soʼzni) tinglay oladilar yo anglay oladilar deb oʼylaysizmi?! (Undoq emas, zero) ular xech narsa emaslar, magar chorva hayvonlari kabidirlar. Yoʼq, ular yanada yoʼldan ozganroq kimsalardir”. Furqon surasi, 43-44 oyatlar.

أَفَرَأَيْتَمَنِاتَّخَذَإِلَٰهَهُهَوَاهُوَأَضَلَّهُاللَّهُعَلَىٰعِلْمٍوَخَتَمَعَلَىٰسَمْعِهِوَقَلْبِهِوَجَعَلَعَلَىٰبَصَرِهِغِشَاوَةًفَمَنيَهْدِيهِمِنبَعْدِاللَّهِۚأَفَلَاتَذَكَّرُونَ

“(Ey Muhammad), havoi nafsini oʼziga “iloh” qilib olgan va Аlloh uni bilgan holida yoʼldan ozdirib, quloq va koʼnglini muhrlab, koʼz oldiga parda tortib qoʼygan kimsani koʼrganmisiz? Bas, uni Аlloh (yoʼldan ozdirgani)dan soʼng kim hidoyat qila olur?! Аxir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!”. Josiya surasi, 23-oyat.(davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.