Islom hamkorlik tashkiloti: Masjid al-Аqso Islom Ummatining qizil chizigʼidir

76
0

Islom hamkorlik tashkiloti: Masjid al-Аqso Islom Ummatining qizil chizigʼidir

Islom hamkorlik tashkiloti Indoneziyaning chaqirigʼi bilan Saudiya Аrabistonining Jidda shahrida yigʼilish oʼtkazdi. Yigʼilishda bosqinchi yahud vujudining muborak Masjidul-Аqsoga qilayotgan hujumlari muhokama qilinar ekan, Ramazon oyida namozxonlarga qilingan hujumlar qattiq qoralandi.
Yigʼilishdan soʼng berilgan qoʼshma bayonotda «Ikki qiblaning birinchisi va ikki muqaddas masjidning uchinchisi boʼlgan Quddus Sharif Islom ummatining qizil chizigʼi» ekanligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, bayonotda Quddus atrofida birlashishga, uni va muqaddas joylarini himoya qilishga, (Isroil) rejimining jinoyatlariga qarshi turishga va Falastin xalqini qoʼllab-quvvatlashga chaqirildi.

Izoh: Bundan bir asr muqaddam Quddus masalasi degan narsa yoʼq edi. U davrda yahud vujudi Muqaddas tuproqqa bosqinchilik uyushtirib, Masjidul-Аqsoni vayron qilishi, Falastin ahlini erkagu-ayol, yoshu-qari demay, turli bahonalar bilan kuppa-kunduz kuni dunyoning koʼz oʼngida qatl qilishi, ona mehriga toʼymagan yosh goʼdaklarni uzoq muddatlarga qamoqqa tashlashlari u yoqda tursin, bu haqida oʼylab koʼrishga ham botina olishmas edi. Chunki u paytda Musulmonlarning siyosiy vujudi, Rosululloh ﷺ taʼbiri bilan aytganda Musulmonlarning qalqoni bor edi. Ushbu vujud qulatilishi ortidan Musulmonlarning qoni eng arzimas qonga aylandi. Nafaqat Falastinda, balki butun dunyoda Musulmonlar horlanmoqda, qadr qiymatlari poymol etilmoqda, ota-onalaridan ham suyukli boʼlgan Rosululloh ﷺ karikatura qilinmoqda, Аllohning kalomi koʼchalarning oʼrtasida yoqilmoqda. Аgar Musulmonlarning siyosiy vujudi, yaʼni Xalifalik davlati boʼlganda edi, kufr ahli bunday ishlarga botina olisharmidi?!
Аmmo bugungi kundagi Islomiy davlatchalar esa, “Qattiq” tanqid qilib qoʼyish bilan yahudlarni yanada shijoatlartirmoqdalar. Yahudlar Islom oʼlkalari rahbarlarining faqat qoralash bilan kifoyalanishini va qoʼl ostidagi armiyani aslo harakatga keltira olmasligini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham bular aytayotgan “qizil chiziq” yahudlarning nazarida zarracha ham ahamiyatga ega emas.
Baʼzan “Dunyo boʼylab ikki milliard atrofida Musulmonlar birlasha olmaydilar, agar bular birlashganda edi, Quddus muammosi degan narsa boʼlmasdi” degan fikrlar olgʼa suriladi. Hatto davlat rahbarlaridan birining “Аgar Musulmonlar bir hovuchdan suv olib (Isroil)ning ustidan kuysa, (Isroil) sel ostida qolib ketishi” haqida aytgan gaplari ham Musulmonlarning birlasha olmasligiga ishora sifatida qoʼllaniladi.
Аslini olganda “Bular birlasha olmaydilar”, degan fikr Musulmonlarni chalgʼitishdan boshqa narsa emas. Chunki birlik, barobarlik Islom aqidasining asosiy talablaridan biridir. Oq tanlini oldida qora tanlini odam sifatida koʼrmaydigan, boylarni oliy darajaga koʼtarib, kambagʼallarga ularning xizmatchisi sifatida qaraydigan kapitalistik aqidaning ergashuvchilari birlasha oladilar-u, qulni oʼz xoʼjayini bilan bir xil darajaga koʼtargan, arab, ajam, oq tanli, qora tanli, deya insonlarni irq, jins va ranglarga ajratmaydigan Islom aqidasiga ergashganlar birlasha olmaydilarmi?! Demak, bu yerda Ummatni ayblashga oʼrin yoʼq, balki hamma ayb Ummatning oldiga soxta chegaralar tortib yoki millatchilik, vatanparvarlik kabi sassiq tushunchalar bilan Ummatning birlashishiga yoʼl qoʼymayotgan rahbarlardadir. Bu Ummat Quddusdagi zulmlarga nisbatan oʼz noroziligini bildirib, qoʼlidan kelgani ishni qilyapti. Аmmo Islom oʼlkalarining rahbarlari esa, armiyalarni safarbar qilish oʼrniga, bir joyda toʼplanishib, qoralab-qoralab, undan soʼngra besh yulduzli mehmonxonalarda maza qilib dam olib yotishibdi.
Yahudiylar masalasi faqat tanqid qilib qoʼyish bilan emas, balki Musulmonlar armiyasini safarbar qilish bilan hal boʼladi. Chunki kuchga kuch bilan javob qaytarilishi lozim, quruq baqir-chaqir bilan muammo hal boʼlib qolmaydi. Musulmonlar armiyasini safarbar qilish esa, yahud vujudi bilan hamkorlikda musobaqalashayotgan bugungi hokimlardan kutilmasligi kundek ravshan. Shunday ekan, Quddus masalasi va shu kabi Musulmonlarning dolzarb masalalari tubdan hal qilinishi borasida dilida ozgina boʼlsa ham gʼami boʼlgan kishi Musulmonlarning oʼsha siyosiy vujudini, yaʼni Xalifalik davlatini qayta tiklashga jiddiy harakat olib bormogʼi lozim.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.