Suriyada Islom davlatining ayoq tovushlari

381
0

images-33

Frantsiyaning “France 2” tele kanalining ikki jurnalisti Suriyaning Halab shahrida ikki kun turib u erdagi voqelikni o’rganishga muvaffaq bo’lishdi. Ular ko’rganlari haqida reportaj tayyorlab, u erda Islom davlatining ayoq tovushlari eshitilayotganini tan olganlar.

Halabda ikki kun davomida qarshilik harakati va shahar aholisi bilan uchrashuv olib borgan jurnalistlar, u erdagi kunlik hayotni yoritishga urinadi. Film shunday so’zlar bilan boshlanadi:

– Islomiy qarshilik harakati Suriyada hozirdan boshlab Shariat hukmlarini amalga oshirmoqdalar. Qo’lida qurol kutargan bu qarshilik harakati aslida kim? Bularning Suriyadagi tutgan o’rni qanday? Aniqroq aytganda, bugun Suriyada Islomiy fanatlar nechog’lik vaznga ega? Bu haqida quyidagi teportajni sizga taqdim etamiz.

Filmda Halabdagi hayot tasvirlangan bo’lib, Islomiy qarshilik harakati tomonidan tuzilgan Islom kengashi shariat hukmlarini qanday amalga oshayotgani va aholining Islomiy qarshilik harakatiga nisbatan qanday ko’z qarashga ega ekanligi tasvirlangan. Jurnalistlarga intervyu bergan kishilar Islomiy harakatning ishlaridan mamnunligini va hayot Asad davridan ko’ra ancha yaxshilanganini bildirishgan. Transport vositalari qayta yo’lga qo’yilgan, har erda Islomiylar bepul non tarqatayotganini ko’rish mumkin.

Jurnalistlar bu ishlarning ortida Jabhatun Nusra jamoasi turganligini ma’lum qilganlar. Uning a’zolaridan biri davlat ishlarini qayta tiklash uchun Islomiy kengash ish olib borayotganini bildirgan.

Filmda “Halab aholisi radikallashmoqdami?” degan so’roq o’rtaga tashlanib, masjidlarda shahidlik maqomini bayon qilgan ma’ruzalarga va yoshlarning dinga bo’lgan qiziqishiga e’tibor qaratiladi.

Ulardan biri jurnalistlarga shunday deydi: “maqsadimiz Suriyada Rosululloh s.a.v. ko’rsatib bergan Islom davlatini tiklashdir. Bundan tashqari hech qanaqa alternativni qabul qilmaymiz”. Shuningdek, namozlardan keyin ko’chalarda oq va qora bayroq ko’targan olomonning yurishi va ochiqchasiga Islom davlatini tiklashga bo’lgan chaqiriqlar ham filmdan o’rin olgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.