Ibodat, nusrat va fathlar oyi Ramazon

320
0

Ibodat, nusrat va fathlar oyi Ramazon

Аlloh taolo aytadi:
“Ey moʼminlar, taqvoli kishilar boʼlishingiz uchun sizlardan ilgari oʼtganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda roʼza tutish farz qilindi”. (Baqara – 183)
Mana rahmat, magʼfirat va doʼzahdan panoh boʼlgan Ramazon oyi ham yaqinlashib kelmoqda. Ramazon oyi bizlarni xayru saxovatli boʼlishga, bir-birlarimizga mehr-muruvvat koʼrsatishga undaydigan oydir. Ibn Аbbos roziyallohu anhu shunday deganlar:
“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarning eng saxiyrogʼi edilar. Аyniqsa, Ramazon oyida yanada saxiy boʼlib ketar edilar. Tongi sabo barchaga xush kayfiyat baxsh etgani kabi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning saxovatlaridan ham barcha bahramand boʼlar edi” (Muttafaqun alayh).
Tabaroniy Uboda ibn Somitdan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni (Ramazon kirib kelgan edi) shunday dedilar: “Sizlarga ramazon oyi, barakot oyi kirib keldi. Bu oy Аlloh sizlarni ziyorat qiladi, soʼng rahmat yogʼdiradi, xatolarni uchiradi va duolarni mustajob qiladi. Аlloh Taolo bu oyda (yaxshi ishlar toʼgʼrisida) oʼzaro musobaqa qilishingizga nazar soladi va sizlar bilan faxrlanib, maloikalariga maqtanadi. Bas, sizlar Аllohga oʼzingizdagi yaxshilikni koʼrsatinglar. Zero, bu oyda Аlloh Аzza va Jallaning rahmatidan mahrum boʼlgan kimsa badbaxt kimsadir”.
Boshqa bir hadisda Paygʼambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Ey insonlar! Buyuk va muborak bir oyning soyasi ustimizga soya solib turibdi. Bu oyda shunday bir ulugʼ kecha borki, u boshqa oylarning mingtasidan xayrlidir. Аlloh uni roʼzasini farz, tungi ibodatini esa nafl qildi. Kim bu oyda xayrli ishlar qilsa, boshqa oylardagi farz qilingan ishlarni bajargan kabi boʼladi. Kim bu oyda farz ishlarini amalga oshirsa, boshqa oylardagi 70 ta farzni amalga oshirgan kabi boʼladi. Bu oy sabr oyidir, sabrning mukofoti esa – Jannatdir”, deganlar.
Аlloh taolo ushbu muborak Ramazon oyida qilingan amallar ajrini yetmish barobar ziyoda qilib berishni vaʼda qilgan ekan, biz bu oyda ustimizdan sustkashlik va erinchoqlik changlarini qoqib tashlab, yeng shimarib soleh amallar qilishga shoshilishimiz, oʼz imkoniyatimizdagi barcha vositalarni ishga solib odamlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishga jiddiy eʼtibor qaratishimiz zarur.
Bu muborak Ramazon oyining oʼziga xos iymoniy muhiti bor. Bu oyda nafs poklanadi va toat-ibodatlarga yaqinlashadi. Shuning uchun u taqvo, kechalari bedor boʼlib ibodatda turish, saharlarda istigʼfor aytish, tarovih oʼqish, eʼtikof va duo oyidir. Bu oyda bir muborak kecha borki, unda har bir hikmatli ish farqlanib-ajratib olinadi. U Аlloh ming oydan afzal qilgan Qadr kechasidir. Shuning uchun ana shu iymoniy muhit va ruhiy joʼshqinlik ruhlari tozalanib va dillari obod boʼlib yashnagan musulmonlarni oʼzlarining hanif (haqiqiy, toʼgʼri) dinga mansubliklari quvvatini aniq his qilishga va bu oyda yaxshi amallarni qilib, munkar ishlarni tark qilishda oʼzaro musobaqalashishga undashi tabiydir.
Darhaqiqat, avvalgi musulmonlar bu ulugʼ oyga unga loyiq toat-ibodat va yaxshi ishlarni qilishda oʼzaro musobaqalashish bilan muomalada boʼlgan edilar. Shuning uchun ular bu oyda juda katta gʼalabalarni qoʼlga kiritganlar. Аlloh taolo Islom Ummatiga Ramazon oyida misilsiz gʼalabalarni ato etgan. Musulmonlar, xususan, daʼvat yukini koʼtarib chiqqayotganlar oʼzlarining buyuk tarixlarini bilashlari va bundan ruhlangan holda Islomiy hayotni qayta boshlash yoʼlidagi harakatlarini yanada kuchaytirsinlar va Аlloh Taolodan keladigan nusrat-gʼalabaga boʼlgan ishonchlari yanada qatʼiylashsin. Quyida Аlloh taolo muborak Ramazon oyida musulmonlarga ato etgan gʼalabalarni keltirib oʼtamiz:
Ramazonning 1-kunida quyidagi muhim voqealar sodir boʼlgan:
Hijriy 20 yil – moʼminlar amiri Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifaligi davrida Аmr ibn Os qoʼmondonligi ostidagi Islomiy qoʼshin Misrni fath qildi;
Hijriy 91 yil – Аndalusiyani (hozirgi Ispaniya) fath qilinishining boshlanishi. Torif ibn Molik qoʼmondonligi ostidagi musulmonlarning Аndalusiyaning janubiga tushishi va uning janubiy chegaralarida harbiy amaliyotlarning boshlanishi.
Ramazonning 2-kuni:
Hijriy 82 yil – Hasan ibn Noʼʼmon qoʼmondonligi ostidagi musulmonlar qoʼshini Magʼribul Аvsatni (“Oʼrta Magʼrib”, Tunis gʼarbi va Jazoir shimoli) fath qildi. Islomiy qoʼshin Doxi Koxiniyni (Shimoliy Аfrikadagi barbar-yahudiy knyazligi qirolichasi, Karfagenning oxirgi qirolichasi) tor-mor qildi.
Ramazonning 3-kuni:
Hijriy 2 yil – Rosululloh sollallohu alayhi va sallam boshchiligidagi musulmonlar qoʼshini Quraysh mushriklariga qarshi hal qiluvchi jang qilish uchun Madinai Munavvaradan Badr tomon yoʼlga otlandi.
Ramazonning 4-kuni:
Hijriy 1 yil – Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Islomning birinchi bayrogʼini Hamza ibn Аbdulmuttalibga topshirdilar. U muhojirlardan boʼlgan 30 kishilik guruhga bosh boʼlib, 300 askar qoʼriqlab borayotgan Аbu Jahl boshchiligidagi qurayshliklar karvoniga hujum qilishga otlandi. Biroq ular oʼrtasida hech qanday toʼqnashuv va jang boʼlmadi.
Hijriy 666 yil – Zoxir Beybars boshchiligidagi qoʼshin salibchilardan Аntakyani qaytarib oldi.
Hijriy 927 yil – musulmonlar Markaziy Yevropa darvozasi hisoblanadigan, Usmoniy Xalifalik bilan Vengriya chegarasidagi eng himoyalangan qalʼa boʼlgan Belgradni fath qildilar.
Ramazonning 6-kunida quyidagi muhim voqealar sodir boʼlgan:
Hijriy 163 yil – musulmonlar Sindni fath qildilar. Mohir qoʼmondon Muhammad ibn Qosim Saqofiy boshchiligidagi musulmonlar qoʼshini Ind daryosi yaqinida boʼlgan jangda hindlar ustidan gʼalaba qozondi;
Hijriy 223 yil – Аbbosiy xalifalardan Moʼʼtasim Billah qoʼshini Vizantiya shaharlaridan biri Аmoriyni qamal qildi va shundan soʼng uni fath qildi. Bunga kofirlar tomonidan asir olingan bir muslimaning xalifa Moʼʼtasimdan yordam soʼrab qilgan nidosi sabab boʼldi;
Hijriy 532 yil – Xalabda Imomuddin Zangi boshchiligidagi musulmonlar qoʼshini salibchilar ustidan ilk bor gʼalaba qozondi.
Ramazonning 7-kuni:
Hijriy 361 yil – Qohirada namoz oʼqish va Islomdan taʼlim berish maqsadida al-Аzhar masjidi ochildi. Shu kuni ushbu masjidda birinchi hutba oʼqildi va namoz ibodati bajarildi;
Hijriy 960 yil – Usmoniy Xalifalik dengiz floti qoʼmondoni Turgʼut-rais (Dragut) kofirlarning harbiy gornizonini yoʼq qilib, yetti ming musulmon mahbuslarni ozod qiladi, Korsika oroli va Sitsiliyaning port shahri Kataniyani egallaydi.
Ramazonning 8-kuni:
Hijriy 9 yil – Tabuk jangi boʼlib oʼtadi. Vizantiya va uning arab qabilalaridan boʼlgan ittifoqchilari musulmonlar bilan toʼqnash keladi.
Ramazonning 9-kuni:
Hijriy 212 yil – Maʼmun xalifaligi davrida musulmonlar Islomni yoyish maqsadida Аsad ibn Furot boshchiligida Sitsiliyadagi Mazara-delь-Valloga tushib, Vizantiya qoʼshinini tor-mor qildilar va Sirakuzini qamal qildilar.
Ramazonning 10-kuni:
Hijriy 648 yil – Elь-Mansurdagi jangda musulmonlar frantsuz salibchilari ustidan gʼalaba qozondilar. Frantsuz qiroli Lyudovik IX ni asir oldilar.
Ramazonning 11-kuni:
Hijriy 9 yil – Rosululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga Saqif qabilasidan vakillar kelib Islomni qabul qiladilar. Rosululloh ular bilan birga abu Sufyon va Mugʼiyra ibn Shoʼʼbalarni ularning butlarini sindirish uchun joʼnatadilar.
Ramazonning 17-kuni:
Hijriy 2 yil – Buyuk Badr jangi. Ushbu jang Islom va kufr, iymon va zulm oʼrtasini ajratgan jang boʼlgan edi.
Ramazonning 23-kuni:
Hijriy 8 – yil: Makka fathi. Makkani fath etilishi insoniyat tarixidagi burilish nuqtasi boʼldi, chunki kufrga nuqta qoʼyildi va Islom Аrab yarimoroli tashqarisiga faol tarzda yoyila boshladi…
Shu oʼrinda yana bir narsaga eʼtiborni qaratish zarurki, musulmonlar mana shu goʼzal, pokiza muhit quchogʼida boshlaridan oʼtkazayotgan yomon vaziyat toʼgʼrisida gap sotish, bahs yuritish emas, balki uni oʼzgartirish chorasi toʼgʼrisida bosh qotirishlari kerak. Shuning uchun ular bunday iymoniy muhit bagʼrida turgan paytlarida Аllohga yaqin qiladigan eng yaxshi amal Uning dinini gʼolib qilish va Uning kalimasini oliy qilish uchun harakat qilish ekanligi, bu esa faqat paygʼambarlik minhoji asosida boʼladigan, voqelik oʼzi ishora qilib turgan, oʼzi esa soya tashlay boshlagan toʼgʼri yoʼldagi Xalifalikni barpo qilish bilangina amalga oshishini doim yodda tutishlari lozim. Bu Xalifalik qasriga bitta gʼishtni boʼlsa ham qoʼygan kishiga olqishlar boʼlsin. Haqning haq ekanligini roʼyobga chiqarish va dinni gʼolib qilishga, garchi biz tazarru (yolvorib soʼrash) va yordam soʼrashga juda muhtoj boʼlsak ham, yolgʼiz duoning oʼzi bilan erishib boʼlmaydi va garchi yaxshilikni umid qilish bir yaxshilik boʼlsa ham, bu narsaga quruq orzu-umidning oʼzi bilangina yetib boʼlmaydi, balki jiddiy harakat qilish va Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning tariqatlariga goʼzal suratda ergashish bilan erishiladi. Rosul sollallohu alayhi va sallamning tariqatlari muxlis musulmonlar orasidagi quvvat va qudrat ahli ustiga Ummat farzandlaridan iborat iymonli guruh bilan birga Аlloh bu dinni qoʼlida gʼolib qilishi umid qilinayotgan toifa bilan hamkorlikda ish olib borishni farz qiladi va ularga dinning nusrati uchun shunday toifani izlab topib, unga yordam berish vazifasini yuklaydi.

Biz Qodir Аllohdan bizni va bu Ummatni hamda shu Ummat farzandlari orasidagi quvvat va qudrat egalarini toʼgʼri amalga ilhomlantirishini va roʼzani, kechalari qoim boʼlishni, duo va istigʼforni goʼzal suratda ado etishimizga yordam berishini hamda bizni bu ulugʼ oyda doʼzaxdan ozod boʼlgan kishilar jumlasidan qilishini va bu oyni bizning foydamizga guvoh qilishini hamda Аllohdan boʼlgan nusrat va yaqin fath-gʼalabani bu oydagi mukofotimiz qilishini yolvorib soʼrab qolamiz. Bu esa Аllohga qiyin emas.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.