Pokiston davlat bankini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi mustamlakachilar manfaatiga xizmat qiladi

56
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Pokiston davlat bankini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi mustamlakachilar manfaatiga xizmat qiladi

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʻlimi nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi:
“Masala xoh Pokiston davlat bankini oʻzgartish toʻgʻrisida qonun chiqarishga taalluqli boʻlsin, xoh Xalqaro Valyuta Fondi koʻrsatmasiga asoslangan mini byudjetga oid boʻlsin, xoh moliya dargʻalari boshqarib turgan qonunchilik loyihasiga oid boʻlsin, xoh Hindiston josuslariga appelyatsiya huquqiga ruxsat berayotgan qonunga taalluqli boʻlsin, bularning barchasidan demokratik rahbarlarning – ular hukumatdan boʻladimi, yoki muxolafatdanmi – olamiy mustamlakachilik talablariga sadoqat bilan xizmat qilishayotgani ochiq koʻrinib turibdi”.
Bayonotda Pokistondagi kuch-qudrat ahliga murojaat qilinib, “sizlar bunday jirkanch qullikning davom etishiga qachongacha yoʻl qoʻyasiz”, deyildi. Qurolli kuchlarga murojaat qilinib, bunday deyildi:
“Ushbu zulmat, baxtsizlik va xorlik hayoti boshlanganiga hijriy bir asrdan oshgan ekan, allaqachon kufr rejimini ildizi bilan qoʻporib tashlash vaqti keldi. Ey Pokiston Qurolli kuchlari! Bizni kofir mustamlakachiga oʻlja qilib berayotgan aynan bugungi rejimning qonun va siyosatlaridir. Bas, oldiga qadam tashlang va Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam bering. Zero, Xalifalikkina mustamlakachi Gʻarbga qul qilgan kishanlarni parchalaydi”.

Roya gazetasining 2022 yil 16 fevral chorshanba kungi 378-sonidan

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.