Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati delegatsiyasi Saydo shahri okrugidan saylangan parlament deputati Usoma Saʼdni ziyorat qildi

53
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati delegatsiyasi Saydo shahri okrugidan saylangan parlament deputati Usoma Saʼdni ziyorat qildi

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyatining  delegatsiyasi Hizbning markaziy aloqalar qoʻmitasi aʼzosi muhandis Bilol Zaydon raisligida payshanba kuni Shaʼb Nosiriy tashkiloti bosh kotibi va Saydo shahri okrugidan saylangan Livan parlamenti deputati doktor Usoma Saʼdni ziyorat qildi. Ushbu ziyorat doktor Usomaning shahardagi idorasida boʻlib oʻtdi. Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot boʻlimi nashr qilgan bayonotga koʻra, uchrashuvda tomonlar quyidagilar boʻyicha hamfikr boʻldilar:

Livan hukumati Xalqaro Valyuta Fondi bilan muzokaralar olib borish va undan qarz olishga mahkam yopishib olish bilan yurtni xavf ostiga qoʻymoqda. Ushbu tizimga kirish, yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga olib boruvchi chegaralarni demarkatsiya qilish, saylovlar oʻtkazish yoki oʻtkazmaslik va odamlarni oʻz vakillarini tanlash huquqlaridan mahrum etish oqibati Livan rejimi zimmasiga tushadi.

Bu xususda deputat Usoma – bu bosqichda ularning tanlovi hukmron rejim qutblaridan birontasi bilan ittifoq qilmaslikdir, dedi.

Matbuot bayonotida taʼkidlanganidek, uchrashuvda rejimga qarshi tik gapirish hamda jamiyat duch kelayotgan xavf-xatarlar haqida odamlarning xabardorligini oshirish lozimligi aytildi. Hizb delegatsiyasi odamlarni Islom loyihasi atrofida jamlovchi tub yechimni izohlab, uning musulmonlar va gʻayrimusulmonlarni 1300 yildan ziyod vaqt adolat va insof ila boshqargan yetakchilik tajribasiga ega loyiha ekanini taʼkidladi.

Delegatsiya tashrifi yakunida doktor Usomaga Hizb ut-Tahrir markaziy aloqalar qoʻmitasi va tadbirlar qoʻmitalari faoliyatiga oid broshyura taqdim etdi. Ushbu broshyurada Livanning amaldagi hukumati loyihasiga oydinlik kiritilgan boʻlib, Xalqaro Valyuta Fondi keltirib chiqaradigan muammolar, xavf-xatarlar, oqibatlar va bulardan qutulish uchun taklif etilgan ayrim yechimlarga eʼtibor qaratilgan.

Roya gazetasining 2022 yil 16 fevral chorshanba kungi 378-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.