Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati “iqtisodiy krizisning islomiy yechimi”ni muhokama qilishga qaratilgan navbatdagi uchrashuvni Qahramanmarashda oʻtkazdi

331
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati “iqtisodiy krizisning islomiy yechimi”ni muhokama qilishga qaratilgan navbatdagi uchrashuvni Qahramanmarashda oʻtkazdi

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati oʻzining “Iqtisodiy krizisning islomiy yechimi” nomli kampaniyasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvni Kahramanmarash shahrida oʻtkazdi. Maʼlumki, bu kampaniyada Hizb nodavlat tashkilotlar, partiya vakillari va mahalliy axborot vositalari bilan bogʻlanib, savollarga javob berish orqali hozirda Turkiyada davom etayotgan iqtisodiy krizisga tub islomiy yechim berib kelmoqda.
Ayni munozara uchrashuvi doirasida Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati Kahramanmarash shahridagi siyosiy partiyalar, nohukumat tashkilotlar, mahalliy axborot vositalari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbatda ochilish nutqini Ahmad Saba eshittirdi, soʻng Hanafiy Yagʻmur soʻzga chiqdi. Shulardan soʻng, savol-javob bosqichi boshlanib, ishtirokchilarning bir qismi oʻz savollari bilan, yana bir qismi oʻz fikr va mulohazalari bilan qimmatli hissalarini qoʻshdilar. Berilgan savollarga Haqqiy Erin, Abdulloh Imomoʻgʻli, Muso Boyoʻgʻli va Muhammad Hanafiy Yagʻmur javob berdi.
Uchrashuvda Islomning har bir sohadagi yechim va ahkomlarini kun tartibiga qoʻyish zarurligi, maʼmuriyat, iqtisodiyot, taʼlim va ijtimo kabi barcha sohalarga taalluqli mufassal asl yechimlar dinimizda mavjudligi, shu bilan birga, bularning barchasini har bir minbardan turib yetkazish-bayon qilish shart ekanligi taʼkidlandi.
Roya gazetasining 2022 yil 16 fevral chorshanba kungi 378-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.