Yamanning janubiy rayonlari “sekin oʻlim” iskanjasida Adan hukumatining esa parvoyi falak

66
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Yamanning janubiy rayonlari “sekin oʻlim” iskanjasida
Adan hukumatining esa parvoyi falak

Iqtisodiy vaziyatning yomonlashishi, mahalliy valyutaning qadrsizlanishi va turmush narx-navolarining qimmatlashi manzarasida, Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot boʻlimi 2022 yil 29 yanvar shanba kuni bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Yaman ahli tang-baxtsizlik, muhtojlik va qashshoqlikda yashayotgan bir paytda bu hukumatdan xalqqa nima ham kutish mumkin, axir, hukumat rahbarlarining baʼzilari Riyozda, baʼzilari Qohirada va baʼzilari Turkiyada xalq boyligi evaziga yashayotgan boʻlsa?! Darhaqiqat, yurt janubi va shimoli ustida ketayotgan davlatlararo kurash Yaman ahlini dod-faryodsiz “sekin oʻlim”ga yetaklamoqda… Odamlar shafqatsiz halokatli vaziyat tufayli sassiz-sadosiz, jimgina halok boʻlmoqdalar. Chunki maoshlarning uzilib qolishi, mahalliy valyutaning dollar va boshqa valyutalarga nisbatan qadrsizlanishi hamda Sanʼo va Adan hukumatlarining yomon boshqaruvi oqibatida insonlar azob-uqubati yanada ortdi! Musulmon yurtlarida Allohning boshqaruvi chetlatilib, Islom hokimiyati yoʻq qilinganidan soʻng hayotning har bir sohasiga buzilish va halokat yetmay qolmadi… Inson oʻylab topgan qonunlar dunyo yetakchiligiga yakka hokim boʻldi. Shuning uchun shunday harakat qilmoq lozimki, tuzum insoniyat haq-huquqini va mehnatini muhofaza qilsin, boyliklarini birovlarning qoʻliga nohaq oʻtib ketishiga yoʻl qoʻymasin. Bunday tuzum esa, Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasidagina boʻladi”.
Roya gazetasining 2022 yil 9 fevral chorshanba kungi 377-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.