Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanotining Xalifalik qulatilganining alamli 101 yillik xotirasi sababli oʻtkazayotgani tadbirlari

135
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanotining Xalifalik qulatilganining alamli 101 yillik xotirasi sababli oʻtkazayotgani tadbirlari

Ushbu rajab oyida Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti ayolning Islom boshqaruvi paytidagi vaziyati bilan bogʻliq qoʻrquv, shubha va savollarni bartaraf qilishga qaratilgan xalqaro kampaniya boshladi. “Xalifalik – ayollar qadr-qimmati, xavfsizligi va sharʼiy huquqlari garovidir” nomli ushbu kampaniyadan maqsad, Xalifalik davlati soyasida ayollar hayoti, yaʼni ularning huquqlari, rollari va ularga nisbatan muomala qanday boʻlishi toʻgʻrisida aniq tushuncha va tasavvur taqdim etishdir. Bular sharqshunos va mustamlakachilar berayotgan adashtiruv va xayollar asosida emas, balki Islom matnlari dalolat qilgan va moziydagi islomiy boshqaruvda isbotlangan hujjat-dalillar asosida beriladi.
Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi raisi doktor Nasrin Navoz xonim nashr qilgan oʻz matbuot bayonotida bunday dedi:
“Eng muhimi, biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimining ayollar qanoti aʼzolari siyosiy, iqtisodiy, adliya, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy kabi barcha sohadagi muammolarni ertangi Xalifalik tuzumi oʻz printsiplari, qonunlari, muassasa va strukturalari orqali amalda qanday hal qilishini sharhlab berishga harakat qilamiz. Zotan, bugungi kundagi ayollar duch kelayotgan barcha sohadagi muammolarni Gʻarbu Sharqdagi inson oʻylab topgan qonunlar va demokratik tuzumlar aslo yecha olgani yoʻq”.
Kampaniyani kuzatib borish uchun quyidagi manzildan foydalanishingiz mumkin:
https://www.hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/hizb-campaigns/79762.html
Roya gazetasining 2022 yil 9 fevral chorshanba kungi 377-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.