Tolibon Jenevada

254
0

Tolibon Jenevada

Tolibon delegatsiyasi Afgʻonistondagi inson huquqlari va Afgʻonistonga gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha Shveytsariya rasmiylari va nodavlat tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish uchun Jenevaga tashrif buyurdi. Bu haqida Shveytsariya Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
“Delegatsiya aʼzolari muhtoj aholiga yordam yetkazish, gumanitar yordam xodimlarini himoya qilish va inson huquqlarini hurmat qilish boʻyicha muzokaralar olib boradi”, deyiladi Shveytsariya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibining Frans Pres axborot agentligiga bergan bayonotida.
Shuningdek, Tolibon delegatsiyasi BMTning koʻplab agentliklari joylashgan Shveytsariya shahrida Qizil Xoch va boshqa nohukumat tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazadi. Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi ham buni tasdiqladi.
Ammo rasmiyning taʼkidlashicha, ayni paytda Tolibon harakati vakillarining Shveytsariyada mavjudligi Shveytsariya Afgʻonistondagi “Tolibon” rejimining qonuniyligini tan olishligini anglatmaydi.

Izoh: Afgʻonistonda iqtisodiy tanglik yuzaga kelganligi tufayli Tolibon hukumati gumanitar yordam masalasida Gʻarbga tashrif buyurdi. Ammo makkor Gʻarb fursatdan foydalanib, inson huquqlari masalasini tiqishtiryapti. Agar Tolibon bu masalada gʻarbning talabiga rozi boʻlsa, qopqonga tushishi aniq. Chunki inson huquqlari masalasida Islom hazorati bilan Gʻarb hazorati oʻrtasida yer bilan osmoncha farq bor. Masalan, ayol kishining munkar boʻlmagan ishlarda oʻz eriga itoat qilishi shariat talablaridan va ayolning yuksak axloq namunasidan sanaladi. Ammo Gʻarb esa bunga ayolni xoʻrlash hamda uning huquqlarini poymol qilish, deb qaraydi va bu masalada oʻzining jirkanch “gender tenglik” siyosatini olgʻa suradi. Unga koʻra koʻchalar, bozorlar, ish yerlari kabi ommaviy hayotda ayollarning hijobda boʻlish talabi ayollar huquqlarini poymol qilish sanaladi. Yaʼni ularning nazarida ayol kishi istagan paytda ochiq-sochiq koʻchaga chiqishi, istagan yerida ishlashi va istagan shaklda ishq-muhabbatga intilishi mumkin. Buning uchun u biror kishidan izn olishi shart emas. Bu esa Islom aqidasidan balqib chiqqan shariat qonunlariga aslo toʻgʻri kelmaydi. Xullas Bu aqida masalasi boʻlib, zarracha kufrga yon berish aslo joiz emas.
Qolaversa, Gʻarb qachondan buyon musulmonlarning haq-huquqi uchun jon kuydiradigan boʻlib qoldi. Begunoh musulmon aholini yoshu-qari, erkagu-ayol demay qirgʻin qilgan oʻsha Gʻarbning oʻzi emasmi?! Endi bugun musulmonlarning zulm ostida qolganidan tashvishga tushib qoldimi?! Gʻarbning Guantanamo, Bagram, Abu Gʻurayb va boshqa qamoqxonalarda musulmonlarning “huquqlarini qanday himoya qilganligi”ni hali hech kim unutgani yoʻq.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.