بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ittifoqchi kuchlar oʻyini Ummatni behush qilib, uni maqsadini roʻyobga chiqarishdan chalgʻitishdir
Ustoz Ahmad Xutvoniy qalamiga mansub
Eronning Livandagi Hizbi bosh kotibi Hasan Nasrulloh Saudiyaga keskin hujum qildi. U uni Iroq va Suriyaga terrorchilik operatsiyalarini oʻtkazish uchun minglab IShIDchi vahhobiy terrorchilarni yuborishda aybladi. Shuningdek, oʻtgan yetti yildan beri mazlum yamanlik xalqqa qarshi urush olib borishda hamda terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi Amerika bilan hamkorlik qilishda aybladi.
Saudiya Hasan Nasrullohning bu ayblovini yolgʻon, deya inkor etib, oʻz navbatida, u ham Eron Hizbini terrorchilikda aybladi.
Livan va Fors koʻrfazi davlatlaridagi siyosiy va axborot markazlarini Saʼd Haririy, Najib Miqotiy va boshqa Saudiya bilan Amirliklar rasmiylari ishtirok etgan shov-shuvli bahs munozaralar egalladi.
Hasan Nasrulloh oʻz Hizbi, Eron, Bashar rejimi, Yamandagi Husiylar, Falastindagi Hamas va Jihod harakatlarini bosqinchi yahudiylarga qarshi kurashayotgan qarshilik harakati, deya daʼvo qiladi, albatta bu yolgʻon daʼvodir. Chunki Eron yahudiylarga qarshi bir kun ham jang qilgan emas. Balki eronlik jangarilar, jumladan Quddus gvardiyasi soxta-aldov bilan oʻzlarini Suriya, Iroq, Yaman va Afgʻonistonda jang qilgan qilib koʻrsatishdi, ammo Quddus va Falastinda mutlaqo jang qilishmadi. Eronning Livandagi Hizbi esa, 2006 yildan buyon yahudiylarga qarshi biror marta ham real urushga qoʻshilmadi. Aksincha, Livan bilan yahudiylar oʻrtasida bufer xizmatini oʻtovchi BMT Tinchlikparvar kuchlarining kirishiga sabab boʻldi. Shuningdek, Eronning Livandagi Hizbi askarlari Suriyadagi quturgan janglarda qonxoʻr Bashar Asad rejimini qoʻllab-quvvatlash bilan qatnashishdi. Hasan Nasrulloh Shom ahli qoʻzgʻoloni olovini oʻchirish uchun oʻz hizbi askarlaridan yuz ming nafarini yuborishga tayyor ekanligi bilan maqtandi.
Bas, bu qanday qarshilik harakati boʻldiki, uning askarlari musulmonlardan boshqalarga qarshi kurashmasa?! Bu qanday qarshilik harakati boʻldiki, uning yetakchilari Bashar kabi eng zolimlarni zolimi boʻlgan rejimlarni qoʻllab-quvvatlasa?!
Agar Saudiya Amerika manfaatlariga xizmat qilayotgan boʻlsa – aslida ham shunday – qarshilik harakati ham Amerika manfaatlariga xizmat qilmoqda. U buni malay rejimni saqlab qolishda yordam berishi uchun Amerika malayi boʻlgan rejimni qoʻllab-quvvatlash orqali amalga oshirmoqda.
Saudiya Yamanda harbiy urush olib borayotgan boʻlsa, xoʻsh, Husiylar va ularni qoʻllab-quvvatlayotgan tehronlik rahbarlar u yerda tinchlik oʻrnatyaptimi?!
Shubhasiz, Yamandagi bu bemaʼni urushning Yaman xalqiga yetkazayotgan falokat va azob-uqubatlari javobgarligi urishayotgan har ikki tomonning zimmasiga tushadi. Masalan, bunday jirkanch urushga olov yoqilishida Saudiya ham Husiy va Eron rejimidan farq qilmaydi va albatta urush Amerika rejalariga xizmat qiladi. Uning bu rejalari mazhabparastlik va toifachilik urushlarini qasddan keltirib chiqarish orqali mintaqada oʻz nufuzini mustahkamlashda va mustamlakachilik urushlarini olib borishda gavdalanadi.
Qolaversa, Amerika “JASTA qonunini faollashtirish uchun bahona qidirmoqda. Bu qonunga koʻra, 2001 yil 11 sentyabr hodisalarida halok boʻlgan 850 amerikalikning oilalariga Saudiya Arabistonidan milliardlab dollar tovon toʻlanishi-undirilishi kerak. Mana, Nasrulloh “Saudiya dunyo boʻylab terrorchilik amaliyotlarini amalga oshirish uchun – uning daʼvosicha – terrorchi vahhobiy va IShIDchilarni yubormoqda”, deya Amerikaga oʻsha bahonani topib beryapti. Bu bilan u Amerikaning Saudiyaga qoʻygan ayblovini tasdiqlab berib, ayni mablagʻni “JASTA qonuni”ga muvofiq Amerikaga toʻlashga majbur boʻlishi uchun isbot taqdim etyapti va bu bilan Amerikaga eng yaxshi xizmat koʻrsatmoqda.
Boshqa jihatdan, Saudiya qarshilik harakatini AQSh va Gʻarb siyosatiga xizmat qilayotganlikda ayblab, unga qarshilik qilayotgan boʻlsa, xoʻsh, Misr, Iordaniya va Mahmud Abbos maʼmuriyati AQSh va Gʻarbga xizmat qilmayaptimi?! Yoki bu davlatlar qarshilik harakati tarafga oʻtib oldimi?! Shunday ekan, nega Hasan Nasrulloh xuddi Saudiyani ayblaganidek, ularni xoinlik va malaylikda ayblamayapti?!
Nega Saudiyani aybladi-yu, Misrni ayblamadi? Misr Nasrullohning ittifoqchisi boʻlgan Bashar rejimini qoʻllab-quvvatlashi hamda uning razvedkasi Hamas va Jihodning Fath bilan muzokarasiga homiylik qilishi bilan Amerika oʻqidan (mehvaridan) chiqib ketdimi?!
Nega Saudiyani aybladi-yu, Iordaniyani ayblamadi? Iordaniya oʻlayotgan Suriya rejimiga jon kiritish uchun Bashar rejimi bilan muzokaralar oʻtkazayotgani uchunmi?!
Nega Saudiyani aybladi-yu, Abbos maʼmuriyatini ayblamadi? Abbos maʼmuriyati Jibril Rajub, Azzom Ahmad va Ruhiy Fatuhlarni Bashar Asadni ziyorat qilishga joʻnatish bilan unga eng katta tuhfani taqdim qilgani uchunmi?!
Bu Nasrulloh Abbos rejimining Janin va boshqa yerlarda jangovar operatsiyalarni yahudiylarning vakili sifatida olib borayotganini bilmaydimi, bu maʼmuriyatning yahudiy armiyasining xavfsizlik richagi ekanidan xabari yoʼqmi?! Buni yahudiy rahbarlarining oʻzi tan olishgan, masalan, ularning armiya bosh shtabi boshligʻi Aviv Koxavi ham! Nasrulloh nega Abbos maʼmuriyatini Amerika va sionistlarning ittifoqchilari safiga qoʻshmayapti, axir, Saudiyani qoʻshdi-ku?!
Bularning har biri AQShga, Gʻarbga va yahudiy vujudiga yetti bukilib itoat qiluvchi rejimlardir. Ammo Saudiya rejimi nega ulardan ajratilib, faqat ugina ayblanyapti?! Nega u AQSh va Gʻarbga tobelikda ayblanyapti-yu, qolgan arab rejimlari bunda ayblanmayapti, vaholanki, hammasining zuvalasi bir boʻlsa?!
Hech shubha yoʼqki, Hasan Nasrulloh daʼvo qilayotgan bunday ajratish, yolgʻondan ajratishdir. Chunki arab davlatlari rejimlarining barchasi malaylik hamda xalqlarga xoinlik va dushmanlik qilishda bir-birlaridan farq qilishmaydi. Bashar rejimi bilan Saudlar oilasi rejimi ham, Jazoirdagi Tibbun rejimi bilan Marokashdagi Muhammad VI rejimi ham, Livan rejimi bilan Sudan rejimi ham, mazkur sifatlarda bir-birlaridan farq qilishmaydi!
Shubhasiz, Hasan Nasrullohning bu daʼvosi Ummatni behush qilib, uni asl maqsadidan chalgʻitish uchun ittifoqlarni (mehvarlarni) paydo qilish oʻyini doirasida boʻlmoqda.
Roya gazetasining 2022 yil 12 yanvar chorshanba kungi 373-sonidan