Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʻlimi 2022 yil 18 yanvar seshanba kuni nashr qilgan matbuot bayonotida bunday deydi:

49
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tunis rejimi Islomga urush ochdi
Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʻlimi 2022 yil 18 yanvar seshanba kuni nashr qilgan matbuot bayonotida bunday deydi:

“Tunisdagi hukmdorlar Islom ibodatlarini mensimaslik va Allohning diniga jurʼat qilishda hammadan oʻtib tushishdi. Islomni boshqaruvdan chetlatishlari, Allohning shariatini davlat va jamiyatdan ajratishlari, “terrorizmga qarshi kurash” niqobi ostida Islomga qarshi urush ochishlari… bularning barchasi yetmaganidek, bugun juma namozini toʻxtatish bilan Islomning qolgan ibodatlarini ham bekor qilishyapti. Diniy ishlar vazirligi 2022 yil 13 yanvar payshanba kuni “koronavirus epidemiyasi tarqalishini cheklash”, degan yolgʻon daʼvo bilan 14 va 21 yanvarda ikki kun juma namozini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Shubhasiz, bu 12 yanvar kuni hukumat tomonidan chiqarilgan toʻplanishlarni taqiqlashga bilan bogʻliq qarorga hamohang siyosiy qarordir. Maqsad, prezidentning 14 yanvarda namoyishga chaqirgan raqiblari yoʻlini toʻsish.
Diniy ishlar vazirligi siyosatchilar qoʻlidagi shunchaki oʻyinchoq boʻlib, ularning xohish-istagini qondirish asosida – garchi ularning istagi Islomdagi buyuk ibodatlarning birini taqiqlash boʻlsa ham – fatvo chiqaradi. Chunki bu Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritmayotgan zolimlarning juma namozini toʻxtatishlari na koronavirus pandemiyasiga aloqasi bor va na insonlar sogʻligʻini saqlashga. Buning oʻrniga hukumat odamlarning transport vositalari, bozorlar, idoralar oldilari kabi yerlarda toʻplanib qolishini oldini olishi va ularning mashaqqatlarini yengillatib, salomatliklariga rioya qilishi zarur edi. Biroq, juma namozini siyosiy kurashga aralashtirish Tunis hukmdorlari peshonasidagi sharmandalik dogʻi boʻlib qolaveradi. Zotan, ular Islomning eng soʻnggi rishtalaridan birini uzishdan ham tap tortishmayapti.
Shu nuqtai nazardan, Tahrir gazetasining 375 sonida (Tahrir gazetasi Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati tomonidan chiqariluvchi haftalik siyosiy gazeta) oʻzining bosh maqolasida bunday deyildi:
“Haqiqiy qoʻzgʻolonlar uzoq vaqtga muhtoj boʻlmaydi. Kim qoʻzgʻolonlarga oʻnlab yillar kerak, degan boʻlsa, uning bu gapi yolgʻon boʻlib, odamlarni aldash uchun aytyapti. Bu gap bilan eng kamida qoʻzgʻolonchilar maʼnaviyatiga zarba berib, himmatlarini oʻldiradi”.
Gazetada bunday savol oʻrtaga tashlangan:
“Biz musulmon emasmizmi?! Suyukli Paygʻambarimiz ﷺ biz uchun oʻrnak emasmilar?! Aynan ul zot Islom davlatini barpo etib, Arab yarim orolidagi zoʻravon rejimni yiqitib, poydevori
﴿إِنِ الْحُكْمُ إِلاَّ لِلَّهِ﴾
“Boshqaruv faqat Allohning Oʻziga xosdir” [Anʼom 57]
oyatida mujassamlanuvchi fikriy asosga tamal toshi qoʻymadilarmi?! Bas, bu ish qancha yil talab qildi?! Hech shubha yoʻqki, ushbu davlat bir necha yildayoq dunyoning birinchi davlatiga aylandi va qisqa yillar ichida oʻsha paytda eng yirik imperiya boʻlgan Fors va Rimni yiqitishga qodir boʻldi.
Kuchlar muvozanatiga kelsak, gap mutanosiblikdadir, chunki Rosululloh ﷺning zamonasida ham yirik imperiyalar va ularning yirik armiyalari boʻlgan, ularga barcha arab qabilalari itoat qilgan va kuchlari yetmagan, aksincha, ular bu imperiyalar bilan maydonlarda jang qilish u yoqda tursin, hatto ularni yengishni va mustaqil boʻlish haqida oʻylab ham koʻrishmagan. Qayoqda ham yengishsin! Bugun biz yashab turgan zamonda ham mustamlakachi davlatlar armiyalari kuchli, qurollari qirgʻinbarot… Biroq, bu magʻlub ojiz hukmdorlar bugungi mustamlakachi kuchlarning uzoq yillar musulmon xalqlarga qarshi kurashib, uni yengishga qodir boʻlolmaganini anglashmayapti”.
Tahrir gazetasi xulosa sifatida bunday dedi:
“Qoʻzgʻolonchilar to Rosululloh ﷺ yurgan yoʻldan yurmas ekanlar, hargiz maqsadga yetolmaydilar. Zero, ul zotning yoʻli oddiy va eng kam bashariy imkoniyatlarga ega boʻlgan yoʻldir. Kimdir bu yoʻlni anbiyo va rosullarga xos yoʻl deb aytmasligi uchun Alloh uning bashariy yoʻl boʻlishini istadi.
Roya gazetasining 2022 yil 26 yanvar chorshanba kungi 375-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.