Gʻarb hazoratining qulashi

171
0

Gʻarb hazoratining qulashi

Frantsiyada chiqadigan “Telerama” jurnalining muharriri Oliver Paskal-Mussellard demokratiya Frantsiyada ogʻir dardga duchor boʻlganligini maʼlum qildi. Oʻz maqolasida demokratiyaning “nafas olishda qiynalayotganiga” etibor qaratgan Paskal-Moussellardning taʼkidlashicha, Frantsiya xalqi siyosiy tushkunlikda qolgan. Har 4 nafar frantsuzdan 1 nafari mamlakatdagi demokratiya xalqni qoniqtirish uchun yetarli emas deb biladi. Unga koʻra, Frantsiya oʻz demokratiyasiga qarshi urush ochgan va hozirda umid qilingan demokratiya bilan amaldagi demokratiya oʻrtasida katta jarlik boʻlib, bu jarlik har oʻtgan kun kengaytib bormoqda. Paskal-Moussellard maqolasining soʻngida “Demokratiyalar shu tarzda botqoqqa botib ketaveradimi?” degan savolni oʻrtaga tashladi.

Izoh: Gʻarb hazorati umuman yaroqsiz holga kelib qolganini doʻstdan ilgari dushmanning oʻzlari tan olmoqda. Paskal-Moussellardning gʻarb hazorati choʻkib borayotgani haqidagi maʼlumotlari yangilik emas. Bundan avval ham bir qancha mufakkirlar gʻarb hazoratining chirib bitgani haqida koʻplagan dalil isbotlar keltirgan. Faqat farqi shundaki, avval bu masala haqida uzoqni koʻra bilgan mufakkirlar soʻz yuritgan boʻlsa, bugungi kunda voqelikni koʻra oladigan har bir kishining bunga aqli yetmoqda. Yaʼni Gʻarb moddiy manfaatdan boshqasini bilmaydigan hazoratini qanchalar boʻyab-bezab koʻrsatishga harakat qilmasin, foydasi boʻlmayapti. Hatto baʼzi Gʻarb davlatlarining aholisi bu hazoratdan charchaganligini aytib, undan voz kechishga chaqirmoqda.
Biroq Gʻarb hazorati, garchi chirib qulash arafasiga kelib qolgan boʻlsada, oʻzidan-oʻzi qulamaydi. Chunki hayotning hazoratsiz qolishi hayot qonunlariga ziddir. Shunga koʻra, undan kuchli hazorat kelib uning oʻrnini egallashi lozim. Bugungi kunda Gʻarb hazorati qarshisida turgan yagona alternativ hazorat Islom hazoratidir. Chirigan Gʻarb hazoratining oʻrnini Islom hazorati egallashi esa, Rosululloh ﷺ oʻziga xos yoʻl bilan tiklagan va qariyib 100 oldin xoin Mustafo Kamolning qoʻli bilan qulatilgan Islom davlatini qayta tiklanishi bilangina amalga oshadi. Bundan boshqa yoʻli yoʻq. Modomiki musulmonlar Alloh Taolo nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritadigan Islom davlatini qayta tiklash uchun jiddiy harakat qilmas ekanlar, Gʻarbning oʻsha chirib qolgan hazorati fasod tarqatib, olamni buzishda davom etaveradi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.