Minbardan Xalifalikni tiklashga daʼvat

342
0

Minbardan Xalifalikni tiklashga daʼvat

Turkiyaning Anqara shahridagi “Malika Xotun” masjidining imom xatibi Halil Konakchi Musulmonlarni Xalifalik davlatini tiklashga chaqirdi. Bunga, estrada qoʻshiqchilaridan biri Sezen Aksuning Odam alayhissalom va Momo Havoni “johil” deya haqorat qilib qoʻshiq kuylashi sabab boʻldi.
“Aytingchi, Islomning markazi qayer? Islomda soʻzi oʻtadigan kishi kim va u qaysi maqomda boʻladi? Nega Xalifalikni qulatdilar, nega 100 yil avval u maqomni (Xalifalikni) yoʻq qildilar, endi tushungandirsiz? Iflos bir qoʻshiqchi Odam alayhissalom va Momo Havoni bemalol johil deya olishi uchun shunday qildilar. Agar Xalifalik bugun mavjud boʻlganda edi, hech kim bu borada ogʻiz ocholmasdi. Alloh Xalifalikning qayta tiklanishini bizga nasib qilsin. Buning uchun harakat qilamiz. Qaniydi Islom qoim boʻlganda edi, uning bitta Xalifasi boʻlganda edi… Ular bu dinni bir chetga surib, oʻz boshimchalik qila boshladilar. Agar Xalifa boʻlganda edi, Maryam onamizga ham, Odam alayhissalom va Momo Havoga ham, Rasululloh ga ham, shariatga ham, Qurʼonga ham, roʻmolga ham hech kim til tekkiza olmagan boʻlardi. Biz oʻsha boshkaruv qaytib kelishini istaymiz. Biz buni Islom nomidan talab qilamiz”, dedi imom Bursa shahridagi masjidlarning birida qilgan maʼruzasida.

Izoh: Xalifalik davlati qulatilgandan buyon Islom va Musulmonlarning jonlariyu mollariga hujumlar tinmagani kabi, Islom oʻlkalarida ham, kufr oʻlkalarida ham, Islomiy qadriyatlarga nisbatan haqoratlar tinimsiz davom etmoqda. Biroz avval Akademik Jihad Qisa Qurʼon oyatlarini masxara qilib, Maryam onamizga haqoratlar yogʻdirgan edi. Endi esa Odam alayhissalom va Momo Havo “johil”, deya haqorat qilindi. Taniqli mashhur insonlar televideniya va axborot vositalari orqali “demokratiya, hurriyat va soʻz erkinligi”ni roʻkach qilib bu axloqsizlarni himoya qilib chiqishdi. Ammo “Soʻzchi” gazetasining xabariga koʻra, xalifalikka daʼvat qilgan imom Halil Konakchi ustidan jinoiy ish ochilgan. Bu haqida berilgan bayonomada Halil Konakchi oʻz xutbasida xalifalikning tiklanishini istashi va uni tiklash uchun harakat qilishga ochiqchasiga chaqirishi jinoyat sifatida talqin qilingan.
Ha, bunday paytda “demokratiya, hurriyat va soʻz erkinligi” bir chetga surib qoʻyiladi. Masalan Yemina Shahin ismli 21 yoshli qiz Mustafo Kamolni xotiralash kunida “Ataturk iloh emas, Allohning qonunlari bor, Ataturk Gʻarbning qonunlarini olib kirdi”, deganligi uchun darhol hibsga olingan edi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq orqali “Biz Chanaqqala jangida gʻalaba qozongan boʻlsak, nega dushmanning saqofati, qonunlari, kiyinish tarzi bizga kirib keldi”, deya Mustafo Kamolning xiyonatini fosh qilgan yigitning qoʻliga ham kishan solingan edi. Bunday misollardan koʻplab keltirish mumkin. Bunday paytda soxta “hurriyat va soʻz erkinligi” ishlamay qoladi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.