Xalifalikni qayta tiklash uchun uyushishning vojibligi(2)

156
0

(“Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati” kitobidan).
Xalifalikni qayta tiklash uchun uyushishning vojibligi(2)

Darhaqiqat, Makkada daʼvat yuklarini va uning mashaqqatlarini erkaklar bilan bir safda muslima ayollar ham koʻtarganlar. Masalan, sabr-matonatli, mujohida Savdo binti Zamʼa. U oʻz ahlining qariligi ostida dinini tanladi, ota-ona va qarindoshlaridan koʻra oʻz dinini afzal koʻrdi. U eri bilan Habashistonga hijrat qilib chiqdi. Eri hijratda vafot etgach, kofir boʻlgan otasi va akasining uyiga qaytdi. Qaytib ham dinida sabot bilan turdi, oʻz ahlining jabr-sitamlariga sabr qildi. Keyin uning mashaqqatlarini yengillatish uchun Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – unga uylandilar. Natijada, u Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – to Madinaga hijrat qilgunlariga qadar u Zotning va qizlarining chiroyli xizmatida boʻldi.
Yosirning ayoli, “Ummu Ammor”- Ammorning onasi Sumayya. U Allohning yoʻlida qatl etilgan dastlabki inson, dastlabki shahida ayol edi. U Islom aqidasida sobit turdi. Azorlarni koʻtarishda sabr qildi. Oxir oqibat Makka kofirlarining boshligʻi Abu Jahlning zulmi ostida hayotdan koʻz yumdi. Natijada, Alloh taʼolo unga va uning oilasiga jannatni vaʼda qildi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – marhamat qildilarki;
صبرًا آل ياسر فإن موعدكم الجنة
“Sabr qiling, ey Yosirlar oilasi! Albatta sizlarning borar joyingiz jannatdir”.
Asmo binti Abu Bakr. Asmo Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – va otalari Madinai Munavvaraga yoʻl olib, gʻorga berkinganlarida ularga katta yordam berdi va buning mashaqqatlarini yolgʻiz koʻtardi. U gʻordagi ikki doʻstga suv va yegulik yetkazib turdi. U ham Abu Jahl tomonidan ozorga yoʻliqdi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – va otasi Abu Bakr qayerda yashirinib yotganini aytishi uchun Abu Jahl uning yuziga tarsaki tushirdi. Asmo esa, (kufrboshiga bu talabini aytishdan) bosh tortdi.
Fotima binti Xattob. Uning Islomga kirganini eshitgan Umar singlisini uradi. Shundan keyin u akasi Umar ibn Xattob bilan tortishadi. Singlisining saboti va jurʼati Umarni xayratga soladi. U Qurʼon oyatlaridan eshitib koʻrishga rozi boʻladi. Allohning oyatlarini eshitib, uning qalbi eriydi va oʻz Islomini eʼlon qilib, Arqamning uyida sahobalari bilan suhbatta boʻlgan Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – xuzurlariga keladi.
Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – bilan birga daʼvatni yetkazgan va bu yoʻlda har hil ozorlarni koʻtargan, natijada oila ahllarini va farovon hayotlarini tashlab, dastlab Habashistonga, keyin esa, Madinaga hijrat qilgan mana bu ayollar oʻzlarini daʼvatni yetkazishga mukallaf ekanliklarini va bu borada erkak va ayollar orasida hech qanday farq yoʻq ekanligini juda yaxshi anglab yetganlar.
Avs va Xazraj qabilalaridan boʻlgan musulmon erkaklar Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ga nusrat berib, ikkinchi aqaba bayʼatini berganlaridek, u Zotga ayollar ham nusrat berganlar. Paygʻambarlikning 13-yili Rasululloh – sallollohu alayhi va salam – ga 73 ta erkak va 2 ta ayol kishi keladilar. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ular bilan aqabada uchrashishga vaʼdalashib oladilar. Bu ayollar Ummu Ammora Nasiba bint Kaʼb al-Moziniya va Ummu Muniʼ Asmo bint Amr ibn Adiy edilar. Ular tun yarmida chiqib, vaʼdalashilgan daraga erkak va ayollar hammasi birga keladilar. Shu joyda Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ga erkaklar va ayollar urush bayʼatini beradilar. Bayʼatda mana bular aytilgan:
فَقُلْنَا : يَا رَسُولَ اللَّهِ ، علَامَ نُبَايِعُكَ ، قَالَ : ” تُبَايِعُونِي عَلَى السَّمْعِ وَالطَّاعَةِ فِي النَّشَاطِ وَالْكَسَلِ ، وَالنَّفَقَةِ فِي الْعُسْرِ وَالْيُسْرِ ، وَعَلَى الْأَمْرِ بِالْمَعْرُوفِ ، وَالنَّهْيِ عَنِ الْمُنْكَرِ ، وَأَنْ تَقُولُوا فِي اللَّهِ ، لَا تَخَافُونَ فِي اللَّهِ لَوْمَةَ لَائِمٍ ، وَعَلَى أَنْ تَنْصُرُونِي ، فَتَمْنَعُونِي إِذَا قَدِمْتُ عَلَيْكُمْ مِمَّا تَمْنَعُونَ مِنْهُ أَنْفُسَكُمْ ، وَأَزْوَاجَكُمْ ، وَأَبْنَاءَكُمْ ، وَلَكُمُ الْجَنَّةُ ” ، قَالَ : فَقُمْنَا إِلَيْهِ فَبَايَعْنَاهُ
“… Nimaning asosida bayʼat beramiz, ya Rasulalloh – dedik. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam dedilar; sizlar menga gʻayratli turganingizda ham, yalqovlanib turganingizda ham quloq solish va itoat etishga, qiyinchilikda ham, yengilchilikda ham nafaqa qilishga, maʼrufga buyurib, munkardan qaytarishga, Alloh yoʻlida malomatchining malomatidan qoʻrqmasdan haqni gapirishga, agar sizlarga borsam, menga yordam berishingizga, oʻz jonlaringizni, ahli-ayollaringizni va farzandlaringizni himoya qilgan narsadan meni ham himoya qilishingizga va bularning evaziga esa, sizlarga jannat berilishiga bayʼat berasizlar. Shunda bizlar u zotga bayʼat bergani turdik”. Ahmad va Bayhaqiy chiqargan.
Hijratdan keyin ana oʻsha ayollar xuddi erkaklar kabi bayʼtga sodiq qoldilar. Ummu Ammora va boshqa ayollar Allohning yoʻlida jihod qildilar, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – bilan ayrim gʻazotlarda qatnashib, yaradorlarni davolash ishlari bilan shugʻillandilar.
Sahobiyalarning qilgan bu ishlari va tutgan bu mavqiflari daʼvatni yetkazishda erkak va ayolning bir hil ekanliklariga dalolat qiladi. Chunki, daʼvatni yetkazish haqidagi sharʼiy dalillar erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham bir hil omm boʻlib kelagan.
Shuning uchun bugungi muslima ayollar daʼvatni yetkazishga oshiqishlari vojib. Chunki, “Sizlardan… bir ummat-jamoat boʻlsin”, degan oyati karima va “Kim oʻlsa va uning gardanida xalifaga bayʼat berganlik masʼuliyati boʻlmasa, u johillarcha oʻlibdi”, degan hadisi sharifga koʻra, ayollar ham daʼvatni yetkazishga sharʼan mukallafdirlar va ushbu oyat va hadislar ularga ham tegishlidir.
Daʼvat yukini koʻtaruvchi ayollar umumiy hayotda daʼvatni boshqa ayol va erkaklarga, xususiy hayotda esa, erlari, otalari, farzandlari va shular kabi mahram erkaklarga yetkazishlari lozim boʻladi.
Xalifalikni tiklash farzlarning eng ulugʻi va ularning eng dolzarbidir. Chunki, daʼvatni jihod yoʻli bilan yetkazish, chegaralarni himoya qilish, ishlarni Islom ahkomlari bilan boshqarish va hadlarni qoim qilish kabi juda koʻp farzlar aynan mana shu xalifalikni barpo etishga borib taqaladi. Mana shu Xalifalik bilan musulmonlar butun olamda shoni shavkati va oʻzining munosib xalqaro oʻrni boʻlgan bitta davlatda birlashadilar. Xalifalik davlatisiz musulmonlarning ahvoli bugungidek voy boʻladi. Bugun ular tarqoq, zaif, xorlangan, kufr ahkomlarini ularning ustiga tatbiq qiladigan, ularni kofirlarga boʻysundirib, ularga qul qilib beradigan davlatchalarga boʻlinib yotibdi. Ushbu kofirlar musulmonlarning yerlarini tortib olmoqda, boyliklarini talan taroj qilmoqda, musulmon farzandlarini qatl etmoqda hamda “Terrorizmga qarshi kurash” nomi ostida malay hokimlar ustiga oʻzlarining xorlovchi, zolimona shartlarini yuklamoqda.
Alloh taʼolo Xalifalik davlatini barpo etishni tark etishga katta gunohni belgilagan. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – aytganlar:
وَمَن مَاتَ وَليسَ في عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً
“Kim oʻlsa va unda xalifaga bayʼat berganlik masʼuliyati boʻlmasa, bas u johillarcha oʻlgan boʻladi”.
Demak, gardanida xalifaga bayʼti boʻlmagan holda oʻlayotgan har bir musulmon haqiqatan kofir boʻlmasa ham, kofirga oʻxshab oʻladi. Sababi, ushbu farzni tark etishning gunohi oʻta katta. Modomiki, bugungi kunda xalifa mavjud emas ekan, shu hadisga koʻra, Allohning kitobi va Rasulining sunnati bilan hukm yuritishi asosida xalifaga bayʼat berishi uchun har bir musulmon mana shu xalifani vujudga keltiradigan ish bilan shugʻillanishi lozim boʻladi. Bu ish yakka shaxsning emas, balki jamoatning ishi boʻlib, bu ish siyosiy hizbda faoliyat koʻrsatish bilan, yaʼni “Sizlardan … bir ummat-jamoat boʻlsin”, oyati karimasida kelgan sifatlarga toʻla ega boʻlgan jamoatda faoliyat koʻrsatish bilangina amalga oshadi.
Kimki Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning “Kim oʻlsa va uning gardanida xalifaga bayʼat berganlik masʼuliyati boʻlmasa, bas u johillarcha oʻlgan boʻladi”, degan soʻzlarini anglab yetgan boʻlsa va u xaligacha ushbu vojibni amalga oshirish uchun harakat qilmayotgan boʻlsa, uning qalbi aslo xotirjam boʻlmaydi, yuragi taskin topmaydi. Chunki, uning tutgan roʻzasi, oʻqigan namozi va shu kabi uning bajarayotgan vojibotlari agar u xalifani vujudga keltiradigan ishlar bilan shugʻillanmayotgan boʻlsa, uni johiliyat oʻlimidan qutqarib qola olmaydi. Negaki, vojib yaʼni uning gardanida lozim boʻlgan sharʼiy bayʼat Xalifalik davlatining asl-asosi boʻlmish xalifaning mavjud boʻlishi bilangina tamomiga yetadi. Sharʼiy qoidada ham aytiladi: “Vojib nima bilan tamomiga yetsa, u narsa ham vojibdir”. Shuning uchun sharʼiy tariqat bilan xalifani tiklashga xarakat qilayotgan musulmon agar vafot etsa, Alloh taʼolo vojib qilgan amalni bajargan hisoblanadi va uning gardanidan xalifaning yoʻqligi gunohi soqit boʻladi hamda bu musulmon Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning “Kim oʻlsa va uning gardanida xalifaga bayʼat berganlik masʼuliyati boʻlmas, bas u johillarcha oʻlgan boʻladi”, degan kishilar qatoridan chiqadi. Chunki, u xalifalikni roʻyobga chiqaradigan ish bilan mashgʻul boʻlgan holda hayotdan koʻz yumdi. Xalifalik davlatini qurish orqali Islom hayotini qayta boshlash uchun xarakat qilayotgan har bir daʼvat yukini koʻtaruvchi oʻzining shu harakatida bardavom boʻlishga, ushbu vojibni amalga oshiradigan tariqatda sobit turishga hamda johillarcha oʻlib ketmasligi uchun hayotining soʻngi soniyasigacha shu ish bilan shugʻillanishga tirishishi lozim. U Allohning izni bilan quyidagi oyati karimada zikr etilgan kishilar qatoridan joy olsa ajab emas:
مِّنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ ۖ فَمِنْهُم مَّن قَضَىٰ نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ ۖ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا
“Moʻʼminlardan shunday er yigitlar borki, ular Allohga bergan ahdlarida sodiq qoldilar. Ularning ayrimlari vafot etdilar, ayrimlari esa, kutib turishmoqda. Aslo ahllarini buzishmadilar”.[33:23].

Soʻngi soʻz

Soʻzimizning soʻngida musulmonlarga shu eslatib oʻtmoqchimizki, 1924-yilning 1-mart kuni Mustafo Kamol milliy kengashga Islom davlatini ilmoniy jumhuriyatga aylantirish uchun Xalifalikni bekor qilish va Xalifani quvgʻin qilish xaqidagi farmonni topshiradi va kengash noiblariga mana bu tarzda soʻzlaydi;
“Har qanday qiymatning evaziga boʻlsa ham tahdid ostidagi jumhuriyatni saqlab qolish va uni mustahkam ilm asosidagi jumhuriyatga aylantirish lozim. Xalifa va Usmon oilasining qoldiqlari yoʻq qilinishi lozim. Eskirgan diniy mahkamalar va ularning qonunlari oʻz oʻrinlarini zamonaviy mahkamalarga va zamonaviy qonunlarga boʻshatib berishlari kerak. Din kishilarining madrasalariga barham berilib, ularning oʻrniga diniy boʻlmagan hukumat idoralari kelishi lozim.”
1924-yilning 3-martida Mustafo Kamol yuqori milliy kengash Xalifalikni bekor qilishga va dinni davlatdan ajratishga maʼqul boʻlganligini eʼlon qiladi. Mana shu kunning oʻzidayoq u 20-asrdagi musulmonlarning eng soʻngi xalifasi xalifa Abdul Majid ibn Abdul Azizni Turkiyani tark etishga buyuradi. Kofir malaylari kiyim kechak va arzimagan chaqalar solingan bir chamadonni berib, uni Shvetsariyaga surgun qilib yuboradilar.
Mana shu jirkanch jinoyatni koʻrgan ana shu paytdagi musulmonlar xalifalikni bekor qilinishi masalasi qarshisida bir yoqadan bosh chiqarib, ularga qattiq tashlanishlari lozim edi. Ular bunga hayot-mamot masalasi, deb qarashlari kerak edi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning Buxoriy va Muslimdan rivoyat qilingan “…Oldimizda Alloh tomonidan hujjatimiz boʻlgan ochiq kufrni koʻrmay turib, ishni oʻz egalaridan talashmaslikka bayʼat berdik”, degan hadisiga boʻysunganlari holda Xalifalikni parchalaganlarga va Islom diyorida ochiq kufrni izhor qilganlarga qarshi qurol koʻtarishlari lozim edi. Ubboda ibn Somit hadisida kelgan bu maʼno zolim, fosiq hokimlar haqidagi Ummu Salama hadisida ham keladi;
“Shunda sahobalar; bunday holda ularga qarshi urush qilmaymizmi, yo Rasulalloh, dedilar. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam esa, “Yoʻq, modomiki, namozni qoim qilar ekanlar, ularga qarshi urush qilmaysizlar”, dedilar”. Namozni qoim qilish Islom bilan hukm yuritishdan kinoyadir.
Lekin, musulmonlarning oʻsha paytda Islom ahkomlarini tushinishdagi zaifligi, kofir va ularning malaylari olib borgan fikriy va siyosiy chalgʻituvlar oqibatida ularning dillaridagi taqvoning susayib ketishi ularning Mustafo Kamol va kofir davlatlarning tahdidlariga va ularning doʻq poʻpisalariga osonlikcha boʻyin egishlariga olib keldi. Shuning uchun ular hech qanday harakatga kelmadilar. Xalifalikni bekor qilinishiga, musulmon yurtlarining parchalab yuborilishiga hamda sharʼiy ahkomlar oʻrniga vazʼiy qonunlarni hakam qilinishiga indamay sukut saqladilar.
Xalifalik davlati parchalanib, din hayotdan ajratilishi oqibatida musulmonlarning boshiga tushgan shuncha xorlik va tahqirlanishdan keyin, endi musulmonlar Islom hayotini qayta boshlash uchun istinbot qilingan sharʼiy tariqat boʻyicha yurishlari vojib boʻladi. Islom hayotini qayta boshlash esa, ularni bir otashin qalb ostida birlashtiradigan hamda oldingi ulugʻlik va azizliklarini qaytarib beradigan Xalifalik davlatini qayta tiklash bilan amalga oshadi.
وَلِلَّهِ الْعِزَّةُ وَلِرَسُولِهِ وَلِلْمُؤْمِنِينَ
“Azizlik Alloh uchun, Uning Rasuli uchun va moʻʼminlar uchundir”.[63:8].

والحمد لله رب العالمين

Butun olamlar parvardigori Allohga hamd boʻlsin!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.