NATO Rossiyaning Ukraina borasidagi talabini rad etdi

205
0

NATO Rossiyaning Ukraina borasidagi talabini rad etdi

Xabar: NATO ittifoqchilari Rossiya Ukrainaning alьyansga kirishiga toʻsiq qoʻya olmaydi degan yakdil fikrda. Bu haqda alьyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg Bryusselda boʻlib oʻtgan Rossiya — NATO kengashi muzokaralaridan soʻng maʼlum qildi.
“Bosh tamoyil borasida barcha aʼzolar yakdil: har bir davlat oʻz yoʻlini oʻzi tanlash huquqiga ega. Ittifoqchilar Ukraina qachon NATO aʼzosi boʻlishga tayyorligini faqat Ukraina va NATOning 30 ittifoqchisi hal qiladi degan fikrda ham yakdil”, – dedi Stoltenberg.
Uning taʼkidlashicha, Rossiya Ukrainaning NATOga kirishiga toʻsqinlik qila olmaydi.
Stoltenberg Rossiya delegatsiyasi bilan qariyb toʻrt soat davom etgan muzokaralarni murakkab, lekin foydali deb atadi.
Oʻz navbatida, AQSh davlat kotibining birinchi oʻrinbosari Uendi Sherman AQSh “hech kimning boshqa mamlakat uchun NATO eshiklarini yopishiga qoʻymasligi”ni aytdi.
Rossiya-NATO kengashi uchrashuvi xavfsizlik kafolatlari boʻyicha ikkinchisi boʻldi. Birinchi uchrashuv Jenevada Rossiya tashqi ishlar vazirligi va AQSh davlat departamenti delegatsiyalari oʻrtasida boʻlib oʻtgandi. Uchinchi uchrashuv 13 yanvar kuni YeXHT doirasida oʻtkazilishi kutilmoqda.
Moskva Vashington va uning ittifoqchilaridan NATOni kengaytirmaslik, sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatish, Yevropadan AQSh yadro qurolini olib chiqib ketish, NATO kuchlarini 1997 yildagi joylashuviga qaytarishni talab qilmoqda.

Izoh: … Hozirda Ukraina krizisini boshqarayotgan Rossiyaning – ayniqsa, Gʻarb sanktsiyalarini boshdan kechirib, shu paytga qadar chidab kelayotgan ekan – bugunga kelib, Ukrainadan voz kechish hamda uni Amerika va NATOga tayyor luqma qilib berish niyati yoʻq. Qolaversa, Rossiya Xitoyga qarshi turish bugungi kunda AQShning ustuvor vazifasi ekanini koʻrib turibdi. Shuning uchun Ukrainani mudofaa qilish AQSh resurslarini talab qilgani sababli Amerika Ukrainani NATOga aʼzo qilish sari qadam tashlamaydi, chunki bu narsa uning Uzoq Sharqda Xitoyga qarshi kurash tayyorgarliklarini zaiflashtiradi, deb bilyapti. Bundan tashqari, Rossiya harbiy jihatdan zaif va energiya taʼminotida oʻziga qaram boʻlgan Yevropani unchalik mensimay qoʻydi. Aftidan, Kreml Rossiyaning Ukraina masalasida muvaffaqiyatga yetishishi uchun hozirgi xalqaro vaziyat juda qulay, deb hisoblayotgan koʻrinadi…
… Masalani diqqat bilan koʻrib chiqadigan boʻlsak, Rossiya oʻzi uchun teskari natija berishi mumkin boʻlgan krizisga oʻzini otayotganini koʻramiz. Chunki hozirgi holatda Amerika Ukraina prezidentini Rossiyaga qarshi provokatsion harakatlarni olib borishga undashi mumkin. Bunday holatda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishdan boshqa varianti qolmaydi, oqibatda Yevropa bilan birgalikda Ukraina botqogʻiga botib qoladi. Zero, Ukraina NATOga aʼzo davlat boʻlmagani uchun Amerikada uni himoya qilish majburiyati yoʻq. Agar Rossiya xatoga yoʻl qoʻyib, Ukrainaga bostirib kiradigan boʻlsa, bu bilan Amerikaning Rossiya agressiyasiga qarshi turish bahonasida Yevropa davlatlarini boʻysundirib, ularni oʻz qanoti ostiga qaytarib olishiga imkoniyat yaratib bergan boʻladi. Bu esa, Rossiya ilgari surayotgan xalqaro koʻp qutblilikka mos kelmaydi. Bu yerda Rossiya koʻra olmayotgan boshqa bir ufq ham bor. Yaʼni Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda, Qoʻshma Shtatlar Rossiya va Xitoy oʻrtasida paydo boʻlayotgan ittifoqni buzish uchun Rossiyaga bosim oʻtkazadigan yangi vositani qoʻlga kiritadi. Ana shunda Ukrainaga tajovuz qilgan Rossiyadan uzoqlashtirish uchun Xitoyga bosim oʻtkazishi va savdoga aloqador ishlar bilan unga tahdid qilishi mumkin. Bordiyu Xitoy Qoʻshma Shtatlar bosimiga boʻysunib, Rossiyadan uzoqlashadigan boʻlsa, Amerika buyuk maqsadiga erishgan boʻladi. Agar Rossiya AQShning turli sanktsiyalariga boʻysunib, Ukrainaga bostirib kirganidan keyin ortga chekinadigan boʻlsa, Amerika nafaqat Ukraina sharqi masalasida, hatto Qrim yarim oroli masalasida ham oʻz talablarini oʻtkazishni boshlaydi. Bu esa, Rossiyani Ukrainaga bostirib kirishi natijasida qoʻlga kiritadigan har qanday foydadan mahrum qiladi, hatto Rossiya uchun katta falokatlar keltiradi. Amerikaning Sharqiy Yevropa davlatlarini Rossiyaga qarshi qoʻyishi va Ukrainada Rossiyaga aniq zarba berish uchun bu davlatlarga samarali harbiy yordamlar koʻrsatishi haqida gapirmasak ham boʻladi. Zero, Rossiyani Afgʻonistonda holdan toydirgan AQSh tajribasi xotiralardan oʻchgani yoʻq. Bularning barchasi shuni koʻrsatib turibdiki, Rossiya Ukraina borasida xavfli oʻyin oʻynamoqda. Bu oʻyin Rossiya uchun katta tuzoqqa aylanishi hamda Rossiyaning oʻz qilmishi oqibatini tushunmaydigan ahmoq kabi ushbu tuzoqqa ilinishi hech gap emas.

Hizb ut-Tahrir amiri shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning “Ukraina krizisining haqiqati, uning koʻlam va sabablari” savolga javobdan. 22 dekabr 2021y

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.