Inqoz hukumati qoʻzgʻolon va qoʻzgʻolonchilarga qarshi sodir etgan navbatdagi jinoyat

149
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Inqoz hukumati qoʻzgʻolon va qoʻzgʻolonchilarga qarshi sodir etgan navbatdagi jinoyat

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʻlimi aʼzosi ustoz Nosir Shayx Abdulhay bunday dedi:
“Tahriri Shom hayʼatiga qarashli “Inqoz hukumati” yana qoʻzgʻolon va qoʻzgʻolonchilarga qarshi jinoyat sodir etdi. Yaʼni bu hukumat Jahon oziq-ovqat dasturiga qarashli BMT yordam karvonining ozod etilgan rayonlarga qonxoʻr rejim nazorati ostidagi hududlar orqali (Idlibdagi Tarnaba qishlogʻi orqali) kirib kelishiga ruxsat berdi. Bu qadam odamlar irodasini sindirish va ularning inqilobiy tuygʻularini oʻldirishga, shuningdek, ularni qirgʻin qilgan, uy-joylarini vayron qilib qochqinga aylantirgan qonxoʻr rejim bilan tabiiy muomala qilishga koʻniktirishga qaratilgan navbatdagi urinish boʻldi. Shuningdek, ushbu harakat rejim bilan munosabatlarni normallashtirishga urinish boʻlib, Amerika shunga buyurmoqda hamda oʻz navbatida, boshqa zararkunanda rejimlarni ham Arab davlatlari Ligasi kabi tashkilotlar orqali Shomdagi togʻut malayi bilan aloqa tiklashga undayapti”.
Ustoz Abdulhay quyidagilarga eʼtibor qaratdi:
“Bu qadam Tahriri Shom hayʼati va unga qarashli Inqoz hukumati sodir etayotgan odamlarni oʻgʻirlash, qoʻrqitish va iqtisodiy cheklovlarni joriy qilish jinoyatlari bilan bir vaqtda boʻlmoqda. Bu jinoyatlarni sodir etishdan maqsad odamlarni tiz choʻktirish va umidsizlikka turishib, Amerikaning siyosiy yechimiga rozi qilishdir. Zero, Amerika yechimi Asad rejimini mustahkamlaydi, qoʻzgʻolonchilar qurbonliklarini zoye ketkizadi.
Biroq, modomiki, Shom musulmonlar qoni qaynab, tirik turgan ekanlar, bu Allohning izni ila hargiz amalga oshmaydi. Zero, musulmonlar jinoyatchilar istamasalar-da, rejimni agʻdarish, uni ildizi bilan qoʻporib tashlash va odamlarni uning yomonligidan qutqarishga ont ichganlar.
Roya gazetasining 2021 yil 22 dekabr chorshanba kungi 370-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.