Frantsuzcha islom

167
0

Frantsuzcha islom

Frantsiya prezidenti Emmanuyel Makron Frantsiyaga xos Islomni yaratish harakatini kuchaytirmoqda. Frantsuz ommaviy axborot vositalari amaldagi “Islom Kengashi” oʻrniga yangi forum yaratish maqsad qilinganligi haqida xabar tarqadi. “DW Türkçe” nashrining xabariga koʻra, Frantsiya hukumati mamlakatdagi Musulmonlar mazkur forumda koʻrsatilgandek namoyon boʻlishini istaydi. Frantsiya hukumati shu maqsadda “ Frantsuzcha Islom” yaratish siyosati doirasida ildam qadamlar tashlay boshlagan.

Frantsiya Ichki ishlar vazirligi yangi forumning xorijdan taʼsirlanmasligiga va “Islomiy fundamentalizm”ni qatʼiyyan rad etishiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Shuningdek, bu forumdan vijdon erkinligi, ilmoniylik (dinni davlatdan ajratish) va fikr erkinligini qoʻllab-quvvatlash talab qilinadi.

Yangi tuziladigan Islom forumi doirasida toʻrtta ishchi guruh faoliyat yuritadi: Birinchi guruh din odamlarining xatti-harakatlarini nazorat qiladi, ikkinchi guruh musulmonlarga qarshi harakatlarni aniqlaydi, qolgan ikki ishchi guruh esa kadrlar tayyorlash, jumladan, imom-xatiblarni tayyorlash va “Frantsuzcha islom” loyihasini amalga oshirish bilan shugʻullanadi.

Izoh: Islom Amerikacha, Frantsuzcha, Britancha yoki arabcha degan turlarga boʻlinmaydi. Islom Rosululloh ﷺ ga nozil boʻlgan yagona dindir. Sunniylar islomi, shialar islomi, tariqatchilar islomi, soʻfilik islomi, radikal Islom, moʻʼtadil Islom deya Islomni parchalashga urinish Mustamlakachi Gʻarbning hiyla nayranglaridan biridir. Chunki Gʻarb Musulmonlarning qalbidan Islomni sugʻirib olish aslo mumkin emasligini juda yaxshi biladi. Shuning uchun uni oʻzlariga mos qilib, buzib talqin qilishga bor kuchi bilan harakat qilmoqda.

Yuqorida aytib oʻtilgan frantsuzcha Islomga teran nazar tashlagan kishi bunday Islom modelidan dinni buzib koʻrsatish hamda uni Gʻarbcha hayot tarzini qabul qiladigan holga keltirish koʻzlanganligini yaqqol koʻrishi mumkin. Ularning maqsadi mana shu yoʻl bilan Islomni demokratiyaga, vijdon erkinligiga, ilmoniylik (dinni davlatdan ajratish)ga bogʻlash va uning siyosiy jihatini oʻchirib, Nasroniylik dini kabi hayotdan butunlay uzoqlashtirilgan, faqat ibodatlarga va dafn marosimlarigagina cheklangan dinga aylantirish hamda musulmonlarni boshqa xalqlar tarkibiga aralashtirib singdirib yuborishga erishishdir. Natijada oʻlchovlar oʻzgarib halol va haromning oʻrnini foyda va zarar egallaydi, ribo foydaga, shariatga amal qilish ekstremizmga aylanadi. Oqibatda Islom ahkomlari ogʻuvchan boʻlib, kufr bilan Islomning oʻrtasida farq qolmaydi.

Gʻarb siyosiy Islomga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashishi tabiiydir. Chunki uning hazoratiga, qadriyatlariga, qolaversa butun vujudiga xavf soladigan hamda uning bosqinchiligiga chek qoʻyib, Islomiy oʻlkalardan quvib chiqadigan Islom Ummati kundan kunga uygʻonib bormoqda. Bu Ummat Ispaniyadan tortib Malayziyagacha choʻzilgan davlatga asos solishga qodirligini Gʻarb yaxshi anglab turibdi. Shuning uchun turli hiyla nayranglar orqali Musulmonlarni chalgʻitishga urinmoqda. Ammo uning bu chiranishlari aslo foyda bermaydi. Chunki      “ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ” “…Soʻngra paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi” deya bashorat bergan zot aslo havodan gapirmaydi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.