بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iordaniya milliy xavfsizlik kengashi qirol qoʻlidagi, uning xavfsizligini himoya qiladigan tashkilotdir
Yaqinda Iordaniya hukumati Ummat majlisiga qirol raisligidagi milliy xavfsizlik kengashini tuzish loyihasini taqdim qildi. Loyihadan siyosiy tizimni modernizatsiya qilish boʻyicha qirollik qoʻmitasi tomonidan taklif etilgan konstitutsiyaviy tuzatishlar doirasida harbiy va fuqarolik muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik va muvofiqlashtiruvni osonlashtirish koʻzlangani taʼkidlandi.
Shu xususda Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot boʻlimi bunday deydi:
“Iordaniya rejimi bir tomondan oʻzining asoschisi boʻlgan Britaniyaning, ikkinchi tomondan AQShning rejalarini bajarishga, bundan tashqari, yahudiy vujudi bilan qaynoq aloqalarni oʻrnatishga har doim hoziru nozir ekanini isbotlamoqchi… Zero, AQSh bu rejimni Islomga qarshi kurashda oʻz ittifoqchisi, deb biladi.
Rejim oʻz hokimiyatining buzilish xavfi mavjudligini sezib turgani bois, oldindan mana shunday siyosiy choralar koʻrmoqda. Uning milliy xavfsizlik kengashini tuzishdan maqsadi kelajakda hukumatlar tuzish kerak boʻlib qolgan paytda oʻzi uchun xavfli deb hisoblagan har qanday xatti-harakatni yoʻq qilishdir. Chunki bu xavfsizlik kengashini tuzishdan fuqarolar xavfsizligini himoya qilish emas, balki haqiqiy qoʻrquvni his qilayotgan rejimning xavfsizligini himoya qilish koʻzlangan. Chunki Iordaniya rejimi Ummatda oʻzi uchun real xavf borligini sezmoqda, chunki Ummat bugun Allohning shariatini tatbiq qilishga, AQSh va Britaniya nufuzini quvib chiqarishga imon keltirgan Ummatga aylandi”.
Matbuot bayonoti soʻnggida bunday deyildi:
“Ummat qudratining siri Islom va uning aqidasidir. To Islomga qaytmagunimizcha va uning davlatini barpo etishga harakat qilayotganlarga yordam bermagunimizcha na xavfsizligimiz qayta tiklanadi, na barqarorligimiz. Qachon insonlar Alloh shariatiga boʻysunib, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etib, ahkomlarini tatbiq qilsalar, oʻshanda mollarining, jonlarining va nomuslarining xavfsizligini taʼminlagan boʻladilar.
Roya gazetasining 2021 yil 8 dekabr chorshanba kungi 368-sonidan